Загрузка страницы

Ming yil tinchlik - Shaytonning jazolanishi - Qiyomat qoyim . Yuhannoga Xudo yuborgan Vohiy

Vahiy

20 - Bob

Ming yil tinchlik
1 - oyat - Qo`lida tubsizlik qa´rining kaliti va katta zanjir bilan osmondan tushayotgan farishtani ko`rdim.
2 - oyat - Farishta ajdahoni, ya´ni iblis va shayton deb atalgan almisoq ilonini tutib, uni ming yil muddatga kishanlab qo`ydi.
3 - oyat - Ming yil tamom bo`lgunga qadar yana xalqlarni aldamasin deb, uni tubsizlik qa´riga tashlab qamab qo`ydi va uning ustiga muhr bosdi. Ming yil o`tgandan keyin qisqa bir muddatga uni ozod qilish kerak.
4 - oyat - Men taxtlarni va taxtda o`tirganlarni ko`rdim. Ularga hukm etish huquqi berilgan edi. Isoning shahodati va Xudoning kalomi tufayli boshi olinganlarning jonini ham ko`rdim. Bular hayvonga va uning tasviriga sajda qilmagan, peshanalari va qo`llariga uning tamg`asini qabul qilmaganlar edi. Ular tirilib, Masih bilan ming yil hukm surdilar.
5 - oyat - Qolgan o`liklar ming yil tamom bo`lgunga qadar tirilmadi. Bu ― birinchi qiyomatdir.
6 - oyat - Birinchi qiyomatda ishtirok etadiganlar baxtiyor va muqaddasdir. Ikkinchi o`lim ularga hokim emas. Ular Xudoning va Masihning ruhoniylari bo`lib, U bilan ming yil hukm suradilar.

Shaytonning jazolanishi
7 - oyat - Ming yil tugagach, shayton o`z zindonidan ozod etiladi.
8 - oyat - Yerning to`rt burchagidagi xalqlarni, Ya´juj-Ma´jujni aldab vasvasa qilish va jangga to`plash uchun zindondan chiqadi. Ularning soni dengiz qumiday son-sanoqsizdir.
9 - oyat - Ular yer yuzi tekisligiga chiqib, muqaddaslar manzili va aziz shaharni qurshab oldilar. Shu payt Xudo osmondan o`t yog`dirib, ularni qirib tashladi.
10 - oyat - Ularni aldagan iblis esa hayvon va soxta payg`ambar bo`lgan olovli va oltingugurtli ko`lga tashlandi. U yerda ular kechayu kunduz, ilalabad azob chekadilar.

Qiyomat qoyim
11 - oyat - Keyin buyuk bir oq taxt va taxtda o`tirgan Siymoni ko`rdim. Uning huzuridan yeru osmon qochar edi, lekin ularga joy topilmadi.
12 - oyat - Men Xudo taxti oldida turgan katta-kichik o`liklarni ko`rdim. Kitoblar ochildi. Hayot kitobi degan boshqa bir kitob ham ochildi. O`liklarning har biri, kitoblarda yozilgani bo`yicha, qilmishlariga yarasha hukm etildi.
13 - oyat - Dengiz o`zidagi o`liklarni berdi, o`lim ham, tamug` ham o`zlaridagi o`liklarni berdi, har bir kishi qilmishlariga yarasha hukm etildi.
14 - oyat - O`lim va tamug` olov ko`liga tashlandi. Mana bu olov ko`li ― ikkinchi o`limdir.
15 - oyat - Ismlari hayot kitobida yozilmaganlarning hammasi olov ko`liga tashlandi.

Видео Ming yil tinchlik - Shaytonning jazolanishi - Qiyomat qoyim . Yuhannoga Xudo yuborgan Vohiy канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
17 декабря 2016 г. 6:14:04
00:04:09
Яндекс.Метрика