Загрузка страницы

8-juz 15-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Qurʼon tilovati sahifa-sahifa

8-juz 15-sahifa:

44-45. (Shunda) jannat egalari do‘zax egalariga qarab: «Bizlar parvardigorimiz bergan va’daning (ya’ni jannat va undagi ne’matlarning) haq ekanini ko‘rdik, sizlar ham Parvardigoringiz va’da qilgan narsaning (ya’ni do‘zax va undagi azob-uqubatlarnish) xaq ekanini ko‘rdingizmi?!» deganlarida, ular: «Ha», deydilar. Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi: «Allohning yo‘lidan to‘sadigan va uni buzishni istaydigan, o‘zlari oxiratga ishonmaydigan kimsalar bo‘lgan zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay», deb jar solur.

46. Ularning (jannat egalari bilan do‘zax egalarining) o‘rtalarida to‘siq bo‘lib, u devorlar ustida hammani (ya’ni jannatilarni ham, duzaxilarni ham) siymolaridan tanib oladigan kishilar bo‘lur. Ular jannat egalariga: "Sizlarga tinchlik bo‘lgay", deydilar. O’zlari esa tama’ qilgan — istagan hollarida, unga (jannatga) kira olmaydilar.

47. Qachon ko‘zlari do‘zax egalari tarafga burilib qolsa: "Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavm bilan birga qilib qo‘ymagaysan", deydilar.

48-49, A’rof egalari (ya’ni qilgan yaxshi amallari bilan yomon amallari barobar kelib, jannati ham, do‘zaxi ham bo‘lmay o‘rtada a’rof — devorlar ustida turgan kishilar) siymolaridan tanib olgan kishilariga (ya’ni do‘zaxilarga) nido qilib dedilar: «To‘plagan molu dunyoingiz va qilgan kibru havoyingiz sizlarga asqotmabdi-ku! Sizlar: «Alloh ularga biron rahmat-marhamat yetkazmaydi, deb qasam ichgan kishilar ana u (hayoti dunyodan kambag‘al-bechoralik bilan o‘tgan mo‘min-musulmon)larmi? (Axir ularga) «Sizlar uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va sizlar hech g‘amgin bo‘lmaysizlar» (deyildi-ku)?!

50-51. Do‘zax egalari jannat egalariga: "œBizlarga ham suvdan yo Alloh sizlarni bahramand qilgan narsalardan to‘kinglar», deb nido qilganlarida, ular: «Alloh bu ne’matlarini dinlarini hazil-mazax qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib qolgan kofirlarga harom qilgandir», dedilar. Bas bu KUN ular bugungi uchrashuvni unutib qo‘yganlari va Bizning oyatlarimizni inkor qiluvchi bo‘lganlari kabi Biz ham ularni «unutib qo‘yarmiz».

Видео 8-juz 15-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa канала Qurʼon tilovati sahifa-sahifa
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
24 августа 2020 г. 16:17:51
00:04:50
Яндекс.Метрика