Zabur 50 - sano Dovudning sanosi
Zabur 50 sano
Dovudning sanosi
1 Ijrochilar rahbariga.
2 Dovud Botshevaning oldiga kirgandan so‘ng, Natan payg‘ambar uning oldiga kelganda, Dovudning aytgan sanosi.
3 Rahm qilgin menga, ey Xudo, Sodiq sevging, cheksiz shafqating ila Itoatsizligimni olib tashlagin.
4 Yuvib tashla barcha ayblarimni, Poklagin gunohlarimdan.
5 Ha, o‘zimning itoatsizligimni bilaman, Gunohim turar ko‘z o‘ngimda mudom.
6 Senga, yolg‘iz Senga qarshi gunoh qilganman, Sening oldingda qabihliklar qilganman, Shu bois hukm qilganingda Sen barhaqsan, Qoralaganingda doimo to‘g‘ri bo‘lib chiqasan.
7 Mana, gunohkor bo‘lib tug‘ilganman, Onam qornidayoq gunohkor edim.
8 Ha, inson yuragida Sen istaysan haqiqatni, Qalbimning to‘rida o‘rgatgin donolikni.
9 Pokla meni issop o‘ti ila, toza bo‘layin, Yuvgin meni, qordan ham oq bo‘layin.
10 Yana eshitay shodlik, quvonch xabarin, Sen ezgan suyaklarim yana quvonsin.
11 Gunohlarimdan chetga ol ko‘zlaringni, Olib tashla ayblarimni.
12 Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin, Ichimda to‘g‘ri ruhni yangilagin.
13 Huzuringdan meni uloqtirib tashlama, Muqaddas Ruhingni mendan olma.
14 Najoting shodligini menga qaytargin, Itoat etishga menda istak uyg‘otgin.
15 Shunda itoatsizlarga Sening yo‘llaringni o‘rgataman, Gunohkorlar qaytib keladilar Senga.
16 Qon to‘kkanim uchun kechir meni, ey Xudo, Najot berganingni sevinch ila kuylar tilim, Ey najotkorim Xudo!
17 Lablarimni ochgin, ey Rabbiy, Og‘zim Seni madh aylasin.
18 Qurbonlikni Sen xohlamaysan, Qurbonlik kuydirganimda ham Sen xush ko‘rmagan bo‘larding.
19 Senga ma’qul qurbonligim ezilgan ruhdir, Ezilgan, tavba qilgan yurakni Sen rad etmaysan, ey Xudo.
20 Lutfu karaming bilan Quddusni yashnatgin, Sion shahri devorlarini qaytadan qurgin.
21 Shunda munosib qurbonliklar keltiriladi, Kuydiriladigan qurbonliklar Seni mamnun qiladi, Qurbongohingda buqalar nazr qilinadi.
Видео Zabur 50 - sano Dovudning sanosi канала O'zbek Masihiylari

Показать
Комментарии отсутствуют
Информация о видео
Другие видео канала
Kechirildikmi yoki oqlandikBir Qutqaruvchi bor U - Iso - Qaraqalpoq tilida ajoyib Hamdu sanoAzaliy Gunohning Xarakteri 4Qonun va Inoyat - Abdujabbor aka voizligi 3 qismZabur 90 - sano - Qodir Tangri soyasida yashashJonga aza 2 - qismQonun va Inoyat Abdujabbor aka voizligi 4 qismKechirildikmi yoki oqlandik .Qonun va Inoyat Abdujabbor aka voizligi 4 qism davomiAzaliy Gunohning XarakteriAzaliy Gunohning Xarakteri - 2Iso Masih bizlarga begona emas .Janaza - Jonga aza juda muhim bo'lgan mavzuEllar ulug'lar - Hamdu sanoKelajak Dunyoga Umid !1 Xudoning Ajoyib KitobiIso yaxshi Cho'pon Yuhanno 10:1 42Azaliy Gunohning XarakteriISO MASIH HOVUZ BO`YIDA SHOLNI SOG`AYTIRISHI .SobirBukhara - So'rayman Xudodan so'rayman