Загрузка страницы

Hayot daryosi - Iso kelyapti - Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 22-Bob

Vahiy

22 - Bob


Hayot daryosi

1 - oyat Farishta menga Xudoning va Qo`zining taxtidan chiqib, shahar ko`chasi bo`ylab oqayotgan billurday tiniq obi hayot daryosini ko`rsatdi.
2 - oyat Daryoning u yog`ida ham, bu yog`ida ham har oyda bir, ya´ni yilda o`n ikki marta hosil beradigan hayot daraxti bor edi. Bu daraxtning barglari xalqlarga shifo baxsh etadi.
3 - oyat Boshqa hech qanday la´nat qolmaydi. Shaharda Xudoning va Qo`zining taxti bo`ladi, Uning qullari Unga xizmat qiladi.
4 - oyat Ular Uning yuzini ko`rib turadi, Uning ismi ularning peshanasiga yozilgan bo`ladi.
5 - oyat U yerda boshqa tun bo`lmaydi; chiroqqa ham, quyosh yog`dusiga ham ehtiyoj bo`lmaydi. Chunki Xudoyi Taolodan ularga nur yog`ilib turadi, ular esa to abad hukmronlik qiladilar.

Iso kelyapti
6 - oyat Farishta menga shunday dedi:
― Bu so`zlar ishonchli va haqqoniydir. Aziz payg`ambarlarni ruhlantirgan Xudoyi Taolo yaqin orada yuz berishi muqarrar bo`lgan voqealarni o`z qullariga bildirish uchun farishtasini yubordi.

7 - oyat “Mana, Men tezda kelaman!
Bu kitobning bashoratli kalomlariga
Rioya qilganlar baxtiyordir!”

8 - oyat Men, Yuhanno, bularni ko`rdim va eshitdim. Bularni ko`rib eshitganimda, menga ko`rsatgan farishtaning oyoqlariga yiqilib sajda qilmoqchi bo`ldim.
9 - oyat Ammo u menga:
― Zinhor bu ishni qilma! Men sening hamda birodarlaring ― payg`ambarlarning hamkoriman, shuningdek, bu kitobning so`zlariga rioya qiluvchilarning hamkoriman. Xudoga sajda qil! ― dedi.
10 - oyat Keyin menga yana shunday dedi:
― Bu kitobning bashoratli kalomlarini muhrlab sir saqlama, chunki vaqt yaqindir.
11 - oyat Fosiq, mayli, yomonlik qilaversin; nopok, mayli, ifloslik qilaversin. Solih esa to`g`ri ish qilaversin va muqaddas kishi o`zini muqaddas saqlasin.

12 - oyat “Mana, Men tez kelaman, qarimtam O`zim bilan.
Har kimga qilmishiga yarasha sazo bergumdir.
13 - oyat Men Ibtido va Intiho, Avvaliyu Oxiri,
Bosh va So`ngdirman”.

14 - oyat Qanday baxtlidir kiyimlarini yuvganlar, hayot daraxti mevasidan yeb, shahar darvozalaridan kirish huquqiga ega bo`lganlar!
15 - oyat Tashqarida esa itlar, jodugarlar, zinokorlar, qotillar, butparastlar, yolg`on-makrga ruju qo`yganlarning hammasi bo`ladi.

16 - oyat “Men ― Iso O`z farishtamni oldingizga yubordim,
Toki u bu to`g`rida jamoatlarimga shahodat bersin.
Men Dovud avlodidan kelib chiqqan Zot,
Yorug` tong yulduzidirman”.

17 - oyat Ruh ham, Kelin ham: “Kel!” ― deb chorlayapti. Eshitgan kishi ham: “Kel!” ― desin. Chanqagan kelsin, xohlagan hayot suvidan tekin bahra olsin.
18 - oyat Bu kitobning bashoratli kalomlarini eshituvchi har bir kishiga shahodatim shu: kimda-kim bularga biror narsa qo`shsa, Xudo bu kitobda yozilgan balolarni unga taqdir qiladi.
19 - oyat Kimda-kim bu kitobda bashorat qilib aytilgan so`zlardan biror narsani olib tashlasa, Xudo uni bu kitobda yozilgan hayot daraxtidan va muqaddas shahardan mahrum qiladi.
20 - oyat Bu gaplarning Shohidi: “Ha, Men tez kelaman!” ― deyapti.
Omin! Kel, yo Rabbimiz Iso!
21 - oyat Rabbimiz Iso Masihning inoyati barchangizga yor bo`lsin. Omin.

Видео Hayot daryosi - Iso kelyapti - Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 22-Bob канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
18 декабря 2016 г. 4:41:27
00:05:13
Яндекс.Метрика