Загрузка страницы

7-juz 13-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Qurʼon tilovati sahifa-sahifa

7-juz 13-sahifa:

53. «Bizlarning oramizdan ana o‘shalarga Alloh in’om qilgan emishmi?» — deyishlari uchun ularning ba’zilarini bazilari bilan ana shunday imtihon qildik. Axir shukr qilguvchilarni Alloh yaxshiroq bilguvchi emas-mi?!

I z o h . Yuqoridagi ikki oyatning nozil bo‘lishiga quyidagi voqea sabab bo‘lgan. Ma’lumki, payg‘ambar alayhis-salomga iymon keltirib, itoat etgan kishilarning ko‘pchiligi kambag‘al-bechoralar edi. Ular kechayu kunduz sidqidildan Allohga ibodat qilar edilar. Buni ko‘rgan Makka zodagonlari payg‘ambar alayhis-salomga: «Agar mana shu yalangoyoqlarni huzuringdan xaydaganingda bizlar senga ergashar edik», deyishadi. Shunda payg‘ambarning ko‘ngillari bo‘linmasligi uchun yuqoridagi: «Bas, ularni haydab zolimlardan bo‘lib qolmang!» — degan kalimalar bilan tugallangan oyat nozil bo‘ladi. Keyin esa mushriklar: «Agar Muhammadning yo‘li haq bo‘lganida o‘sha yo‘lga bizlar yurgan bo‘lur edik. Chunki tangri hech qachon bizdek zodagonlarni qo‘yib, u yalangoyoqlarga to‘g‘ri yo‘lni in’om etmaydi», deb da’vo qiladilar. Qur’on bu holni boylarni kambag‘allar bilan imtihon qilish, deb atab: «Axir shukr qilguvchilarni Alloh yaxshiroq bilguvchi emasmi?» deydi.

54. Qachon sizning oddingizga Bizning oyatlarimizga iymon keltiradigan zotlar kelsalar: «Sizlarga tinchlik bo‘lsin, Parvardigoringiz O’z zimmasiga rahmat qilishni yozgandir. Sizlardan kim bilmasdan biron yomonlik (gunoh) qilsa, so‘ngra o‘sha yomonligining ketidan tavba qilib, (o‘zini) tuzatsa, bas, (gunohi kechiriladi), albatta (Alloh) mag‘firatli, mehribondir», deb ayting.

55. (Haqiqiy mo‘minlar kimlar ekani ma’lum bo‘lishi) va jinoyatchi kimsalarning yo‘li oshkor bo‘lishi uchun oyatlarimizni mana shunday mufassal qilurmiz.

56. Ayting: «Men Allohdan o‘zga — sizlar iltijo qilayotgan butlarga bandalik qilishdan qaytarilganman». Ayting: «Sizlarning havoyi-nafslaringizga ergashmayman. Zero u holda yo‘ldan ozurman va hidoyat topguvchilardan bo‘lmay qolurman».

57. Ayting: «Men Parvardigorim tarafidan (Uning yolg‘iz ma’bud ekanligi xususida) aniq hujjatga egaman. Sizlar esa uni yolg‘on dedingiz. Sizlar shoshtirayotgan narsa (ya’ni Allohning azobi) mening ilgimda emas. Hukm qilish faqat Allohning O’ziga xosdir. U faqat haqni so‘ylar. U (haq bilan nohaqni) ajratguvchilarning eng yaxshisidir.

58. Ayting: «Agar sizlar shoshtirayotgan narsa mening ilgimda bo‘lganida edi, albatta sizlar bilan o‘rtamizdagi ish tugagan bo‘lur edi (ya’ni men sizlarni darhol azoblagan bo‘lur edim). Alloh zolimlarni juda yaxshi bilguvchidir».

59. G’ayb ochqichlari Uning huzuridadirkim, ularni yolg‘iz O’zigina bilur. U quruqlik va dengizdagi bor narsalarni bilur. Biron barg shoxidan uzilib tushmas, magar U bilur. Yer tublaridagi har bir don, bor ho‘lu quruq narsa, albatta, Ochiq Kitobda (ya’ni Allohning ilmi azaliysida) mavjuddir.

Видео 7-juz 13-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa канала Qurʼon tilovati sahifa-sahifa
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
26 августа 2020 г. 14:05:11
00:04:15
Яндекс.Метрика