Загрузка страницы

ISO OSMONDAN TUSHGAN HAYOT NONI .

ISO MASIH OZINI HUDONING O`G `LI EKANLIGINI TASDIQLASHI.
Iso ― hayot noni
― Ustoz, Sen qachon bu yerga kelding? ― deb so`radilar.
26 - Iso ularga shunday javob berdi:
― Sizlarga gapning rostini aytsam, sizlar ibratli mo`jizalarni ko`rganingiz uchun emas, balki non yeb to`yganingiz uchun Meni qidiryapsizlar.
27 - Siz o`tkinchi oziq uchun emas, abadiy hayotga boshlovchi boqiy oziq uchun harakat qilinglar, uni sizlarga Inson O`g`li beradi. Inson O`g`li esa Ota ― Xudoning muhriga molikdir.
28 - Xalq Isodan:
― Xudoga ma´qul ishlarni bajarish uchun nima qilishimiz kerak? ― deb so`radi. Iso dedi:
29― Xudoga ma´qul ish ― Xudo yuborgan Zotga ishonishdir.
30― Bizlar Senga ishonishimiz uchun qanday ish qilasan, ko`raylik-chi, qanday ibratli mo`jiza ko`rsatasan? ― dedi xaloyiq.
31― Ota-bobolarimiz sahroda manna yeganlar, Tavrotda: “Yeyish uchun ularga osmondan non yog`dirdi”, deb yozilgan.
32 Iso ularga dedi:
― Sizlarga rostini aytsam, sizlarga osmondan non bergan Muso payg`ambar emas. Osmondan tushgan haqiqiy nonni sizlarga Mening Otam beradi.
33 - Xudo bergan non osmondan tushuvchi va dunyoga hayot bag`ishlovchi nondir.
34 - Bunga qarshi xalq:
― Hazrat, bunday nonni bizga doimo berib turgin! ― dedi Isoga.
35 - Iso shunday aytdi:
― Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmas, Menga ishongan odam hech qachon chanqamas.
36 - Lekin Men sizlarga aytgan edim-ku, Meni ko`rib turgan bo`lsangizlar ham, ishonmayapsizlar.
37 Otam kimni Menga bergan bo`lsa, Mening oldimga keladi. Oldimga kelgan odamni esa sira quvib chiqarmayman.
38 - Men O`z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman.
39 - Meni Yuborganning irodasi ― Uning Menga berganlaridan hech birini yo`qotmasligim, balki oxirgi kunda ularning har birini tiriltirishimdir.
40 - Otamning irodasi yana shuki, Uning O`g`lini ko`rgan, Unga ishongan har bir kishi abadiy hayotga ega bo`lsin. Men esa bundaylarni oxirgi kunda tiriltiraman.
41 - Iso “Men osmondan tushgan nonman”, degani uchun yahudiylar Undan noliy boshlashdi.
42 ― Yusufning o`g`li Iso bu emasmi? Ota-onasini biz taniymiz-ku! Endi qanday qilib U: “Men osmondan tushdim”, deb aytyapti? ― deyishardi o`zaro.
43 ― O`zaro nolimanglar! ― dedi ularga Iso.
44― Agar Meni yuborgan Otam birovni jalb qilmasa, u Menga hech ham yetisholmaydi. Menga yetishgan odamni esa oxirgi kunda tiriltiraman.
45 - Payg`ambar oyatida: “Hamma Xudo tomonidan o`rgatilgan bo`ladi”, ― deb bitilgan. Shunday qilib, Otadan eshitgan va o`rgangan har bir kishi Mening oldimga keladi.
46 - Aslida hech kim Otani ko`rgan emas, birgina Xudodan chiqqan Zot Otani ko`rgan.
47 - Sizlarga rostini aytay: Kimki Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo`ladi.
48 - Men hayot noniman.
49 - Ota-bobolaringiz sahroda manna yeb, o`lib ketganlar.
50 - Odam yeb o`lmasligi uchun osmondan tushadigan non bor, mana u ko`z o`ngingizda turibdi.
51 - Men osmondan tushgan tirik nondirman. Bu nonni yegan kishi abadiy yashaydi. Men beradigan non ― O`zimning tanamdir, uni dunyoga hayot baxsh etish uchun fido qilaman.
52 - Shunda yahudiylar:
― U qanday qilib bizga O`zining tanasini yedira olar ekan? ― deb o`zaro talashib-tortisha boshladilar.
53 - Iso ularga aytdi:
― Sizlarga rostini aytay: agar Inson O`g`lining tanasini yemasangizlar va Uning qonini ichmasangizlar, u holda sizda hayot bo`lmaydi.
54 - Mening tanamni yegan va qonimni ichgan odamda abadiy hayot bor, Men uni oxirgi kunda tiriltiraman.
55 - Mening tanam ― haqiqiy oziq, qonim ― haqiqiy ichimlikdir.
56 - Tanamni yeb, qonimni ichadigan kishi Men bilan, Men esa U bilan bir jon, bir tan bo`lamiz.
57 - Xuddi barhayot Otam Meni yuborganday, Men Otam orqali yashayotganday, Meni yegan odam ham Men orqali yashaydi.
58 - Osmondan tushgan non mana shudir. Bu non ota-bobolaringiz yegan mannaga o`xshamaydi, ular manna yeb o`lib ketganlar. Men bergan nonni yegan odam esa abadiy yashaydi.

Видео ISO OSMONDAN TUSHGAN HAYOT NONI . канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
19 февраля 2017 г. 2:03:00
00:08:11
Яндекс.Метрика