Загрузка страницы

Sizga Kerak Bo'lgan Eng Kerakli XISLAT | Les Braun | Motivatsiya o'zbek tillida!

Eng yangi audiokitob va zamonaviy, foydali videolarni birinchilardan bo'lib biz bilan kuzating!
Kanalga obuna bo'lish uchun ssilka: http://bit.ly/nurlimedia

Bizni telegramda kuzating: t.me/nurlimedia
#motivatsiya #orzugayetishish
Kerol Hetfild. Kerol Detroyt shahrida yashaydigan yolg’iz ona. U o’z biznesini boshlashni xohlaydi. Ammo buning uchun yetarli puli bo’lmaydi. U oziq-ovqat do’koni ochmoqchi bo’ladi. U mashinasini sotadi va undan kelgan pullarni kichkina bir do’kon ochish uchun sarflaydi. Ishga esa velosipedda borib kela boshladi. Shundan so’ng, u ozgina pul to’plagach, skuter sotib oldi va undan juda uzoq vaqt davomida foydalandi. U bugungi kunda juda ham muvaffaqiyatli. Hozirda u uchta oziq-ovqat do’koniga egalik qiladi. U ancha qiynalganini, muammolarga duch kelganligini, lekin shunga qaramay o’z orzusini amalga oshirganligini, aytadi. U o’z-o’zimga va’da berdim va bu va’damning ustidan chiqdim, deydi. Nima uchun odamlar o’z-o’ziga vazifa yuklab, unga sodiq qolishdan qo’rqishadi? Nima uchun o’z vazifalariga sodiq qolish degan so’zlarni ishlatsak, ko’pchilik hayiqib qoladi? Nima uchun? Chunki bu sizdan harakatni talab qiladi.
Ko’pchilik odamlardan nimadir vazifani bajarishini so’rasangiz, xo’p, harakat qilaman, deb javob berishadi. Harakat qilaman, degani bu bahona topolmadim degani. Bu aslida muloyimlik bilan yo’q deb aytishdir. Aslida “yo’q” deb aytishga jur’at topa olishmagani uchun harakat qilaman,deb aytishadi.
Hey, mana shu uchrashuvda qatnashishingni so’ramoqchi edim
Harakat qilaman
Bu nima deganing? Shungayam harakat qiladimi odam? Yo ha, yoki yo’q deb javob ber.
Har qanday ishda ham shunday, siz yo bajarasiz, yo bajarmaysiz, oraliq mavjud emas. Harakat qilish degan narsa yo’q. Ko’pchilik odamlar shu kabi mazmunsiz so’zlardan foydalanishni yaxshi ko’rishadi. Ular o’zlarini bir vazifaga bag’ishlashni istashmaydi, chunki bu hech qanday bahonaga o’rin qolmaydi degani. Hech qanday bahona hisobga o’tmaydi. Agar biron maqsadni amalga oshirishga qaror qilsangiz va vazifalaringiz qiyinlashib borsa, unda siz ham qiynaling. Muammolar ko’pmi? Nima qilibdi? Vazifa noqulaylik tug’diryaptimi? Xo’sh, nima qilibdi? Juda ko’p odamlar mana shu yerga kelishga qaror qilgan edi. Lekin ularning ko’pchiligi tashqarida yomg’ir yog’yapti, deb bu yergacha kelishmadi. Havo harorati o’zgardi. Tashqari sovuq. Ular shuni bahona qilib, o’z rejalarini bajarishdan bosh tortishdi. Odamlar orzulariga kelganda ham xuddi shu yo’ldan boradilar. Ular o’z oldiga qo’ygan burch-vazifalarini qadrlamaydilar. Sizlarga o’z oldingizga qo’ygan vazifalaringizga ergashmaganingizda nima sodir bo’lishini aytib beraman.
Avvalambor, sizning o’zingiz bo’lgan hurmatingiz tushib ketadi va shaxsiy imidjingiz yo’qolib boradi. O’zingizga bo’lgan ishonchingiz zaiflashadi. O’z rejalaringizga amal qilmaydigan bo’lsangiz, o’zingizni yaxshi his eta olmaysiz.

Видео Sizga Kerak Bo'lgan Eng Kerakli XISLAT | Les Braun | Motivatsiya o'zbek tillida! канала Nurli Media
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
27 марта 2022 г. 19:42:33
00:13:48
Яндекс.Метрика