Загрузка страницы

Yettinchi muhrni buzish - Etti ohirzamon karnayi . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 8 - bob

Vahiy

8 - Bob
Yettinchi muhrni buzish

1 - oyat ; - Qo`zi yettinchi muhrni buzganda, osmon yarim soatcha sukunatda qoldi.
2 - oyat ; - Men Xudoning huzurida turgan yetti farishtani ko`rdim. Ularga yettita karnay berildi.
3 - oyat ; - Boshqa bir farishta kelib, qurbongohning oldida turdi. Uning qo`lida xushbo`y tutatqilar tutatishga moslangan oltin idish bor edi. Arshi A´lo oldidagi oltin qurbongoh ustida bag`ishlasin deb, barcha azizlarning ibodatlari bilan qorishtirish uchun unga ko`p xushbo`y tutatqilar berildi.
4 - oyat; - Azizlarning ibodatlari bilan tutatqilarning tutuni farishtaning qo`lidan Xudoning oldiga ko`tarildi.
5 - oyat ; - Farishta tutatqi tutatayotgan idishni oldi-yu, uni qurbongohdagi otash bilan to`ldirib, yer yuziga uloqtirib yubordi. O`shanda gulduros sadolari yangrab, yashinlar chaqnab, zilzila boshlandi.

Yetti oxirzamon karnayi

6 - oyat ; - Keyin qo`llarida yetti karnay tutgan yetti farishta karnay chalishga chog`landilar.
7 - oyat ; - Birinchi farishta karnay chaldi. Qon aralash do`l va otash paydo bo`ldi va yer yuziga yog`dirildi. Yerning uchdan biri, daraxtlarning uchdan biri va butun o`t-o`lanlar yonib ketdi.
8 - oyat ; - Ikkinchi farishta karnay chaldi. Xuddi lovullab yonayotgan katta tog` dengizning ichiga otilganday bo`ldi va dengizning uchdan biri qonga aylandi.
9 - oyat ; - Dengizdagi jonli maxluqlarning uchdan bir qismi o`ldi va kemalarning uchdan bir qismi nobud bo`ldi.
10 - oyat ; - Uchinchi farishta karnay chaldi. Osmondan mash´al bo`lib yonayotgan ulkan bir yulduz daryolarning uchdan biriga, shuningdek, suv buloqlariga tushdi.
11 - oyat ; - Bu yulduzning oti Erman edi. Suvlarning uchdan bir qismi ermanga aylandi, shunday taxirlashib ketgan suvdan ichib ko`p odamlar o`ldi.
12 - oyat ; - To`rtinchi farishta karnay chaldi. Quyoshning uchdan biri, oyning uchdan biri va yulduzlarning uchdan biri zararlandi. Natijada ularning uchdan bir qismi qorong`ilashdi, kunduzning ham, tunning ham uchdan bir qismi yorug`siz qoldi.
13 - oyat ; - Keyin qarasam, osmonning o`rtasida uchib borayotgan bir burgut baland ovoz bilan shunday deganini eshitdim: “Karnaylarini chaladigan boshqa uchta farishtaning karnay sadosidan yer yuzida yashayotganlarning holiga voy, voy, voy!”

Видео Yettinchi muhrni buzish - Etti ohirzamon karnayi . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 8 - bob канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
28 ноября 2016 г. 3:33:40
00:03:30
Яндекс.Метрика