Загрузка страницы

ISO Masihning tug`ilishi haqida Karomat - Injil , Luqo 1:26-38, 39-56

Injil , Luqo bayon etgan Muqaddas Xushxabar 1:26-38, 39-56 oyatlari.

Iso Masihning tug`ilishi haqida karomat
26Elisabetning homiladorligiga olti oy bo`lgach, Xudo farishta Jabroilni Jalilaning Nosira degan shahriga,27Dovud avlodidan Yusuf ismli yigitga unashtirilgan bir qizga yubordi. Qizning oti Maryam edi.28Farishta uning oldiga kirib:
― Salom, ey Xudo yorlaqagan! Xudovand sen bilan. Ayollar ichra muboraksan, ― dedi.
29Maryam esa farishtani ko`rib, uning so`zlaridan sarosimaga tushdi. “Bu qanaqa salomlashish bo`ldi?” ― deya ko`nglidan o`tkazdi.
30Farishta unga dedi:
― Maryam, qo`rqma, sen Xudodan inoyat topding.31Mana, sen homilador bo`lib, o`g`il tug`ajaksan va Uning ismini Iso qo`yursan.32U ulug` bo`lgay, Xudoyi Taoloning O`g`li deb nom olgay. Xudoyi Taolo Unga otasi Dovudning taxtini bergay.33U Yoqub xonadoni uzra abadiy podshohlik qilur va bu podshohlikning cheki bo`lmagay.
34Maryam:
― Men hali er ko`rmagan bo`lsam, bu qanday bo`ladi? ― deb so`radi farishtadan.35Farishta javob berdi:
― Muqaddas Ruh sening ustingga tushib keladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli sendan tug`ilajak muqaddas bola Xudoning O`g`li deyilur.36Mana, bepusht deb yurishgan qarindoshing Elisabet ham qariligida o`g`ilga homilador bo`ldi. Homilasi oltinchi oyda.37Zero Xudoning biron kalomi puchga chiqmas.
38Shunda Maryam:
― Mana, men Xudovandning bandasiman. Menga aytganing kelsin, ― dedi. Farishta esa uning yonidan g`oyib bo`ldi.

Maryam Elisabetning uyida
39Maryam o`sha kunlardayoq zudlik bilan yo`lga tushib, tog`lik yurtga, Yahudo qabilasiga mansub bir shaharga bordi.40U Zakariyoning uyiga kirib Elisabet bilan salomlashdi.41Elisabet Maryamning salomini eshitgani zamon uning qornidagi bolasi o`ynoqlab ketdi. Elisabet Muqaddas Ruhga to`ldi-da,42baland ovoz bilan xitob qilib dedi:
― Sen ayollar ichra muboraksan, qorningdagi bola ham muborakdir!43Ne baxtki, Rabbimning onalari menga tashrif ayladilar!44Sening saloming qulog`imga yetishi bilanoq qornimdagi bola quvonchdan o`ynoqlab ketdi.45Ey e´tiqod qilgan, baxtlisan! Chunki Xudovand senga aytganlarini amalga oshirgay.
46Maryam shunday dedi:

47“Jon-tanim-la Xudovandni ulug`layman,
Xaloskor Tangrim ila ko`nglim shod-xurram.
48Men bandayi haqiriga U nazar soldi.
Endi meni barcha avlodlar olqagay.
49Qodir Tangri azimkorlik ko`rsatdi menga;
Uning ismi ― muqaddasdir.
50Uning marhamatlari nasib etgay
Undan qo`rqqan avlod-ajdodlarga.
51Kuchini U ko`rsatdi-da qo`ldan keluvchi,
Manmanlarni o`z xayollari-la to`zday to`zitdi.
52Taxtlaridan tushirdi hukmdorlarni,
Balandga ko`tardi haqir-mo`minni.
53Ochlarni to`yg`izib baxt-saodatli qildi,
Quppa-quruq jo`natdi boylikka o`chni.
54Ota-bobomizga bergan va´dasi bo`y-la,
Ibrohimga hamda uning zurriyotiga
55Shafqat qilishni yodda tutib mangu,
O`g`loni ― Isroilga himmat ayladi”.

56 - Shunday qilib, Maryam uch oycha Elisabet bilan bo`lib, o`z uyiga qaytib keldi.

Видео ISO Masihning tug`ilishi haqida Karomat - Injil , Luqo 1:26-38, 39-56 канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
6 августа 2017 г. 19:26:25
00:06:28
Другие видео канала
Abdulloh Domla - Iso alayhissalom (Payg'ambarlar qissalari)Abdulloh Domla - Iso alayhissalom (Payg'ambarlar qissalari)Iso Lazarni tiriltirishiIso Lazarni tiriltirishiPAYG’AMBARIMIZNING OXIRGI KUNLARI, VAFOTLARI - ENG KUCHLI MA’RUZA | QOBIL QORIPAYG’AMBARIMIZNING OXIRGI KUNLARI, VAFOTLARI - ENG KUCHLI MA’RUZA | QOBIL QORIIso Alayhissalom, Abdulloh domla Payg'ambarlar hayoti |  Исо алайҳиссалом, Абдуллоҳ домла.Iso Alayhissalom, Abdulloh domla Payg'ambarlar hayoti | Исо алайҳиссалом, Абдуллоҳ домла.ИСО АЛАЙХИССАЛОМ ЎЗБЕК ТИЛИДА - ISO ALAYHISSALOM O'ZBEK TILIDAИСО АЛАЙХИССАЛОМ ЎЗБЕК ТИЛИДА - ISO ALAYHISSALOM O'ZBEK TILIDAИсо Масиҳ туғилиши ҳақида оятлар - Iso Masih tug'ilishi haqida oyatlarИсо Масиҳ туғилиши ҳақида оятлар - Iso Masih tug'ilishi haqida oyatlarISO Masih Qiyomat qoyim so`rog`i haqida .ISO Masih Qiyomat qoyim so`rog`i haqida .ISO Masih  yana qayta keladi !ISO Masih yana qayta keladi !ISO   OSMONDAN  TUSHGAN  HAYOT NONI .ISO OSMONDAN TUSHGAN HAYOT NONI .Jabroil Farishta Uqigan Ikki rakatli Namoz Iymoni bor inson eshitsa yig‘laydi Жабраил Ангел 😭😭😭Jabroil Farishta Uqigan Ikki rakatli Namoz Iymoni bor inson eshitsa yig‘laydi Жабраил Ангел 😭😭😭ISO Masih -- Ibrohim payg`ambardan oldin bo`lganligini tasdiqlashi.ISO Masih -- Ibrohim payg`ambardan oldin bo`lganligini tasdiqlashi.Bugungi Kun {Yolg'onchi Podshoh}Bugungi Kun {Yolg'onchi Podshoh}Abdulloh domla - Yahyo va Zakariyo AlayhissalomAbdulloh domla - Yahyo va Zakariyo AlayhissalomIso alayhissalom Allohning bolasimi? | Shayx Sodiq SamarqandiyIso alayhissalom Allohning bolasimi? | Shayx Sodiq SamarqandiyПАЙГАМБАРИМИЗ МУХАММАД С.А.В НИ ХАЁТИ НУРУДДИН ХОЖИ ДОМЛАПАЙГАМБАРИМИЗ МУХАММАД С.А.В НИ ХАЁТИ НУРУДДИН ХОЖИ ДОМЛАUZBEK Mamurzhan domla. Яҳё алайҳиссаломни  ўлдирганларнинг оқибати. Маъмуржон домлаUZBEK Mamurzhan domla. Яҳё алайҳиссаломни ўлдирганларнинг оқибати. Маъмуржон домлаАҚШда Пайғамбарликни Даво Қилган Каззоблар (Абу Ханифа)АҚШда Пайғамбарликни Даво Қилган Каззоблар (Абу Ханифа)Namozni yangi boshlagan kishiga nasihat || Shayx Sodiq SamarqandiyNamozni yangi boshlagan kishiga nasihat || Shayx Sodiq SamarqandiyДр. Закир Найк ва Жеррий Томас | Исо Масиҳ Худо бўлганми?Др. Закир Найк ва Жеррий Томас | Исо Масиҳ Худо бўлганми?КУРОНИ КАРИМ ХАКИДА КИСКАЧА МАЛУМОТКУРОНИ КАРИМ ХАКИДА КИСКАЧА МАЛУМОТ
Яндекс.Метрика