Загрузка страницы

9-juz 18-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Qurʼon tilovati sahifa-sahifa

9-juz 18-sahifa:

17. Bas, (ey musulmonlar), ularni sizlar o‘ldirmadingiz, balki Alloh o‘ldirdi. (Ey Muhammad, ularning yuziga qo‘lingizdagi bir siqim tuproqni) otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki Alloh otdi, va (bu g‘alabani Alloh) O’z tomonidan mo‘minlarga chiroyli in’om bo‘lsin, deb qildi. Albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

I z o h . Rivoyat qilishlaricha, payg‘ambar alayhis-salom Badr jangida qo‘llariga bir siqim tuproq olib: «Yuzlari qaro bo‘lgay!» — deb dushman tarafga otganlarida, ko‘ziga g‘ubor kirmagan biror mushrik qolmagan ekan.

18. (Ey mo‘minlar), mana shu (sizlarning mukofotingizdir). Albatta, Alloh kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi zotdir.

19. (Ey ahli Makka), agar g‘alabani istagan bo‘lsangizlar, mana, sizlarning (ziyoningizga) g‘alaba keldi, Agar (payg‘ambarga qarshi urushishdan) to‘xtasangizlar, bas, bu o‘zingiz uchun yaxshidir. Agar (yana urushga) qaytsangizlar, Biz ham qaytamiz va guruhingiz qancha ko‘p bo‘lmasin, sizlarni hech narsadan behojat qila olmaydi. Albatta, Alloh mo‘minlar bilan birgadir.

20. Ey mo‘minlar, Allohga va Uning payg‘ambariga itoat qilingiz va (Qur’onni) eshitib turib, undan yuz o‘girib ketmangiz!

21. Va o‘zlari eshitmagan (ya’ni, anglab, iymon keltirmagan) hollarida, «eshitdik», degan kimsalar kabi bo‘lmangiz!

22. Albatta, kar va soqov bo‘lib olgan aqlsiz kimsalar Allohning nazdida eng yomon hayvonlardir.

23. Agar Alloh ularda biron yaxshilikni bilganida edi, albatta ularning quloqlarini ochib qo‘ygan bo‘lur edi, va agar (Alloh ularning) quloqlarini ochib qo‘yganida ham ular yuz o‘girgan hollarida ketgan bo‘lur edilar.

24. Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar.

25. Hamda sizlardan faqat zolim kimsalarning o‘zigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) balodan saqlaningiz! Va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir.

Видео 9-juz 18-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa канала Qurʼon tilovati sahifa-sahifa
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 сентября 2020 г. 9:57:15
00:04:07
Яндекс.Метрика