Загрузка страницы

ISO MASIH HOVUZ BO`YIDA SHOLNI SOG`AYTIRISHI .

YUHANNO bayon etgan Muqaddas Xushxabar

5 - Bob

Iso hovuzda sholni sog`aytirgani

1 - oyat Bu hodisalardan keyin yahudiylarning bayrami bo`ldi va Iso Quddusga bordi
2 - oyat - Quddusning Qo`y darvoza nomli kiraverishida yahudiycha Bayt-Hasda degan besh shiyponli bir hovuz bor edi.
3 - Bu shiyponlarda ko`r, cho`loq, mayib-majruh juda ko`p bemorlar yotar, [suvning qimirlashini intizor bo`lib kutardilar.
4 - Chunki Xudovandning bir farishtasi goh-goh hovuzga tushib, suvni harakatga keltirar edi. Suv qimirlashi bilan hovuzga birinchi bo`lib kim tushsa, har qanday xastalikdan xalos bo`lar edi.]
5 - Bu yerda o`ttiz sakkiz yildan beri kasal bo`lib yotgan bir kishi bor edi.
6 - Iso uning yotganini ko`rdi, uzoq vaqtdan beri xasta ekanligini payqadi-da,
― Sog`ayishni istaysanmi? ― deb so`radi undan.
7 - Bemor Isoga javob berdi:
― Ha, Hazrat! Lekin suv qimirlaganda, meni hovuzga tushiradigan odamim yo`q. Men borgunimcha, boshqasi mendan oldin tushib oladi.
8 ― O`rningdan tur, to`shagingni olib yur! ― dedi Iso bemorga.
9 - U esa shu ondayoq sog`ayib qoldi. To`shagini olib, yurib ketdi.
U kun dam olish kuni edi.
10 - Shuning uchun yahudiy mansabdorlari sog`ayib ketgan odamga:
― Bugun dam olish kuni-ku, senga to`shagingni ko`tarish mumkin emas! ― deyishdi.
11 ― Meni sog`aytirgan Odam menga: “To`shagingni olib yur”, deb aytdi-da, ― dedi u odam.
12 ― “To`shagingni olib yur”, deb aytgan Odam kim? ― deb so`radilar.
13 - Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u yerda xalq ko`pligidan Iso O`zini chetga olgan edi

Видео ISO MASIH HOVUZ BO`YIDA SHOLNI SOG`AYTIRISHI . канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
25 февраля 2017 г. 6:24:01
00:03:03
Яндекс.Метрика