Загрузка страницы

Ikki oxirzamon shohidi - Yettinchi karnay : Samodagi hamdu sano . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy

Vahiy

11 - Bob

Ikki oxirzamon shohidi
1 - oyat - Menga hassaga o`xshash bir qamish berilib, shunday deyildi: “Tur, Xudoning ma´badini va qurbongohni o`lchab chiq, unda sajda qiluvchilarni sanab chiq.
2 - oyat - Lekin ma´badning tashqarisidagi hovlini qoldir, uni o`lchama. Chunki u yer majusiylarga berilgan. Ular tabarruk shaharni qirq ikki oy oyoq osti qiladilar.
3 - oyat - Men ikki shohidimga qudrat beraman, ular jul kiygan holda bir ming ikki yuz oltmish kun payg`ambarlik qiladilar”.
4 - oyat - Bular dunyoning Rabbi oldida turajak ikkita zaytun daraxti va ikkita mash´aldir.
5 - oyat - Agar kim ularga ozor bermoqchi bo`lsa, og`izlaridan o`t chiqib, dushmanlarini yeb bitiradi. Ularga ozor berishni istagan shunday o`ldirilishi kerak.
6 - oyat - Ular payg`ambarlik qiladigan kunlarda yerga yomg`ir yog`masin, deb ko`k yuzini bog`lash qudratiga egadirlar. Ular suvni qonga aylantirish va yer yuzini istagan vaqtida turli baloyu ofatlarga yo`liqtirish qudratiga egadir.
7 - oyat - Ular shahodat berib bo`lgandan keyin, tubsizlik qa´ridan chiqqan vahshiy hayvon ular bilan jang qiladi, ularni yengadi va o`ldiradi.
8 - oyat - Ularning jasadlari buyuk shaharning maydoniga tashlanib qoladi. Bizning Rabbimiz ham o`sha shaharda xochga mixlangan edi, uning ramziy nomi Sado`m va Misrdir.
9 - oyat - Barcha xalqlardan, qabilalardan, turli til va millatlardan bo`lgan odamlar uch yarim kun ularning jasadlariga ko`z olaytirib, dafn etishga ruxsat berishmaydi.
10 - oyat - Yer yuzida yashayotganlar bundan sevinib xursandchilik qilishadi va bir-birlariga hadyalar yuborishadi. Chunki ikkala payg`ambar yer yuzida yashovchilarga ko`p azob bergan edilar.
11 - oyat - Uch yarim kundan keyin ikki payg`ambarning vujudiga Xudodan hayot ruhi kirdi va ular oyoqqa turdilar. Ularni ko`rganlarga qattiq dahshat tushdi.
12 - oyat - Ikki payg`ambar samodan kelgan baland bir ovozning: “Bu yoqqa chiqinglar!” ― deganini eshitiboq, dushmanlarining ko`z o`ngida bulut ichida osmonga ko`tarilishdi.
13 - oyat - O`sha zahoti shiddatli bir zilzila yuz berdi va shaharning o`ndan bir qismi quladi. Zilzilada yetti ming kishi nobud bo`ldi. Qolganlari esa dahshatda qolib, samodagi Xudoga hamdu sano aytishdi.
14 - oyat - Ikkinchi “voy” o`tdi. Mana, uchinchi “voy” tez yaqinlashyapti.

Yettinchi karnay: samodagi hamdu sano
15 - oyat - Yettinchi farishta karnay chaldi. Osmonda baland ovozlar yangradi:

“Bu dunyoning hukmronligi Xudovandimizga
Va Uning Masihiga o`tdi endi.
U abadulabad hukmronlik qiladi”.

16 - oyat - So`ng Xudoning huzurida taxtlarida o`tirgan yigirma to`rt nafar oqsoqol yuz tuban yerga tashlandilar va Xudoga sajda qilib dedilar:

17 - oyat - “Yo Rabbiy, Tangri Taolo,
Har narsaga qodir Sarvari koinot!
Hozir borsan, ilgari bo`lgansan.
Kelajakda ham bor bo`lajaksan.
Biz Senga shukrlar qilamiz.
Sen buyuk qudratingni amalga oshirib,
Shoh o`rnini egallading.
18 - oyat - Elu xalqlar g`azablangan edi,
Sen ham g`azabga minding.
Ana, o`liklarni hukm qilish vaqt-soati keldi,
Qullaring ― payg`ambarlar va azizlaring
Hamda Sendan qo`rqqan kattayu kichiklarni
O`z qilmishlariga yarasha taqdirlash vaqt-soati keldi,
Yer yuzini xarob qiluvchilarni xarob qilish vaqt-soati keldi!”

19 - oyat - Keyin Xudoning osmondagi ma´badi ochildi. Ma´badda Uning Ahd Sandig`i ko`rindi. O`shanda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq sadolari yangradi, zilzila boshlandi, shiddatli do`l yog`di.

Видео Ikki oxirzamon shohidi - Yettinchi karnay : Samodagi hamdu sano . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
2 декабря 2016 г. 17:53:15
00:04:56
Яндекс.Метрика