Загрузка страницы

Osmondagi hamdu sano - Oq ot mingan Chavandoz . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 19 bob

Vahiy

19 - Bob

Osmondagi hamdu sano
1- oyat - Bundan keyin osmonda katta olomonning g`ala-g`ovuriga o`xshash baland ovozlar eshitdim:

“Halleluya!
Xudoyimizga tegishlidir najotkorlik, ulug`vorlik, kuch va qudrat.
2 - oyat - Uning hukmi haq va to`g`ridir.
Yer yuzini o`z zinosi bilan buzgan buyuk fohishani U hukm qildi,
O`z qullarining xunini undan oldi”.

3 - oyat - Ikkinchi marta dedilar:

“Halleluya!
Bobilning dudi abadulabad burqiragay”.

4 - oyat - Shu payt yigirma to`rt nafar oqsoqol va to`rt jondor o`zlarini yerga tashlab: “Omin! Halleluya!” ― deya taxtda o`tirgan Xudoga sajda qildilar.
5 - oyat - Keyin taxtdan bir ovoz keldi:

“Ey Xudoyimizning barcha qullari,
Undan qo`rquvchi kattayu kichiklar,
Unga hamdu sano aytinglar!”

6 - oyat - So`ngra ko`p xaloyiq, shovullagan suvlar, gumburlagan momaqaldiroqqa o`xshash sadolar eshitdim. Ular shunday derdi:

“Halleluya!
Har narsaga qodir Xudoyimiz,
Sarvari koinot Shoh o`rnini oldi.
7 - oyat - Uning izzat-hurmatini bajo keltiraylik,
Sevinib xursand bo`laylik!
Qo`zining nikoh soati yetdi,
Uning kelini o`zini hozirladi”.

8 - oyat - Kiyinish uchun kelinga pok, oppoq shoyi berildi. Shoyi ― aziz-muqaddaslarning solihligidir.
9 - oyat - So`ng farishta menga:
― Yoz! ― dedi, ― Qo`zining nikoh oqshomiga chaqirilganlar baxtiyordir!
Yana menga:
― Bular Xudoning haq so`zlaridir, ― dedi.
10 - oyat - Men unga sajda qilish uchun oyoqlariga yiqildim. Lekin u menga shunday dedi:
― Zinhor bu ishni qilma! Men sening hamkoringman, shuningdek, Isoning shohidi bo`lgan hamma birodarlaringning hamkoriman. Xudoga sajda qil! Zero Isoga shohidlik payg`ambarlik ruhi bilan tengdir.

Oq ot mingan Chavandoz
11 - oyat - Bundan keyin osmon ochilib, u yerda bir oq ot turganini ko`rdim. Otliqning ismi Sodiq va Haq edi. U odilona hukm chiqarib, jang qiladi.
12 - oyat - Uning ko`zlari olov alangasiday. Boshida ko`p toji bor, peshanasiga esa O`zidan boshqa hech kim bilmaydigan bir ism yozilgan.
13 - oyat - U qonga bo`yalgan kiyim kiygan, Unga “Xudoning Kalomi” deb nom berilgan edi.
14 - oyat - Pok, oppoq shoyi kiygan samoviy qo`shinlar oq otda Uning ketidan borardi.
15 - oyat - Xalqlarga shikast berish uchun Uning og`zidan bir keskir shamshir chiqib turardi. Qo`lida temir tayoq bilan ularni boqadigan O`shadir. Har narsaga qodir Xudoning qaynoq qahr-g`azab sharobini tayyorlashga moslangan charxni O`zi bosadi.
16 - oyat - Uning kiyimi va belida shunday bir ism yozilgan: “Hokimlarning Hokimi ― Shohanshoh”.
17 - oyat - Shundan so`ng quyosh ustida turgan bir farishtani ko`rdim. U baland ovoz chiqarib, osmon o`rtasidan uchib borayotgan barcha qushlarga shunday xitob qildi: “Xudoning buyuk bazmiga kelinglar!
18 - oyat - Shohlar, sarkardalar, kuchlilar murdasini, otu otliqlar murdasini, hamma erkinu tutqinlar, kattayu kichiklar murdasini xomtalash qilish uchun to`planinglar!”
19 - oyat - Shundan keyin men hayvonni, yer yuzi shohlarini, ularning qo`shinlarini ko`rdim; ular ot mingan Chavandoz bilan Uning qo`shinlariga qarshi jang qilish uchun bir yerga to`plangan edilar.
20 - oyat - Hayvon va uning oldida g`aroyibotlar qilgan soxta payg`ambar asir tushdilar. Hayvonning tamg`asini qabul qilib, uning tasviriga sajda qilganlarni o`z g`aroyibotlari bilan aldagan soxta payg`ambar ana shu edi. Har ikkovi ham oltingugurt bilan yonayotgan otash ko`liga tiriklayin tashlandi.
21 - oyat - Boshqalar esa ot mingan Chavandozning og`zidan chiqqan shamshir bilan o`ldirildi. Hamma qushlar ularning go`shtini yeb to`ydi.

Видео Osmondagi hamdu sano - Oq ot mingan Chavandoz . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 19 bob канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
12 декабря 2016 г. 5:36:02
00:05:55
Яндекс.Метрика