Загрузка страницы

ISO Masih o`z shogirdlariga zoxir bo`lishi .

LUQO Bayon etgan Muqaddas Hushhabar 24 - Bob

Isoning shogirdlariga zohir bo`lishi .

36 - oyat Ular hali bu xususda so`zlashayotganda, Isoning O`zi o`rtalarida zohir bo`ldi.
― Sizlarga tinchlik bo`lsin! ― dedi.
37 - Shogirdlar o`takasi yorilganday bo`lib, arvoh ko`ryapmiz, deb o`yladilar.
38 Lekin Iso ularga dedi:
― Nega buncha hayajonlanmoq? Nechun ko`nglingizda buncha gumonlar tug`ilyapti?
39 Qo`llarimga va oyoqlarimga qaranglar, bu Mening O`zim. Meni ushlab ko`ringlar. Menda ko`rib turganingizdek arvohning etu ustuxoni bo`lmaydi-ku, axir!
40 Shunday deb, Iso qo`l-oyoqlarini ularga ko`rsatdi.
41 Shogirdlar sevinchidan taajjublanib hali ishonmayin turganlarida, Iso ulardan so`radi:
44 So`ngra ularga:
― Men hali sizlar bilan birga bo`lganimda, Men haqimda Muso Qonunida, Payg`ambarlar va Zabur kitoblarida hamma yozilganlar bajo kelishi kerak, deb aytgan edim-ku. Mana shu bo`lib-o`tganlarga to`g`ri keladi, ― dedi.
45 Keyin oyatlarni anglamoq uchun shogirdlarining zehnini ochib yubordi
46 va ularga yana dedi:
― Mana shu yozilganlarga ko`ra, Masih azob chekishi va uchinchi kuni esa qayta tirilishi kerak edi.
47 Shuningdek, Quddusdan boshlab barcha xalqlar Uning nomi bilan tavba-tazarruga chaqirilmog`i va gunohlari kechirilishi e´lon qilinmog`i ham lozim.
48 Sizlar esa bu ishlarga guvoh bo`lajaksiz.
49 Endi Men Otamning bergan va´dasini sizlarga yuboraman. Ammo yuqoridan bu qudratni olmaguningizcha, Quddus shahrida qola turinglar.

YUHANNO 20 - Bob
24 - oyat O`n ikki shogirddan biri, “Egiz” laqabli To`ma, Iso kelganda u yerda shogirdlar orasida yo`q edi.
25 Boshqa shogirdlar unga:
― Biz Rabbimizni ko`rdik, ― deyishdi. To`ma ularga shunday dedi:
― Men Uning qo`llaridagi mix chandiqlarini ko`rmagunimcha, Uning mix chandiqlariga o`z barmog`imni tegizmagunimcha, qo`limni Uning biqiniga qo`ymagunimcha, ishonmayman.
26 - Sakkiz kundan so`ng Isoning shogirdlari yana uyda to`plangan edilar, To`ma ham ular bilan birga edi. Uyning eshiklari qulf bo`lgan vaqtda Iso keldi va o`rtalarida turib:
― Sizlarga tinchlik bo`lsin! ― dedi.
27 Keyin To`maga qarab:
― Barmog`ingni bu yoqqa tekiz! Mening qo`llarimni ko`r, qo`lingni cho`zib biqinimga qo`y va imonsiz bo`lma, imonli bo`l! ― dedi.
28 To`ma Isoga:
― Ey, mening Rabbim va Xudoyim! ― deb javob berdi.
29 Iso unga shunday dedi:
― Sen Meni ko`rganing uchun ishonding. Ko`rmay ishonganlar qanday baxtlidirlar!
30 Iso bu kitobda yozilmagan boshqa bir talay ibratli mo`jizalarni O`z shogirdlariga ko`rsatdi.
31 Bular esa Iso ― Xudoning O`g`li, Masih ekanligiga ishonishingiz uchun va ishonib, Uning nomi bilan hayotga erishishingiz uchun yozilgan.

Видео ISO Masih o`z shogirdlariga zoxir bo`lishi . канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
4 марта 2017 г. 8:29:14
00:04:46
Яндекс.Метрика