Загрузка страницы

Rabbim Sizni bilmagani uchun - Ulug'bek Abduhalimov

Rabbim Sizni bilmagani uchun - ajoyib Hamndu sano
ijro Ulug'bek Abduhalimov

She'r muallifi Ravshan Xizirov
Kuy va ijro Ulug'bek Abduhalimov .

Kimdir kuldi mening ustimdan,
Imonimdan, kamu-ko'stimdan.
Tuxmat, bo'xton ko'rdim do'stimdan,
Rabbim Sizni bilmagani-chun.

''Kofir'' - dedi yaqin qondoshlar,
Otilmagan qolmadi toshlar .
Yuz o'g'irdi ko'p bag'ritoshlar
Rabbim Sizni tanimagani-chun .

Goh qo'rquvda, goho shod bo'ldim,
Goh yiqildim, goh barbod bo'ldim.
Mish-mishlardan tiriklayu o'ldim
Rabbim Sizni bilmagani-chun.

Har biriga Najot so'radim,
Ismingizla Hayot so'radim.
Egishmoqchi bo'ldilar qaddim
Rabbim Sizni bilmagani-chun.

Yupatadi har bir So'zingiz,
Men uchun Qon to'kkan O'zingiz
Hali izlar har kim izingiz
Rabbim Sizni bilmagani-chun.

Sevgingizga to'ldiring Rabbim ,
Ruhingizga to'lsin bu qalbim
Hamdu sano kuylasin labim
Rabbim Sizni tilmanim uchun

Sevgi yuragimda Sevgi dilimda
Har bir aytgan Sevgi to'la so'zimda
Agar gumroh bo'lsam Xudoda ayb yo'q
Hamma ayb so'stim rosti o'zimda .

Tanimadim Uni, bilmadim Uni
Meni sevdi jondan, sevmadim Uni .
Umr berdi go'zal, rizq berdi go'zal,
Nima deyman do'stim qiyomat kuni.

Dunyo go'zal qizdek yetaklar aldab
Faxshu-zino tig'in ko'ksimga qadab.
Ko'zimni och Rabbim, ko'zlarimni och
Iblis tuzog'idan qutqargin yo Rab !

Yoningdaman bandam chekma g'am dedi
Menga kel topshirgin g'amu-anduhing
Kalomimga ishon, Unda jam dedi
Najot So'zlarimdan yashaydi ruhing .

Xudo Sevgi, do'stim chaqirgin Uni
Paypaslab bo'lsa ham topgin sen bugun
Mag'rurlikdan kechgin, gunohdan kechgin
U bilan hayoting hamisha gulgun.

Видео Rabbim Sizni bilmagani uchun - Ulug'bek Abduhalimov канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
10 апреля 2022 г. 1:58:42
00:05:41
Яндекс.Метрика