Загрузка страницы

ISO Masih tug`ma ko`rni sog`aytirishi .

Yuhanno
9 - Bob
Isoning tug`ma ko`rni sog`aytirishi
1 - oyat Iso o`tib ketayotganda, Uning ko`ziga bir tug`ma ko`r odam chalindi.
2 - Shogirdlari Isodan:
― Ustoz, buning ko`r bo`lib tug`ilishida kim gunohkor, o`zimi yoki ota-onasimi? ― deb so`radilar.
3 - Iso shunday javob berdi:
― Bunda na o`zi gunohkor, na ota-onasi, balki Xudoning ishlari unda namoyon bo`lishi uchun u ko`r tug`ilgan.
4 - Kun yorug` ekan, Meni Yuborganning ishlarini qilishim lozim. Ana tun kelyapti, o`shanda hech kim ish qila olmaydi.
5 - Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman.
6 - Iso bularni aytdi-yu, yerga tupurdi, tupukdan loy qilib, ko`rning ko`zlariga surtdi.
7 ― Borib Siloam hovuzida yuvin, ― dedi unga. (Siloam ― “Yuborilgan” demakdir.)
Ko`r odam borib yuvindi va ko`zi ochilib qaytdi.
8 - Shunda uning qo`shnilari va ilgari uning ko`r bo`lib o`tirganini ko`rgan odamlar:
― Bu haligi tilanchilik qilib o`tirgan ko`r odam emasmi? ― deb so`rashardi.9Ba´zilar:
― Bu xuddi o`sha, ― desalar, boshqalar:
― O`shanga o`xshaydi, ― deyishardi. Odamning o`zi esa:
― O`sha menman, ― deb ta´kidlardi.
10― Unday bo`lsa, ko`zlaring qanday ochildi? ― deb so`radilar.
11― Iso degan Kishi tupukdan loy qilib ko`zlarimga surtdi-yu, “Borib Siloam hovuzida yuvin”, dedi. Men borib yuvindim va ko`radigan bo`lib qoldim, ― dedi u odam.
12― U qayerda? ― deb so`radilar.
― Bilmayman, ― deb javob berdi u.

Sog`aygan ko`rni so`roq qilish
13Ilgari ko`r bo`lgan o`sha odamni farziylarning oldiga keltirishdi.14O`sha kuni yahudiylarning dam olish kuni edi. Bunga qaramay, Iso loy qilib, ko`r odamning ko`zlarini ochgan edi.15Binobarin, farziylar ham ko`rdan ko`zlari qanday ochilganini so`radilar.
― U ko`zlarimga loy surtdi. Men yuvindim-u, ko`zlarim ko`radigan bo`ldi, ― dedi haligi odam.
16― Bu Odam Xudodan emas, chunki U dam olish kuniga rioya qilmayapti, ― dedi ba´zi farziylar. Boshqalari esa:
― Gunohkor odam bunday mo`jizalarni qanday qila oladi? ― deyishdi. Shunday qilib, oralarida nifoq paydo bo`ldi.
17― Ko`zlaringni ochgan u Kishi haqida sen nima deysan? ― deb so`rashdi yana ko`r odamdan.
― U payg`ambar, ― dedi o`sha.
18Biroq yahudiy din arboblari ko`zlari ochilgan odamning ota-onasini chaqirtirmaguncha, uning ilgari ko`r bo`lganiga va ko`zlari ochilganiga ishonmadilar.19Ota-onasi keldi.
― Ko`r tug`ilgan, deb aytgan o`g`lingiz shumi? Xo`sh, endi qanday qilib uning ko`zlari ko`ryapti? ― deb so`rashdi ota-onasidan.20Ota-onasi javob berishdi:
― Bu bizning o`g`limiz, uning ko`r tug`ilganini bilamiz.21Lekin qanday qilib ko`zlari ko`rayotganini, ko`zlarini kim ochganini biz bilmaymiz. U balog`at yoshida, o`zidan so`ranglar. O`zi uchun o`zi javob bersin.
― deyishdi.

Qalbi ko`rlar
35U odamning quvib chiqarilganligini Iso eshitdi-yu, uni axtarib topdi.
― Sen Xudoning O`g`liga ishonasanmi? ― deb so`radi undan. U odam Isoga:
36― Hazrat, ― dedi, ― U kimdirki, men Unga ishonsam?
37― Sen Uni ko`rding, mana sen bilan gaplashayotgan ― O`shaning O`zi, ― dedi Iso.38Shunda u odam:
― Ishonaman, yo Rabbiy, ― dedi-da, Isoga sajda qildi.
39Iso:
― Ko`rlar ko`rsin, ko`zi ochiqlar esa ko`r bo`lsin, deb Men bu dunyoni hukm qilgani kelganman, ― dedi.
40Uning atrofida ba´zi farziylar turgan edi. Ular bu gapni eshitgach:
― Nahotki bizlar ham ko`r bo`lsak? ― deb so`rashdi.41Iso ularga dedi:
― Agar ko`r bo`lganingizda, gunohingiz bo`lmas edi. Lekin sizlar “Ko`zlarimiz ko`ryapti”, deganingiz uchun, gunohingiz o`z bo`yningizda qoladi.

Видео ISO Masih tug`ma ko`rni sog`aytirishi . канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
10 февраля 2017 г. 6:20:12
00:10:50
Яндекс.Метрика