Загрузка страницы

Iymondan qaytish vasvasasi , Iso O`z ummati uchun ibodati .

Luqo bayon etgan Muqaddas Hush habar

22 - Bob

Imondan qaytish vasvasasi

31 - oyat - Rabbimiz Iso yana dedi:
― Simun, Simun! Mana, shayton sizlarni bug`doy kabi g`alvirdan o`tkazishga izn so`radi.
32 - Biroq Men, imondan toymagil, deya sen uchun ibodat qildim.
Sen bir kun qaytib kelganingda, birodarlaring imonini mustahkamla.

Yuganno bayon etgan Muqaddas Hush habar

31 - Shu orada Iso shogirdlariga dedi:
― Bu tunda hammangiz Mendan yuz o`girasizlar. Chunki Tavrotda shunday yozilgan:

“Men cho`ponni jarohatlayman,
Qo`ylar o`zi tarqab ketadi”.

33 - Butrus javob berib Unga dedi:
― Agar hamma Sendan yuz o`girsa ham, men hech qachon o`girmayman! ― dedi.
34 - Iso unga:
― Senga rostini aytsam, shu kechayoq, xo`roz qichqirmasdan avval, sen Mendan uch marta tonasan, ― dedi.
35 - Butrus Unga:
― Men Sen bilan birga o`lsam ham, Sendan aslo tonmayman! ― dedi. Boshqa hamma shogirdlari ham shunday dedilar.

Yuhanno bayon etgan Muqaddas Hush habar

17 - Bob

Isoning O`z ummati uchun ibodati

1 - oyat - Shu gaplardan keyin Iso ko`zlarini osmonga tikib, dedi:
“Ey Ota! Vaqt-soati keldi. O`g`ling Seni ulug`lashi uchun Sen ham O`z O`g`lingni ulug`lagin.
2 - Sen Unga butun bashariyat ustidan hokimlikni berding; Sen Unga bergan odamlarning hammasiga U abadiy hayot ato qiladi.
3 - Abadiy hayot esa Seni ― tanho Haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib-bilishdan iboratdir.
4 - Sen Menga topshirgan vazifani Men ado etib, yer yuzida Seni ulug`ladim.
5 - Dunyo yaratilishidan avval Men Sening huzuringda ulug`vor edim. Endi, ey Ota, O`z huzuringdagi o`sha ulug`vorlikni Menga tag`in ato qilgin.
6 - Sen dunyodan Menga bergan odamlarga Sening ismingni izhor qildim. Ular Seniki edilar va Sen ularni Menga berding. Ular esa Sening kalomingga amal qildilar.
7 - Ular endi tushunib oldilar: Sen Menga nima bergan bo`lsang, hammasi Sendan ekan.
8 - Menga bergan kalomlaringni ularga topshirdim. Ular esa kalomlaringni qabul qilib, Men Sening huzuringdan chiqqanligimni chinakamiga tushundilar, Meni Sen yuborganingga ishondilar.
9 - Men ular uchun so`rayman; dunyo uchun emas, balki Menga berganlaring uchun so`rayman. Chunki ular Senikidir.
10 - Zotan Meniki bo`lgan hamma ― Seniki, Seniki esa ― Menikidir. Shu tariqa Mening ulug`vorligim ular orqali zohir bo`ladi.
11 - Bundan so`ng Men bu dunyoda bo`lmayman, Sening huzuringga qaytyapman. Ular esa bu dunyoda qoladilar. Ey Muqaddas Ota! Menga kimni bergan bo`lsang, O`z noming bilan asrab qolgin, toki ular ham Bizday bir bo`lsinlar.
12 - Men ular bilan bo`lganimda, Sening noming bilan ularni asrar edim. Ha, Menga bergan odamlarning hammasini omon saqladim. Faqat oyat bajo bo`lsin deb, peshanasiga halokat yozilgan odamdan boshqa ulardan hech kim halok bo`lmadi.
13 - Endi esa Sening oldingga boray deb turibman. Mening shodligim ularga o`tib dillarini butunlay to`ldirsin, deb bularni hali dunyoda bo`lganimda aytyapman.
14 - Men ularga Sening kalomingni topshirdim. Dunyo esa ulardan nafratlandi. Chunki Men dunyodan bo`lmaganim kabi, ular ham dunyodan emaslar.
15 - Endi ularni dunyodan olishingni emas, balki yovuz shaytondan saqlashingni so`rayapman.
16 - Men bu dunyodan bo`lmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar.
17 - Ularni haqiqating bilan muqaddas qilgin. Sening kaloming ― haqiqatdir.
18 - Sen Meni dunyoga yuborgan eding, Men ham ularni dunyoga yubordim.
19 - Ular haqiqiy muqaddas bo`lsin deb, Men O`zimni ular uchun bag`ishlayman.
20 - Men faqat ular uchungina so`ramayman, balki ularning gapi bo`yicha Menga imon keltiradiganlar uchun ham so`rayman:
21 - Hammalari bir bo`lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda hozir bo`lganimizga o`xshab, ular ham Bizda hozir bo`lib, bir bo`lishsin. Shu tariqa dunyo Meni Sen yuborganingga inonsin.
22 - Menga ato qilgan ulug`vorligingni ularga berdim, toki biz bir bo`lganimizdek, ular ham bir bo`lishsin.
23 - Sen Menda, Men esa ularda hozir bo`lib, mukammal birlikka erishsinlar. Natijada, dunyo Meni Sen yuborganingni tan olsin, Meni qanday sevsang, Menikilarni ham shunday sevganingni dunyo bilsin.
24 - Ey Ota! Sen Menga bergan odamlar Men bilan bir joyda bo`lishini xohlayman. Sen Menga ato qilgan ulug`vorlikni ular ham ko`rib tursin, dunyoni yaratmasdan avvaloq Sen Meni qanday sevganingni ular bilsin.
25 - Ey odil Ota! Dunyo Seni bilmasa ham, Men Seni bilaman. Bular ham Meni Sen yuborganingni bilib oldilar.
26 - Sening nomingni ularga bildirganman va yanada bildiraman. Menga bog`lagan muhabbating ulardan o`rin olsin, Men ham ulardan o`rin olayin”.

Видео Iymondan qaytish vasvasasi , Iso O`z ummati uchun ibodati . канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
28 августа 2017 г. 2:32:36
00:08:01
Яндекс.Метрика