Загрузка страницы

Dastlabki olti muhrni buzish . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 6 - bob

Vahiy

6 - Bob
Dastlabki olti muhrni buzish

1 - oyat ; -- Keyin men Qo`zining yetti muhrdan birini buzganini ko`rdim. O`sha paytda to`rt jondordan biri momaqaldiroqqa o`xshash ovoz bilan: “Chiqib qaragin!” ― deganini eshitdim.
2 - oyat ; -- Men bir qarasam, bir oq otni, ustida kamalagi bor suvorini ko`rdim. Unga bir toj berildi. U g`oliblarcha yo`lga otlandi, yana g`alaba qozonishga chiqdi.
3 - oyat ; -- Qo`zi ikkinchi muhrni buzganda, ikkinchi jondor: “Chiqib qaragin!” ― deganini eshitdim.
4 - oyat ; -- Shu payt boshqa jiyron ot chiqib qoldi. Otliqqa katta qilich ― insonlar bir-birini zolimlarcha o`ldirishi uchun dunyodan tinchlikni olish qudrati berildi.
5 - oyat ; Qo`zi uchinchi muhrni buzganda, uchinchi jondor: “Chiqib qaragin!” ― deganini eshitdim. Bir qarasam, qora bir ot chiqayotganini ko`rdim. Otliqning qo`lida tarozi bor edi.
6 - oyat ; Men to`rt jondorning orasidan shunday bir ovoz eshitganday bo`ldim: “Bir tog`ora bug`doy bir kumush tangaga, uch tog`ora arpa bir kumush tangaga. Ammo zaytun yog`i va sharobga zarar yetkazma!”
7 - oyat ; Qo`zi to`rtinchi muhrni buzganda, “Chiqib qaragin!” degan to`rtinchi jondorning ovozini eshitdim.
8 - oyat ; Bir qarasam, bir saman ot chiqayotgan ekan. Otga mingan suvorining nomi O`lim edi. Tamug` uning ketidan kelayotgan edi. Ularga qilich bilan, qahatchilik va o`lat bilan, yerning vahshiy hayvonlari bilan odamlarni qirish uchun yerning to`rtdan bir qismi ustidan hokimlik berildi.
9 - oyat ; Qo`zi beshinchi muhrni buzganda, Xudoning kalomi va bergan shahodatlari tufayli shahid bo`lganlarning jonlarini qurbongoh poyasida ko`rdim.
10 - oyat ; Baland ovoz bilan faryod qilib shunday derdilar: “Ey muqaddas va haqqoniy Hukmdor, qachongacha hukm etmay va dunyoda yashayotganlardan qonimizning intiqomini olmay turasan?”
11 - oyat ; Ularning har biriga oq libos berildi. O`zlari kabi o`ldiriladigan hamkor va birodarlari soni to`lmagunga qadar, qisqa bir muddat tinch qolishlari ularga aytildi.
12 - oyat ; Qo`zi oltinchi muhrni buzganda, qarasam, buyuk zilzila bo`layotganini ko`rdim. Quyosh xuddi qora xirqaga burkangandek qorong`ilashdi, oy esa laxta qonga aylandi.
13 - oyat ; Kuchli shamol anjir daraxtini silkitganda xom anjirlar yerga qanday to`kilsa, osmondagi yulduzlar ham xuddi shunday yer yuziga to`kildi.
14 - oyat ; Osmon daftarday o`ralib, yo`qolib ketdi. Har bir tog` va orol joyidan siljidi.
15 - oyat ; Dunyoning shohlariyu mansabdorlari, boylari, mingboshilari, zo`ravonlari, erkinu tutqinlar ― bari g`orlarga va tog`larning qoyalari orasiga yashirindilar.
16 - oyat ; Ular tog`u qoyalarga: “Ustimizga qulang, taxtda o`tirgan Siymodan va Qo`zining g`azabidan bizni asrang!
17 - oyat ; Uning buyuk qahr-g`azab kuni keldi-ku! Unga kim bardosh bera oladi?!” ― deb yolvorar edilar.

Видео Dastlabki olti muhrni buzish . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 6 - bob канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
22 ноября 2016 г. 4:01:36
00:04:34
Яндекс.Метрика