Загрузка страницы

6-juz 8-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Qurʼon tilovati sahifa-sahifa

6-juz 8-sahifa:

10. Kofir bo‘lgan va Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalar esa jahannam egalaridir.

11. Ey mo‘minlar, Allohning sizlarga bergan ne’matini — bir qavm sizlarga qo‘l ko‘tarishni (ya’ni halok qilishni) qasd qilganida ularning qo‘llarini sizlardan qaytarganini eslangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Iymonli kishilar yolg‘iz Allohgagina suyansinlar!

I z o h . Ushbu oyat nozil bo‘lishining sababi xususida bir necha rivoyatlar mavjud. Shulardan biri «Sahihul-Buxoriy»da keltirilgan hadisdir: payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan ketayotib bir daraxtzor manzilga qo‘ndilar. Dam olish uchun har kim har tarafga tarqalib ketdi. Rasululloh yolg‘iz o‘zlari bir daraxt soyasida yonboshlab, endi ko‘zlari ilinganda bir sharpadan uyg‘onib ketdilar. Qarasalar, tepalarida bir a’robiy (tog‘lik dinsiz arablardan) o‘zlarining qilichlarini yalang‘ochlab chopmoqchi bo‘lib turibdi. Rasululloh uyg‘onib ketganlarini ko‘rgach, u: «Endi seni mendan kim saqlay oladi?!» — dedi. Payg‘ambar alayhis-salom esa xotirjamlik bilan: «Alloh», deb javob qildilar. Shunda a’robiy birdan bo‘shashdi va qilichni tashlab, payg‘ambar alayhis-salom yonlariga o‘tirdi. Shovqinni eshitib yetib kelgan ayrim sahobalar esa bu holdan lolu hayron bo‘lib qoldilar. Mazkur oyat Allohning o‘ziga suyangan kishilarni Alloh saqlaydi, deb uqtiradi.

12. Alloh Bani Isroilning ahd-paymonini oldi va o‘zlaridan o‘n ikki boshliqni (Muso bilan birga, Shom zaminini maskan tutgan kofirlarga qarshi jang qilish uchun) jo‘natib, Alloh aytdi: «Albatta Men sizlar bilan birgaman. Qasamki, agar namozni to‘kis ado qilsangiz, zakotni (haqdorlarga) ato qilsangiz, payg‘ambarlarimga iymon keltirib, yordam bersangiz va (beva-bechoralarga yaxshilik — ehson qilish bilan) Allohga qarzi hasana bersangiz (yaxshilik bilan qarzdor qilsangiz), albatta yomonliklaringizni (ya’ni qilgan gunohlaringizni) o‘chirurman va albatta sizlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga dohil qilurman. Mana shu ahd-paymondan keyin sizlardan kimki kofir bo‘lsa, uning to‘g‘ri yo‘ldan ozgani aniqdir».

13. So‘ng ahd-paymonlarini buzganlari sababli ularni la’natladik va toshbag‘ir qilib qo‘ydik. Ular (Tavrotdagi Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar bo‘lishlari haqidagi) so‘zlarini o‘z o‘rinlaridan o‘zgartiradilar, o‘zlariga eslatma qilib berilgan narsalardan esa (ko‘p) hissasini unutib yuborganlar. (Ey Muhammad), siz mudom ular tarafidan qilingan biron xiyonat ustidan chiqasiz. Magar ulardan (Islomni qabul qilgan) ozchilik kishilargina xiyonat qilmaydilar, xolos. Bas, ularni afv etib, kechirib yuboravering. Albatta, Alloh yaxshilik qilguvchilarni sevadi.

Видео 6-juz 8-sahifa Qur'on tilovati sahifa-sahifa канала Qurʼon tilovati sahifa-sahifa
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
29 августа 2020 г. 13:30:46
00:03:45
Яндекс.Метрика