Загрузка страницы

9-juz 12-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Qurʼon tilovati sahifa-sahifa

9-juz 12-sahifa:

171. (Ey, Muhammad), Tur tog‘ini ko‘chirib olib, ularning ustlarida go‘yo bir soyabondek ko‘tarib turib, ular uni ustlariga qulab tushadi, deb gumon qilgan hollarida: «Biz sizlarga ato etgan narsani (Tavrotni) mahkam ushlangiz va taqvodor bo‘lishingiz uchun undagi oyatlarni yodda tutingiz!» degan paytimizni eslang. 

172. Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamarlaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men Parvardigoringiz emasmanmi?», deb, o‘zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: «Haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini eslang! (Sizlardan bunday guvoxlik — ahd-paymon olishimiz) qiyomat kunida: «Bizlar bundan bexabar edik», demasliklaringiz uchundir. 

173. Yoki: «Axir ilgari ota-bobolarimiz mushrik bo‘lgan esalar, bizlar ulardan keyin kelgan (va ularning o‘rgatgan yo‘llariga ergashgan) avlod bo‘lsak, o‘sha nohaq yo‘lda o‘tgan kimsalarning qilmishlari sababli bizlarni halok qilurmisan», demasliklaringiz uchundir. 

I z o h . Xalq orasida mashhur bo‘lgan «almisoq, almisoqdan qolgan» degan iboralarning asl mazmuni yuqoridagi ikki oyatda mazkur bo‘ldi. Qur’on bizga uqtirishicha, Tangri taolo o‘z qudrati bilan Odam alayhis-salomning belidan undan tarqaydigan barcha zurriyotlarini chiqarib, ularga O’zining mo‘‘jizalarini ko‘rsatgach: «Aytinglar-chi, Men Sizlarning rabbingiz emasmanmi», deganida, ular: «Parvardigoro, O’zing barchamizning rabbimizsan, bizlar bunga guvoh bo‘ldik», deb Tangriga ahdu paymon, ya’ni misoq bergan ekanlar. Shuning uchun islom ulamolari: «Kimda-kim kofir bo‘lsa yoki dinidan qaytsa, o‘zining Tangriga bergan misoqidan qaytgan bo‘ladi», deydilar. Muhammad alayhis-salomning: «Har bir tug‘ilgan bola toza holda — islomda tug‘iladi. Keyin ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qilib buzuq tarbiya berishadi», degan hadislarining mazmuni ham yuqoridagi oyatlarga hamohangdir. 

174. Shoyad (kufrlaridan) qaytsalar deb oyatlarni mana shunday mufassal qilurmiz. 

175. (Ey Muhammad), ularga (yahudiylarga) bir kimsaning xabarini tilovat qiling — u qimsaga oyatlarimizni bildirgan edik. Bas, u o‘sha oyatlarimizdan chetlangach (ya’ni ularga amal qilmagach), uni shayton ergashtirib ketib, yo‘ldan ozguvchilardan bo‘lib qoldi. 

176. Agar xoxlasak uni o‘sha oyatlar sababli (yuqori darajalarga) ko‘targan bo‘lur edik. Lekin u yerga (ya’ni molu dunyoga) berildi va havoyi-nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni haydasang ham tilini osiltirib turaveradi yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham tilini osiltirib turaveradi. Bu Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalarning misolidir. Ular tafakkur qilsinlar uchun bu qissalarni so‘ylang.   

I z o h . Ushbu ikki oyat garchi Muso payg‘ambar davridagi mol-dunyoga berilgan bir yahudiy «olim» haqida nozil bo‘lgan esa-da, bu oyatlarning hukmi bilgan ilmiga amal qilmay dinfurushlik bilan kun o‘tkazadigan «ulamolar»ning barchasiga taalluqlidir. Zotan, ilm kishining diyonat va e’tiqodini ziyoda qilish o‘rniga ahli davlat, ahli dunyolarga qul qilib qo‘ysa, u ilm emas, balki jaholat — ilmsizlikdir. 

177. Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalarning misoli naqadar yomon bo‘ldi va ular o‘zlariga zulm qilguvchi bo‘ldilar. 

178. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, o‘sha hidoyat topguvchidir. U zot kimni yo‘ldan ozdirsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchidirlar.

Видео 9-juz 12-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa канала Qurʼon tilovati sahifa-sahifa
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
3 июня 2020 г. 19:53:25
00:03:40
Яндекс.Метрика