Загрузка страницы

Xudo g`azabiga to`la etti kosa . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 16 - bob

Vahiy

16 - Bob

Xudo g`azabiga to`la yetti kosa
1 - oyat - Bundan keyin ma´baddan yetti farishtaga: “Boringlar, Xudoning g`azabi bilan to`lib-toshgan yetti kosani yerga to`kinglar”, ― degan baland bir ovoz eshitdim.
2 - oyat - Birinchi farishta borib kosasini yerga to`kdi. O`zida hayvonning tamg`asi bo`lgan va uning tasviriga sajda qilayotgan odamlarda og`ir, jirkanch yiringli yaralar paydo bo`ldi.
3 - oyat - Ikkinchi farishta kosasini dengizga to`kdi. Dengiz o`likning qoniga o`xshash bir tus oldi va ichidagi butun jonivorlar o`ldi.
4 - oyat - Uchinchi farishta kosasini daryolarga va buloqlarga to`kdi, bular ham qonga aylanib ketdi.
5 - oyat - Suvlar farishtasining shunday deganini eshitdim:

“Yo Rabbiy, Sen barhaqsan,
Hozir bor, azaldan boru muqaddassan.
Sening hukming ― odil hukm.
6 - oyat - Aziz-muqaddaslar va payg`ambarlar qonini to`kkanlarga
Sen qon ichirding, ular bunga loyiqdir”.

7 - oyat - Qurbongoh ham tilga kirib, shunday deganini eshitdim:

“Ha, Rabbiy, Tangri Taolo,
Har narsaga qodir Sarvari koinot!
Sening hukmlaring odil va haqqoniydir”.

8 - oyat - To`rtinchi farishta o`z kosasini quyosh ustiga to`kdi, quyoshga insonlarni o`tday yondirish qudrati berildi.
9 - oyat - Jazirama issiq insonlarni qizdirganda, ular bu ofatlarga hukmi o`tadigan Xudo sha´niga hamdu sanolar emas, haqoratlar yog`dirdilar, qilmishlaridan tavba qilmadilar.
10 - oyat - Beshinchi farishta kosasini hayvon taxtiga to`kib yubordi, hayvonning saltanati zimistonga chulg`anib qoldi. Odamlar azobdan tillarini tishladi.
11 - oyat - Azob va yara-jarohatlaridan nolib, osmondagi Xudoni haqorat qildilar-u, qilmishlaridan tavba qilmadilar.
12 - oyat - Oltinchi farishta kosasini buyuk Frot daryosi ustiga to`kdi. Kunchiqardan keladigan shohlarga yo`l ochilsin deb, daryoning suvi quridi.
13 - oyat - Bundan keyin ajdaho, hayvon va soxta payg`ambarning og`izlaridan chiqayotgan qurbaqanamo uchta yovuz ruhni ko`rdim.
14 - oyat - Bular ajoyibot yaratadigan jinlarning ruhidir. Ular har narsaga qodir Xudoning ulug` kunida bo`ladigan jangga barcha jahon shohlarini to`plash uchun chiqadilar.

15 - oyat - “Mana, Men o`g`ri kabi kelyapman!
Baxtlidir hushyor tortgan kishi,
Yalang`och yurmayin, aybim ko`rinmasin deb
Kiyimini saqlab turgan kishi!”

16 - oyat - Ruhlar shohlarni yahudiy tilida Hor-Magido`n deyilgan joyga to`pladilar.
17 - oyat - Yettinchi farishta kosasini havoga to`kdi. Samoviy ma´baddagi taxtdan: “Amalga oshdi!” ― degan baland bir ovoz chiqdi.
18 - oyat - Shu vaqt yashinlar chaqnab, ovozlar yangrab, momaqaldiroq guldiradi. Shunday kuchli zilzila bo`ldiki, yer yuzida inson yashagandan beri bu qadar kuchli zilzila yuz bermagan edi.
19 - oyat - Ulug` shahar uch bo`lakka bo`linib ketdi. Majusiylar shaharlari yer bilan yakson bo`ldi. Xudoning qaynoq qahr-g`azab sharobi bilan to`lgan kosa unga berilsin deb, buyuk Bobil shahri ham Xudoning huzurida xotirlandi.
20 - oyat - Har bir orol o`rnidan jildi, tog`lar ko`zdan g`oyib bo`ldi.
21 - oyat - Osmondan har bir donasi botmon keladigan yirik do`l insonlar ustiga yog`ildi. Odamlar do`l balosidan Xudoni haqorat qilishardi, chunki bu balo haddan ziyod edi.

Видео Xudo g`azabiga to`la etti kosa . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 16 - bob канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
7 декабря 2016 г. 5:17:40
00:05:17
Яндекс.Метрика