Загрузка страницы

Hayvonga mingan xotin . - Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 17 - bob

Vahiy

17 - Bob

Hayvonga mingan xotin
1 - oyat - Yetti kosali yetti farishtadan biri kelib, menga shunday dedi: “Bu yoqqa kelgin, ko`p suvlar bo`yida o`tirgan buyuk fohishaga chiqarilgan hukmni senga ko`rsataman.
2 - oyat - Yer yuzi shohlari u bilan fahsh qilardi, yer yuzida yashayotganlar uning zino sharobidan mast bo`lardilar”.
3 - oyat - Bundan keyin farishta meni Ilohiy Ruh ta´sirida cho`lga olib keldi. U yerda yetti boshli, o`n shoxli, kufrona nomlar bilan to`lib-toshgan qip-qizil bir hayvon ustiga mingan xotinni ko`rdim.
4 - oyat - Xotin qip-qizil, arg`uvon kiyimda, oltin, javohirot, marvaridlar bilan bezangan edi. Uning qo`lida iflosliklar bilan, zino haromliklari bilan to`lib-toshgan oltin kosa bor edi.
5 - oyat - Xotinning peshanasida uning ismi yozilgan edi: “Sir: buyuk Bobil ― yer yuzi fohishalari va haromliklari onasidir”.
6 - oyat - Xotin Xudo azizlari qonidan, Iso shohidlari qonidan mast bo`lganini ko`rdim. Uni ko`rib, g`oyat darajada hayron bo`ldim.
7 - oyat - Farishta menga dedi: “Nima uchun hayratga tushding? Men senga xotinning va uni ko`tarib yurgan yetti boshli, o`n shoxli hayvonning sirini aytib beraman.
8 - oyat - Ana, sen ko`rgan hayvon bor edi, endi yo`q. U ko`p o`tmay tubsizlik qa´ridan chiqib, halokatga yo`liqadi. Yer yuzida yashayotgan va dunyo yaratilgandan buyon hayot kitobiga yozilmagan barcha odamlar hayvonni ko`rib, hayron qoladilar. Chunki u bor edi, hozir yo`q, ammo yana keladi.
9 - oyat - Buni anglamoq uchun o`tkir aqlu idrok darkor. Yetti bosh ― xotin ustida o`tirgan yetti tog`dir.
10 - oyat - Shu bilan birga yetti podshohdir. Bularning beshtasi mahv bo`ldi, bittasi qoldi, boshqasi esa hali kelgan emas; u kelganda ham ko`p vaqt turmaydi.
11 - oyat - Ilgari bor, hozir yo`q hayvon esa yetti podshohdan biri bo`la turib, sakkizinchisidir, u halokatga yo`liqadi.
12 - oyat - Sen ko`rgan o`nta shox ― o`n podshoh demakdir. Ular hali saltanatni qo`lga olgan emas. Ular hayvon bilan birga podshoh bo`lib, bir soat hokimlik qiladilar.
13 - oyat - Bular bir fikrda bo`lib, qudratni va saltanatni hayvonga topshiradilar.
14 - oyat - Ular Qo`zi bilan jang qiladilar, ammo Qo`zi ularni yengib chiqadi. Chunki Qo`zi hokimlarning Hokimi ― Shohanshohdir. U bilan birga bo`lganlar esa da´vat etilganlar, tanlanganlar, sodiq qolganlardir”.
15 - oyat - Farishta menga yana shunday dedi: “Fohisha o`tirgan, sen ko`rgan suvlar ― elu xalq, millatlar, elatlar va tillardir.
16 - oyat - Sen ko`rgan hayvondagi o`nta shox fohishadan nafratlanadilar. Uni yalang`ochlab, barbod qiladilar, go`shtini burdalab yeydilar, o`zini esa o`tda yondiradilar.
17 - oyat - Chunki Xudo O`zining irodasini bajarishni ularning diliga solgan. Shunday qilib, Xudoning kalomlari bajo kelmagunga qadar, ular bir jon, bir tan bo`lib, o`z hukmronliklarini hayvonga topshiradilar.
18 - oyat - Sen ko`rgan xotin ― yer yuzi podshohlari ustidan hukmronlik qiladigan buyuk shahardir”

Видео Hayvonga mingan xotin . - Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 17 - bob канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
9 декабря 2016 г. 17:07:29
00:04:43
Другие видео канала
Mahfuza Sherboyeva - Yer yuzida erkaklar qolmaganda | Махфуза - Ер юзида эркаклар колмагандаMahfuza Sherboyeva - Yer yuzida erkaklar qolmaganda | Махфуза - Ер юзида эркаклар колмагандаMing yil tinchlik -  Shaytonning  jazolanishi  -  Qiyomat  qoyim . Yuhannoga Xudo yuborgan VohiyMing yil tinchlik - Shaytonning jazolanishi - Qiyomat qoyim . Yuhannoga Xudo yuborgan VohiyРосулуллоҳ ﷺнинг Буюк Мўжизалари" [Абу Ҳанифаҳ]Росулуллоҳ ﷺнинг Буюк Мўжизалари" [Абу Ҳанифаҳ]Кўзларни Ёшлатадиган Қисса "Фиръавн Қизининг Ходимаси" Абу ҲанифаҳКўзларни Ёшлатадиган Қисса "Фиръавн Қизининг Ходимаси" Абу ҲанифаҳDengizdan chiqqan hayvon  - Yerdan chiqqan  hayvon . Xudo  yuborgan  Vahiy   13  -  bobDengizdan chiqqan hayvon - Yerdan chiqqan hayvon . Xudo yuborgan Vahiy 13 - bobHikoyalar, O`ylar, Hajviyalar | "Guliston" | 1-qismHikoyalar, O`ylar, Hajviyalar | "Guliston" | 1-qismOXIRATDAGI  BOY  bilan  GADOYOXIRATDAGI BOY bilan GADOYДонишманд ва Утинчи йигитнинг ризки ривоят хикояДонишманд ва Утинчи йигитнинг ризки ривоят хикояISO Masih  yana qayta keladi !ISO Masih yana qayta keladi !ISO   OSMONDAN  TUSHGAN  HAYOT NONI .ISO OSMONDAN TUSHGAN HAYOT NONI .ISO Masih Qiyomat qoyim so`rog`i haqida .ISO Masih Qiyomat qoyim so`rog`i haqida .Qo`zi  va 144000 kishi  - Uch farishtaning xabari - Erning hosilini terish .  Xudo yuborgan VahiyQo`zi va 144000 kishi - Uch farishtaning xabari - Erning hosilini terish . Xudo yuborgan VahiyDastlabki olti muhrni buzish .  Yuhannoga  Xudo  yuborgan Vahiy   6 -  bobDastlabki olti muhrni buzish . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 6 - bobXudo g`azabiga to`la etti kosa .  Yuhannoga  Xudo yuborgan  Vahiy  16 -  bobXudo g`azabiga to`la etti kosa . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 16 - bobOzodbek Nazarbekov - Mendirman | Озодбек Назарбеков - Мендирман #UydaQolingOzodbek Nazarbekov - Mendirman | Озодбек Назарбеков - Мендирман #UydaQolingISO Masih o`z shogirdlariga zoxir bo`lishi .ISO Masih o`z shogirdlariga zoxir bo`lishi .Yettinchi muhrni buzish  -  Etti ohirzamon  karnayi .  Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy    8  -  bobYettinchi muhrni buzish - Etti ohirzamon karnayi . Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 8 - bobIkki  oxirzamon shohidi  -  Yettinchi karnay : Samodagi hamdu sano . Yuhannoga  Xudo yuborgan VahiyIkki oxirzamon shohidi - Yettinchi karnay : Samodagi hamdu sano . Yuhannoga Xudo yuborgan VahiyO'z jigarlaring yaxshilikni bilmas ekan | Ўз жигарларинг яхшиликни билмас эканO'z jigarlaring yaxshilikni bilmas ekan | Ўз жигарларинг яхшиликни билмас эканIso Lazarni tiriltirishiIso Lazarni tiriltirishi
Яндекс.Метрика