Загрузка страницы

Butrus ko`rgan vohiy

Aziz Havoriylarning Faoliyati

10 - Bob

Butrus ko`rgan vahiy

9 - Ertasi kuni tush chamasida, bu odamlar yo`l yurib shaharga yaqinlasharkanlar, Butrus ibodat qilish uchun tomga chiqdi.
10 - U och qolganini his etib, ovqat yegisi keldi. Ovqatni tayyorlar ekanlar, u ruhlanib o`zini yo`qotdi.
11 - Osmon ochilib, katta ro`molga o`xshash bir idish to`rt burchagidan osilgan holda pastga tushib kelayotganini ko`rdi.
12 - Ro`molning ichida yerga xos har xil to`rt oyoqli va sudraluvchi hayvonlar hamda ko`kda uchuvchi qushlar bor edi.
13 - Bir ovoz unga xitob qilib:
― Butrus, tur va so`yib yegin! ― dedi.
14 - Butrus:
― Aslo, yo Rabbim! Men mutlaqo iflos yoki harom narsa yegan emasman, ― dedi.
15 - Yana ovoz ikkinchi marta unga eshitilib:
― Xudo halol deganini sen harom dema! ― deb aytdi.
16 - Bu manzara uch marta takrorlandi. So`ng idish yana osmonga ko`tarildi.
17 - Butrus gangib qolgan edi. Men ko`rgan vahiyning nima ma´nosi bor ekan, deb o`ylab turganda, Korniliy tomonidan yuborilgan odamlar Simunning uyini surishtirib darvoza bo`sag`asida to`xtab qolishdi.
18 - Ular ovozlarini balandlatib:
― Butrus laqabli Simun shu yerdami? ― deb so`rashdi.
19 - Butrus esa hanuz vahiyni o`ylab, mulohazaga cho`mib o`tirardi. Muqaddas Ruh unga: “Mana, uch kishi seni izlayapti.
20 - O`rningdan turgin-da, pastga tush va hech shubha qilmasdan ular bilan birga borgil, chunki ularni Men yubordim”, ― dedi.
21 - Butrus pastga tushib, Korniliy tomonidan yuborilgan odamlarga:
― Sizlar izlayotgan odam men bo`laman. Nima yumush bilan bu yerga keldingizlar? ― dedi.
22 - Ular Butrusga:
― Korniliy ismli, butun yahudiy xalqi orasida yaxshi nom chiqargan, solih, Xudodan qo`rqadigan bir yuzboshi bor. Muqaddas farishta unga, seni o`z uyiga chaqirtirib, aytganlaringga quloq berishini buyuribdi, ― deyishdi.
23 - Shunda Butrus ularni ichkariga chorlab, mehmon qildi.
Ertasi kuni Butrus joyidan qo`zg`alib, kelganlar bilan yo`lga chiqdi. Yaffadagi imonlilardan ba´zi odamlar ham unga hamroh bo`ldi.

Butrus Korniliyning uyida

24 - Ikkinchi kuni Kesariyaga kelishdi. Korniliy esa o`z qarindoshlari va yaqin do`stlarini bir joyga to`plab, ularni kutib turardi.
25 - Butrus ichkariga kirganda, Korniliy uni qarshilab, oyoqlariga yiqilib sajda qildi.
26 - Biroq Butrus:
― Tur, men ham bir insonman, ― dedi-yu uni oyoqqa turg`izdi.
27 - Butrus Korniliy bilan suhbatlashib uyga kirarkan, to`planib turgan katta jamoani ko`rdi.
28 - Ularga aytdi:
― Boshqa qabila kishisi bilan aloqa qilish, inoqlashish yahudiy bir odam uchun joiz emasligini bilasizlar. Lekin Xudo hech bir odamni iflos yoki harom deb hisoblamaslik lozimligini menga ko`rsatdi.
29 - Shuning uchun men chaqirilganimda, so`z qaytarmay keldim. Endi aytinglar-chi, nima uchun meni chaqirdingizlar?
30 - Korniliy so`z boshladi:
― Bundan to`rt kun avval, salkam ayni shu mahalda men uyimda ro`za tutardim. Soat uchda ibodat qilayotganimda, birdaniga porloq kiyimli bir odam ro`paramda paydo bo`ldi.
31 - “Korniliy! ― dedi u. ― Xudo ibodatingni eshitdi va sadaqalaringni maqbul topdi.
32 - Endi Yaffaga odam yubor, dengiz bo`yidagi ko`nchi Simunning uyida mehmon bo`lib turgan Butrus laqabli Simunni chaqirtir. Uning senga aytadigan so`zlari bor”, ― dedi.
33 - Men ham o`sha zahoti sening oldingga odamlarni yubordim va xayriyat, kelganing yaxshi bo`ldi-da. Endi Xudo senga buyurgan so`zlarining hammasini tinglash uchun biz barchamiz bu yerda Xudoning huzurida hozirmiz.

Butrusning nutqi
34 - Butrus so`z boshladi:
“Haqiqatan, Xudoning yuz-xotir qilmasligini, balki Undan qo`rqqan va to`g`rilik ila ish tutgan hammani millatiga qaramay qabul qilishini men endi chinakamiga tushundim.
36 - Xudo O`z kalomini Isroil o`g`illariga yuborib, Iso Masih nomidan tinchlik mujdasini e´lon qildi. Iso Masih esa hammaning Rabbidir.
37 - Yahyo payg`ambar va´z qilib, xalqni suvda tavba qildirib yurgandan keyin, Jaliladan boshlab butun Yahudiya yurti bo`ylab sodir bo`lgan voqealarni sizlar bilasizlar.
38 - Nosira shahridan chiqqan Isoni Xudo yubordi. Xudoning O`zi Iso bilan birga bo`lgani uchun, U Muqaddas Ruh va qudratga to`lgan holda ezgulik qilar, iblisning zolim hukmi ostida qiynalib yurganlarning hammasini sog`aytirar edi.
39 - Mana biz yahudiylarning mamlakatida va Quddus shahrida Isoning qilgan barcha ishlariga guvohmiz. Uning O`zini esa yog`ochga osib o`ldirdilar.
40 - Ammo Xudo uchinchi kuni Uni tiriltirib, ko`zlarga namoyon qildi.
41 - Iso tirilgandan keyin butun xalqqa emas, balki Xudo oldindan tanlagan, U bilan yeb-ichgan shohidlarga ― bizlargagina zohir bo`ldi.
42 - Xudo Isoni tirigu o`liklarni hukm qiluvchi etib tayinlagan. Bu haqda guvohlik berib, xalqqa va´z aytishimizni Xudoning O`zi buyurgan.
43 - Isoga inongan har bir kishining gunohlari Uning nomi bilan kechiriladi, deb qadimiy payg`ambarlarning hammasi ham shahodat berganlar”.

Видео Butrus ko`rgan vohiy канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
13 октября 2017 г. 5:39:31
00:09:10
Яндекс.Метрика