Загрузка страницы

Yangi yeru osmon - Yangi Quddus - Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 21 - bob

Vahiy
21 - Bob
Yangi yeru osmon
1 - oyat -- Shundan keyin men yangi bir osmon va yangi bir yerni ko`rdim. Avvalgi yeru osmon g`oyib bo`lgan edi, dengiz ham endi yo`q edi.
2 - oyat -- Men, Yuhanno, tabarruk shahar ― Quddusni ko`rdim; u kuyovi oldiga bezanib chiqayotgan kelin kabi osmondan, Xudo huzuridan tushayotgan edi.
3 - oyat -- Men Arshi A´lodan kelgan baland bir ovozni eshitdim, u shunday dedi:

“Mana, Xudoning makoni insonlar aro!
Xudoning O`zi odamlar ichra yashar.
Ular Xudoning xalqi bo`lgay,
Xudoning O`zi ular ichra maskan qilgay.
4 - oyat -- Xudo ularning ko`zidagi har bir yoshni artib olur.
Endi o`lim sira bo`lmas.
Huzun ham, faryod ham, og`riq ham bo`lmas.
Zero avvalgilar o`tib ketdi”.

5 - oyat -- Taxtda o`tirgan Siymo: “Mana, Men hammasini yangi qilib yaratyapman!” ― dedi. Keyin menga: “Bularni yozib qo`y, bu so`zlar ishonchli va haqqoniydir!” ― dedi.
6 - oyat -- So`ng menga qarab, dedi: “Amalga oshdi! Ibtido va Intiho, Bosh va So`ng O`zimman. Men chanqaganga obi hayot bulog`idan tekin bahra beraman.
7 - oyat -- G`olib kelganga bular nasib qiladi. Men uning Xudosi bo`laman, u Mening o`g`lim bo`ladi.
8 - oyat -- Ammo qo`rqoq, imonsiz, nopok, qotil, zinokor, jodugar, butparast va hamma yolg`onchilarning qismati olov va oltingugurt bilan yonayotgan ko`ldadir. Bu ikkinchi o`limdir”.

Yangi Quddus
9 - oyat -- Shu payt oxirgi yetti baloga to`ldirilgan yettita kosani ushlagan yetti farishtadan biri oldimga keldi va men bilan gaplashib: “Bu yoqqa kel, Qo`ziga kelin bo`ladigan ayolni senga ko`rsataman”, ― dedi.
10 - oyat -- Farishta meni Ilohiy Ruhning ta´sirida baland, yuksak bir toqqa olib chiqdi-da, menga ko`kdan, Xudo huzuridan tushayotgan tabarruk shahar ― Quddusni ko`rsatdi.
11 - oyat -- Shahar Xudoning ulug`vor jamoli bilan balqir, uning sayqali qimmatbaho tosh, billur olmosga o`xshar edi.
12 - oyat -- Uning devori qalin va baland edi; o`n ikki darvozasi bo`lib, darvozalari ustida o`n ikkita farishta o`ltirar edi. Darvozalarda ismlar ― Bani Isroilning o`n ikki qabilasi nomlari yozilgan edi.
13 - oyat -- Sharqdan uch, shimoldan uch, janubdan uch va g`arbdan uch darvoza bor edi.
14 - oyat -- Shahar devorlarining o`n ikki poydevori bo`lib, ularda Qo`zining o`n ikki havoriysi nomlari yozib qo`yilgan edi.
15 - oyat -- Men bilan gaplashgan farishtaning qo`lida shaharni, uning darvozalariyu devorini o`lchash uchun oltindan bir o`lchagichi bor edi.
16 - oyat -- Shahar to`rtburchak shaklda joylashgan, uning bo`yi eni bilan teng edi. Farishta shaharni o`lchagich bilan o`lchadi, u o`n ikki ming o`q otimi ekan. Uning eni, bo`yi va balandligi bir-biriga teng edi.
17 - oyat -- Farishta shaharning devorlarini ham o`lchadi; u insonlar o`lchovida ham, farishtalar o`lchovida ham yuz qirq to`rt tirsak chiqdi.
18 - oyat -- Devorlar olmosdan, shahar esa shishaday tiniq, sof oltindan qurilgan edi.
19 - oyat -- Shahar devorlarining poydevorlari turli qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi: birinchi poydevor olmosdan, ikkinchisi ko`k yoqutdan, uchinchisi aqiqdan, to`rtinchisi zumraddan edi.
20 - oyat -- Beshinchisi firuza, oltinchisi la´l, yettinchisi sariq yoqut, sakkizinchisi ko`k zumrad, to`qqizinchisi zabarjad, o`ninchisi yashil aqiq, o`n birinchisi lojuvard, o`n ikkinchisi binafsharang yoqutdan edi.
21 - oyat -- O`n ikki darvoza ― o`n ikki marvariddan iborat edi, ya´ni har bir darvoza bitta marvariddan yasalgan edi. Shaharning ko`chasi esa bamisoli shaffof shishadek, sof oltindan edi.
22 - oyat -- Bu shaharda ma´bad ko`rmadim. Chunki har narsaga qodir Xudoyi Taolo va Qo`zining O`zi shaharning ma´badidir.
23 - oyat -- Shaharni yoritish uchun quyoshga yoki oyga ehtiyoj ham yo`q. Chunki Xudoning ulug`vor jamoli uni yoritadi, Qo`zining O`zi uning yoritqichi bo`ladi.
24 - oyat -- [Qutulgan] xalqlar shaharning nurida yurishadi. Yer yuzi podshohlari unga o`z shon-shuhratlarini keltiradilar.
25 - oyat -- Shahar darvozalari kun bo`yi ochiq turadi, sira yopilmaydi, chunki u yerda tun bo`lmaydi.
26 - oyat -- Xalqlarning barcha davlatu savlati unga kiritiladi.
27 - oyat -- Lekin hech qanday murdor narsa, hech bir razil yoki yolg`onchi kishi unga kirmaydi; faqat Qo`zining hayot kitobida yozilganlar kiradi.

Видео Yangi yeru osmon - Yangi Quddus - Yuhannoga Xudo yuborgan Vahiy 21 - bob канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
18 декабря 2016 г. 1:38:50
00:07:09
Яндекс.Метрика