Загрузка страницы

OXIRATDAGI BOY bilan GADOY

Luqo bayon etgan muqaddas Hush habar

16 - Bob

Oxiratdagi boy bilan gadoy
19 - oyat “Kimxob va shoyi kiyimlar kiyib, har kuni dabdabali bazmlarda kayf-safo surgan bir boy odam bor ekan.
20 - Boyning darvozasi oldida hamma badaniga yara toshgan Lazar ismli bir qashshoq gadoy yotar ekan.
21 - U boy dasturxonidan to`kilgan ushoqlar bilan qorin to`ydirishni orzu qilar, itlar esa kelib uning yaralarini yalab ketar ekan.
22 - Bir kuni gadoy o`lib qolibdi, farishtalar uni Ibrohim alayhissalomning yoniga olib boribdilar. Keyin boy ham o`lib, uni ko`mishibdi.
23 - Tamug` azobidan o`tar ekan, boy boshini ko`tarib uzoqdagi Ibrohimni va uning yonidagi Lazarni ko`ribdi.
24 - U faryod ko`tarib:
― Ey Ibrohim ota! Menga rahm qilib Lazarni yuborgin, u barmog`ining uchini suvga botirib tilimga suv tomizsin. Chunki men bu olovda ko`p azob chekyapman, ― debdi.
25 - Ibrohim unga shunday javob beribdi:
― Unutma, o`g`lim, sen hayotingda yaxshilik nasibangni olib bo`lding, Lazar esa yomonlik nasibasini olib bo`ldi. Endi u bu yerda tasalli topyapti, sen bo`lsang, azob chekyapsan.
26 - Bundan tashqari, siz bilan bizning oramizda tubsiz jarlik bor. Bu yerdan siz tomon o`tmoqchi bo`lganlar o`ta olmaydilar va u yerdan biz tomon ham o`tmaydilar.
27 ― Unday bo`lsa, ey ota, sendan o`tinib so`rayman, Lazarni otamning uyiga yuborgin.
28 - Mening beshta ukam bor. Ular ham bu azobli joyga kelmasliklari uchun ularni ogohlantirib qo`ysin, ― debdi boy.
29 - Ibrohim unga:
― Ular Muso payg`ambarni va boshqa payg`ambarlarni bilishadi, ularga quloq solishsin, ― debdi.
30 - Boy esa:
― Yo`q, Ibrohim ota, quloq solmaslar. Faqat o`liklardan biri ularning oldiga borsa, o`shanda tavba qilarlar, ― debdi.
31 - Ibrohim shunday debdi:
― Agar Muso va boshqa payg`ambarlarga quloq solmagan bo`lsalar, o`liklardan biri tirilib borsa ham ishonmaydilar”.

Видео OXIRATDAGI BOY bilan GADOY канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
9 октября 2017 г. 7:22:57
00:04:40
Яндекс.Метрика