Загрузка страницы

Iso ko`l bo`yida o`z shogirdlariga zohir bo`lishi

Yuhanno bayon etgan Muqaddas Hush habar

21 - Bob

Isoning ko`l bo`yida zohir bo`lishi

2 - oyat - Simun Butrus, “Egiz” laqabli To`ma, Jalilaning Kana shahridan bo`lgan Natan´il, Zabadiyning o`g`illari va boshqa ikki shogird bir joyda edilar
3 - oyat - Simun Butrus boshqalarga:
― Men baliq ovlagani ketyapman, ― dedi.
― Bizlar ham sen bilan boramiz, ― deyishdi ular va qayiqqa tushib, jo`nab ketishdi. Lekin o`sha kecha hech narsa tutisholmadi.
4 - Kun yorishgach, Iso qirg`oqda turar edi. Shogirdlari esa Uning Iso ekanligini payqamadilar.
5 ― Bolalar, sizlarda biron ovqat bormi? ― so`radi Iso ulardan.
― Yo`q, ― dedi ular.
6 ― To`ringizni qayiqning o`ng tomoniga tashlanglar, shunda tutasizlar, ― dedi Iso.
Ular esa to`rni tashladilar va baliq ko`pligidan tortib ololmadilar.
7 - Shu payt Isoning sevikli shogirdi Butrusga:
― Ana, Rabbimiz! ― dedi.
Simun Butrus bu Rabbimiz, deb eshitiboq, yechib tashlagan jomasini kiydi-yu, o`zini ko`lga otdi.
8 - Boshqa shogirdlar esa baliq to`la to`rni sudragancha, qayiqda keldilar. Ular quruqlikdan yaqin taqriban ikki yuz gaz narida edilar.
9 - Qirg`oqqa chiqqanlarida, yonib turgan ko`mirni va qovurilayotgan baliq bilan nonni ko`rdilar.
12 - Iso shogirdlariga:
― Kelib ovqatlaninglar, ― dedi. Ulardan hech biri: “Sen kimsan?” ― deb so`rashga botinolmadi, chunki ular, Bu bizning Rabbimiz, deb bilar edilar.
14 - Shu yo`sin Iso tirilgandan keyin uchinchi marta shogirdlariga zohir bo`ldi.

Isoning Butrusga savoli

15 - Nonushta qilib bo`lishgach, Iso Simun Butrusdan so`radi:
― Yunus o`g`li Simun, sen Meni ulardan ko`proq sevasanmi?
― Ha, Rabbim! Men Seni yaxshi ko`rishimni O`zing bilasan-ku, ― dedi Unga Butrus.
― Qo`zilarimni o`tlat, ― dedi unga Iso.
16 - Ikkinchi marta Iso Butrusdan yana so`radi:
― Yunus o`g`li Simun, sen Meni sevasanmi?
― Ha, Rabbim! Seni yaxshi ko`rishimni O`zing bilasan-ku, ― dedi Butrus Unga.
― Qo`ylarimni boq, ― dedi unga Iso.
17 - So`ng uchinchi marta Butrusdan so`radi:
― Yunus o`g`li Simun, sen Meni yaxshi ko`rasanmi?
O`zidan uch marta: “Meni yaxshi ko`rasanmi”, deb so`raganiga Butrus xafa bo`ldi.
― Rabbim! Sen hammasini bilasan, men Seni yaxshi ko`rishimni ham bilasan, ― dedi Butrus. Iso unga shunday dedi:
― Qo`ylarimni o`tlat!
18 - Senga rostini aytayin: yosh bo`lganingda kamaringni o`zing bog`lar, xohlagan joyingga borar eding. Lekin qariganingda esa qo`llaringni uzatasan va boshqa birov kamaringni bog`laydi-yu, seni xohlamagan joyingga olib boradi.
19 - Iso bu so`zlarni Butrusning qay yo`l bilan o`lib, Xudoni ulug`lashiga ishora qilib aytgan edi. So`ngra unga:
― Mening orqamdan yur! ― dedi.

Iso va Uning sevikli shogirdi

20 - Butrus burilib, Isoning sevikli shogirdi orqalaridan ergashib kelayotganini ko`rdi. Bu kechki ziyofatda Isoning bag`riga bosh qo`yib: “Rabbim, Seni kim tutib beradi?” ― deb so`ragan shogirdi edi.
21 - Butrus uni ko`rib, Isodan:
― Rabbim, uning taqdiri nima bo`ladi? ― deb so`radi.
22 - Iso unga:
― Agar Men kelgunimgacha uning sog` qolishini istasam, bundan senga nima? Sen Mening orqamdan yuraver, ― dedi.
23 - Shunday qilib, birodarlar orasida, bu shogird o`lmaydi, degan gap-so`z tarqalib ketdi. Holbuki, Iso uni o`lmaydi demagandi. U faqat: “Agar Men kelgunimgacha uning sog` qolishini istasam, bundan senga nima”, ― deb aytgan edi.

Видео Iso ko`l bo`yida o`z shogirdlariga zohir bo`lishi канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
11 сентября 2017 г. 3:12:13
00:06:10
Яндекс.Метрика