Загрузка страницы

ISO va Shayton - ISO Masih yovuz Ruh va Muqaddas Ruh haqida .

Matto bayon etgan Muqaddas Xushxabar
12 - Bob

Iso va shayton

22 - oyat Shundan so`ng Isoning oldiga jinga chalinib ko`r va soqov bo`lgan kishini keltirishdi. Isoning shifolashi tufayli uning tili ham chiqdi, ko`zi ham ochildi.
24 - Farziylar buni eshitishgach: “U ins-jinslarning boshlig`i ― iblisning kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapti-ku”, ― dedilar.
25 - Ularning o`y-fikrlarini bilib, Iso ularga dedi: “O`z ichidan bo`linib ketgan har bir podshohlik xarob bo`ladi, o`z ichidan bo`linib ketgan har bir shahar yoki uy abgor bo`ladi.
26 - Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, unda u o`z-o`zidan bo`lingan bo`ladi. Endi uning saltanati qanday tura oladi?
27 - Agar Men jinlarni iblisning kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo`lsam, u holda sizlarning o`g`illaringiz kimning kuchi bilan quvib chiqaradi? Shu bois, ularning o`zi sizlarni hukm qiladilar.
28 - Magar Men Xudoning Ruhi bilan jinlarni quvib chiqarayotgan ekanman, u demak, Xudoning Shohligi sizlarga yetib kelgan.
29 - Uyning egasi bo`lgan baquvvat kishini avval bog`lab qo`ymasdan turib, birov uning uyiga kirib, mol-mulkini o`g`irlab keta olarmidi? Faqat shunday qilibgina uyni talash mumkin.
30 - Kim Men bilan birga bo`lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig`masa, sochadi.
31 - Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhni kufr qilganlar kechirilmaydi.
32 - Kim Inson O`g`liga qarshi so`z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so`z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.
33 - Yo daraxtni yaxshi der ekansiz, mevasini ham yaxshi deng. Yoki daraxtni yomon der ekansiz, mevasini ham yomon deng. Chunki har bir daraxt o`z mevasidan bilinur.
34 - Voy ilonlar zoti-yey! Sizlar yovuz bo`la turib, qanday qilib yaxshi so`zlay olasiz? Axir, odamning dilida nima bo`lsa, tili o`shani gapiradi-ku!
35 - Yaxshi odam yuragining yaxshilik xazinasidan yaxshilik chiqarur. Yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqarur.
36 - Men sizga deymanki: insonlar aytadigan har bir bekor so`zi uchun qiyomat kunida hisob beradilar.
37 - Sen o`z so`zlaring asosida yo oqlanasan, yoki ayblanasan”.

Видео ISO va Shayton - ISO Masih yovuz Ruh va Muqaddas Ruh haqida . канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
11 марта 2017 г. 22:13:33
00:05:49
Яндекс.Метрика