Загрузка страницы

Qo`zi va 144000 kishi - Uch farishtaning xabari - Erning hosilini terish . Xudo yuborgan Vahiy

Vahiy

14 - Bob
Qo`zi va 144000 kishi
1 - oyat - Men qaradim-u, Sion tog`ida Qo`zi turganini ko`rdim. Qo`zi bilan birga peshanasida Uning va Otasining ismi yozilgan yuz qirq to`rt ming kishi bor edi.
2 - oyat - Osmondan ko`p suvlarning shov-shuviday, gumburlagan momaqaldiroq tovushiday bir tovush yangrar edi. Men eshitgan bu tovush xuddi chang chalayotgan cholg`uchilar chiqaradigan sadoni eslatardi.
3 - oyat - O`sha bir yuz qirq to`rt ming kishi Arshi A´lo oldida, to`rtta jondor va oqsoqollar oldida yangi bir kuy kuylar edilar. Yer yuzidan sotib olingan bu yuz qirq to`rt ming kishidan boshqa hech kim bu kuyni o`rgana olmas edi.
4 - oyat - Bular o`zlarini xotinlar bilan bulg`atmagan ma´sum kishilardir. Bular Qo`zi qayoqqa ketsa, Uning orqasidan ketgan kishilardir. Bular Xudo va Qo`ziga to`ng`ich bo`lgudek, insonlar orasidan sotib olinganlar.
5 - oyat - Ularning tilida yolg`on-makr yo`q, [Xudoning taxti oldida] ular benuqsondir.

Uch farishtaning xabari
6 - oyat - Shundan keyin osmon o`rtasidan uchib borayotgan boshqa bir farishtani ko`rdim. Bu farishta yer yuzida yashovchi har bir millat va qabilaga, har qanday til va xalqqa abadiy Mujda keltirayotgan edi.
7 - oyat - U baland ovoz bilan shunday dedi:

“Xudodan qo`rqing, Uni ulug`lang!
Uning hukm qilish vaqt-soati keldi.
Yeru ko`kni, dengizni, buloqlarni Yaratganga sajda qilinglar!”

8 - oyat - Keyin boshqa bir farishta uchib kelib, shunday dedi:

“Vayron bo`ldi!
Vayron bo`ldi buyuk Bobil shahri!
U barcha xalqlarga ichirgan edi
O`zining qaynoq fahshu zino sharobidin”.

9 - oyat - So`ngra uchinchi farishta uchib kelib, baland ovozda shunday dedi:
― Kimki hayvonga va uning tasviriga sajda qilib, peshanasi yoki qo`liga tamg`a qabul qilsa,
10 - oyat - u Xudoning qahr kosasida soflab tayyorlangan qaynoq g`azab sharobini ichadi-yu, muqaddas farishtalar va Qo`zi oldida yonayotgan oltingugurt ichida azob chekadi.
11 - oyat - Ular azobining dudi abadulabad burqirab turadi. Hayvon va uning tasviriga sajda qilib, hayvon nomli tamg`ani qabul qilganlar kechayu kunduz tinchlik ko`rmaydilar.
12 - oyat - Bunga Xudo amrini saqlagan va Isoga sodiq qolgan azizlarning sabr-toqati darkor.
13 - oyat - Shunda osmondan menga gapirayotgan bir ovozni eshitdim:
― Buni yozib ol: Bundan keyin Rabbimiz Iso ummati bo`lib dunyodan o`tganlar baxtlidir!
― Ha, ― deydi Ruh, ― ular o`z mehnatlaridan tinchisin, ularning qilgan ishlari o`zlariga hamrohdir.

Yerning hosilini terish
14 - oyat - Shundan keyin bir yorug` bulut ko`rdim. Bulut ustida Inson O`g`liga o`xshagan Siymo o`tiribdi; Uning boshida oltin toj va qo`lida o`tkir o`roq.
15 - oyat - Ma´baddan boshqa bir farishta chiqib, bulut ustida O`tirganga baland ovoz bilan shunday dedi: “O`rog`ingni ishga solib o`r, chunki o`rim-yig`im vaqti keldi. Mana, yerning hosili yetildi”.
16 - oyat - Bulut ustida O`tirgan o`rog`ini yerga tashladi, yerning hosili ham o`rildi.
17 - oyat - Osmondagi ma´baddan boshqa bir farishta chiqdi. Uning ham o`tkir o`rog`i bor edi.
18 - oyat - Olovga hukmron yana boshqa bir farishta esa qurbongohdan chiqib keldi. U o`tkir o`roqli farishtaga shunday xitob qildi: “O`tkir o`rog`ingni ishga sol, yerdagi uzum boshlarini qirqib ol, chunki yerda uzum pishib shingil-shingil bo`ldi”.
19 - oyat - Farishta o`rog`ini yerga tashladi, yerdagi uzum boshlarini terib, Xudoning katta qahr-g`azab charxiga uloqtirdi.
20 - oyat - Charx shaharning tashqarisida ishga tushdi. Charxdan oqib chiqqan qon daryo bo`lib, bir ming olti yuz o`q otimi yergacha bordi va otlarning yuganlarigacha chiqdi.

Видео Qo`zi va 144000 kishi - Uch farishtaning xabari - Erning hosilini terish . Xudo yuborgan Vahiy канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
4 декабря 2016 г. 3:52:49
00:05:41
Яндекс.Метрика