Загрузка страницы

Zakariyo payg'ambarning vahiysi Savat ichidagi ayol 5:5 -11

Zakariyo payg'ambarning vahiysi Savat ichidagi ayol 5:5 -11

Zakariyo 5 bob
5 Men bilan gaplashgan farishta kelib, menga shunday dedi: — Qara–chi, kelayotgan narsa nima ekan.
6 Men: — U nima? — deb so‘radim. Farishta: — Bu kelayotgan narsa savatdir, — deb javob berdi. — Butun yurtning ko‘zi undadir.
7 Qo‘rg‘oshindan yasalgan qopqoq ochildi, savatning ichida esa bir ayol o‘tirgan ekan.
8 Farishta: — Bu ayol fosiqlikdir, — dedi. Shunday deb, u ayolni qaytarib savatga tiqib qo‘ydi–da, qopqog‘ini yopdi.
9 Men yana tepaga qarab, ikkita ayol uchib kelayotganini ko‘rdim. Qanotlari shamolda yoyilib uchib kelayotgan edi. Ularning qanotlari turnaning qanotlariga o‘xshar edi. Ular kelib o‘sha savatni oldilar–da, osmonga ko‘tarib olib ketdilar.
10 Men bilan gaplashayotgan farishtadan so‘radim: — Ular savatni qayerga olib ketishyapti?
11 U menga: — Bobil yurtiga olib ketishyapti, — deb javob berdi. — O‘sha yerda unga sajdagoh qurishadi. Sajdagoh tayyor bo‘lgandan keyin, savatni o‘sha yerda o‘z joyiga qo‘yishadi.

Chiqish 20:1-6
1 Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi:
2 “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman.
3 Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.
4 O‘zlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud bo‘lgan biror narsaning shaklini yasamang.
5 O‘sha xudolar yoki butlarga sajda qilmang, xizmat qilmang. Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham ko‘rmaydigan Xudoman. Mendan nafratlanadiganlarni jazolayman, ularning gunohlari oqibatlarini bolalariga, nabiralariga va chevaralariga olib kelaman.
6 Lekin Meni sevib, amrlarimga rioya qiladiganlarning ming–ming avlodlariga sodiq sevgimni ko‘rsataman.

Qonunlar 4:2
2 Men sizlarga aytayotgan amrlarga hech narsa qo‘shmanglar, hech narsa olib ham tashlamanglar. Men sizlarga berayotgan Egangiz Xudoning amrlariga rioya qilinglar.
Qonunlar 4:6-8
6 Mana shu farmonlar va qonun–qoidalarni bitta qoldirmay bajaringlar, toki sizlarning aql– idrokingizni boshqa xalqlar ko‘rsin. Ular bu qonunlar haqida eshitib: “Ha, haqiqatan bu buyuk xalq dono, aql–idroklidir”, deb aytsin.
7 Egamiz Xudoga har safar iltijo qilganimizda U bizga yaqindir. Qaysi buyuk xalqning shunday xudosi bor?!
8 Bugun men sizlarga farmonlar va qonun–qoidalar beryapman. Qaysi buyuk xalqning shunday adolatli qonun–qoidalari bor?!

Qonunlar 4:15-19
15 Sinay tog‘ida Egamiz olov ichidan sizlarga gapirganda, sizlar biron qiyofa ko‘rmadingizlar. Shuning uchun ehtiyot bo‘linglar.
16 Yana yo‘ldan ozib, o‘zingizga erkak yo ayol qiyofasidagi butni,
17 yerda yashaydigan jonivor yo osmonda uchib yuruvchi qush qiyofasidagi butni,
18 yerda sudralib yuruvchi jonivor yoki suvdagi baliq qiyofasidagi hech qanday butni yasamanglar.
19 Shuningdek, osmonga qarab, quyosh, oy va yulduzlarni, jamiki samoviy jismlarni ko‘rib vasvasaga tushmanglar, ularga sig‘inmanglar, xizmat qilmanglar. Egamiz Xudo bularni, boshqa hamma xalqlar sig‘insin, deb bergan.

Видео Zakariyo payg'ambarning vahiysi Savat ichidagi ayol 5:5 -11 канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
6 июня 2022 г. 8:18:52
00:10:39
Яндекс.Метрика