Загрузка страницы

LIVE: Savol-javoblar (19.09.2018)

Bu darsimizda berilgan savollar quyidagi mavzulardadir:

1:38 Ustoz, Katta miqdorda qarzimiz bor, shuning uchun men ham ishga kirganman. Erim «Ozgina sabr qil, shu qarzlarimizni uzaylik, keyin ishlamaysan», dedilar. Meni juda ilm olgim keladi. Maslahat bering, nima qilishim kerak?
6:33 Bir qizga uylanmoqchi edim. Fakat u qizni buvim kichkinaligida emizmoqchi bo‘lgan ekan-u, lekin bir tomchi ham emmagan ekan. Shunga ozgina shubha bo‘lyapti. Unga uylansam bo‘ladimi yoki u menga singil hisoblanadimi?
8:35 Ko‘pchiligimiz bilgan, bilmagan holda «Sen tufayli shu ish bo‘ldi», deb bir birimizni malomat qilamiz, ozor beramiz. Holbuki, yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga iymon keltirganmiz. Nasihat qilsangiz, toki e’tiqodimizga putur etmasin.
14:21 Uzun muddatli metro, aftobus biletlarini bir muddat ishlatgandan so'ng, qisqa muddatli bilet narxida sotish joizmi?
15:49 Shahidlar qachon yaqinlariga shafoat qiladi?
19:58 Hurmatli ustoz, birovni islomga da’vat qilganda unga shart qo‘yib yoki biron narsa va’da qilib qiziqtirish joizmi? Masalan, katta qarzi bor insonga «Agar namoz o‘qisang, qarzlaringni uzishga yordam beraman» deyish joizmi?
22:27 Ustoz, oyatlarning birida fir’avn jasadi qiyomatgacha saqlanib qolishi aytilgan. Hozirda odamlar fir’avn jasadi bor deb Misr ehromlarini ziyorat qilish uchun borishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
26:07 Hozirda ko‘p yoshlar sunnat va nafl namozlarni o‘qishga beparvo, shundaylarga nasihat qilsangiz.
29:35 Domla, dinimizda poraxo‘rlik hukmi nima va unga qanday qarshi kurashish mumkin?
35:52 Yangi uyga ko‘chib kirish uchun nima kilish kerak, biror jonliq so‘yish kerakmi?
39:01 Ustoz, nega odamlar birovga qilgan diniy amaliga qarab baho berishadi? Masalan, yaqinda bir odam hijobli ayol bilan urishib qolibdi. Shunda haligi odam ayolga qarab: “Seni o‘ragan ro‘moling, o‘qigan namozing hayf”, deb haqorat qilibdi. Dinimizda bunday deyishning hukmi nima?
45:35 Qiz bolani nogiron kishiga turmushga bersa bo'ladimi?
50:32 Men uyda bolalarga qarab o‘tiraman. Ovsinim ishlaydi. Ba’zan ovsinimni gaplari ko‘nglimga qattiq tegadi. Iltimos, domla, menga yo‘l ko‘rsating, qanday ish tutay?
53:49 Tobut ko‘tarishning ham qoidasi bormi? Bizda tobut elkaga tegib tursin va oxirida elkani tobutga tekkizib qo‘yishadi. Shu haqda ma’lumot bersangiz.
57:58 Ayollar mayyit tepasida o‘tirib olib 99 marta «La ilaha illalloh»ni aytishib, oxirida «Muhammadur rasululloh», aytiladi. Shu amal to‘g‘rimi?
1:00:26 Ayolimga jin kirdi, aytishicha, unga ovsini issiq-sovuq qilib jin kirishiga sababchi bo‘lgan. Ayolim hozirgi uyimizda yashamasligini aytdi. Onam kasal, u kishini qarovsiz tashlab ketolmaymiz. Men nima qilishim kerak, maslahat bering.
1:02:38 Ustoz, men sizning darslaringizni eshitib ilm o‘rganmoqchiman. Biroq darslaringiz ko‘p ekan, qaysi biridan boshlashni maslahat berasiz.
1:04:18 Domla, Qirg'izistonda ba’zilar ikki mahal namoz o‘qishadi. Bomdod va xuftonni o‘qishadi, qolganini o‘qishmaydi. Buning hukmi nima?
1:07:23 Odam alayhissalom farzandi bo‘lmish Qobil gunohiga yarasha jazo olib bo‘lgach do‘zaxdan chiqib jannatga kiradimi yoki yo‘qmi? Chunki «La ilaha illalloh» degan inson gunoh qilgan bo‘lsa ham gunohiga yarasha jazo olib jahannamdan chiqadi-ku?!
1:11:23 Domla, «Kim oshuro kunida oilasining oziq-ovqatini mo‘l-ko‘l qilsa, 1 yil davomida uyida yo‘qchilik bo‘lmaydi» deyilganmi? Shu haqda ma’lumot bersangiz?
1:15:21 Otadan qolgan uy joy va o'xshash narsalarga kimlar haqdor bo'ladi?
1:20:35 Ustoz, da’vatchilar o‘rtasiga fitna solishga harakat qilayotganlarga nasihat qilsangiz.
1:25:34 Dallolchilik qilish joizmi?
1:28:13 Nonni e’zozlash shialar aqidasidanmi?
1:30:23 Uyga fosiq mehmon kelsa va gapirgan gapi g‘iybatdan iborat bo‘lsa, unga lutf bilan muomala qilinadimi? Bunday insonning mehmonlik haqqi bormi?
1:31:48 Farzandlarim yoki o‘zim kasal bo‘lsak, erim: «Do‘xtirga borish farz emas, duo qilib Allohdan so‘rang», deb doktorlarga ko‘rsatmaydi. Shunday qilish mumkinmi?
1:34:25 Ustoz, oshuro kunini bayram qilib nishonlash joizmi? Biz tomonlarda shu kunni bayram qilishadi.
1:35:01 Ustoz, ijmo va qiyosni dinda yo‘q bo‘lgan bid’at deb qabul qilmaydiganlarga nima deyish kerak?
1:39:44 Haqni bilgan, lekin o‘ziga biror zarar etishidan qo‘rqib insonlarni da’vat qilmagan odam gunohkor bo‘ladimi?
1:46:54 Allohga bo‘lgan muhabbat bilan ahli-oilaga, ota-onaga bo‘lgan muhabbat o‘rtasidagi muvozanatni qanday saqlash mumkin?
1:53:05 Soch va tirnoqlarni yoqish joizmi?
1:54:17 Ro‘zador odam bilmasdan biron narsa yeb-ichib qo‘ysa, ogohlantirish kerakmi?
1:55:08 Harom luqma yegan odamni Alloh taolo tahajjudga turgizib qo‘yadimi, Qur’on o‘qishga, Zuho va Avvobiyn namozlarini doimiy o‘qishlikka tavfiq beradimi?
1:56:44 Zehnni kuchaytirish uchun nimalar qilish kerak?
1:59:13 Ish yuzasidan farzandlaridan uzoqda qolib ularning tarbiyalari borasida sustlik qilgan kishi nima qilishi kerak?
2:06:00 Hizmat haqqini ertaroq olish maqsadida 3chi firmani o'rtaga qo'yib unga haq berib ishlash joizmi?

Видео LIVE: Savol-javoblar (19.09.2018) канала IXLOS TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 сентября 2018 г. 1:23:49
02:09:44
Яндекс.Метрика