Загрузка страницы

IJOBIY FIKRLASH KUCHI- Bu VIDEO Sizni O'zgartiradi!

Eng yangi audiokitob va zamonaviy, foydali videolarni birinchilardan bo'lib biz bilan kuzating!
Kanalga obuna bo'lish uchun ssilka: http://bit.ly/nurlimedia

Bizni telegramda kuzating: t.me/nurlimedia
Ijobiy fikrlash kuchi
Baxtli bo’lish uchun avvalo uni chin dildan xohlashingiz lozim. Ko’pchilik odamlar o’z qobiqlariga o’ranib olib, tushkunlikda yashashni ma’qul ko’rishadi. Har bir kuni, xoh o’n besh-yigirma daqiqa bo’lsin, xoh bir-ikki soat bo’lsin, alohida vaqt ajrating va bu vaqt davomida miyangizga erkinlik berib, uni kunlik stresslardan xalos qiling. Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrayman, deb o’ylasangiz, unda ko’ngilsizlik bo’lishi muqarrar. Agar g’olib bo’lishni kutsangiz, unda orzularingiz amalga oshadi. Doktorlar ham psixologlar ham xavotir umrimizni qisqartirishini ta’kidlashadi. U tanamizga ham jismonan zarar keltiradi. Uyquga yotishdan oldin, miyamiz salbiy o’y-tashvishlar bilan band bo’lmasligiga ishonch hosil qilishimiz lozim. Biz Norman Vinsent Pil “Ijobiy fikrlash kuchi” nomli asari haqida gaplashyapmiz.
Demak, birinchi oltin qoida: o’z baxtingizni o’zingiz yarating.
Siz o’z baxtingiz uchun ma’sulsiz. Chunki, baxtsizlik ko’pincha tushkun o’ylarga berilganligingiz, salbiy hissiyotlarni boshdan kechirganingiz, boshqalardan nafratlanishingiz, umuman olganda hayotga nisbatan yoqimsiz bir nazar bilan boqishingiz oqibatida vujudga keladi. Agar shu narsalar haqida o’ylasangiz, hayotingiz salbiy tomonga burilishi turgan gap. O’zingizni bular haqida o’ylamaslikka majburlang, Vinsent Pilning fikricha, biz bizni baxtli qiladigan odatlarni o’zlashtirishimiz kerak. Misol uchun, har kuni ijobiy, quvnoq narsalar haqida o’ylash odati. Biz o’z qobig’imizga o’ralib olib, tushkunlikda yashashni ma’qul ko’ramiz. Men bunday qilishni istamayman, lekin ba’zida miyam meni shunday qilishga majburlaydi. Nima uchunligini bilmayman. Shunda men o’zimni bunday qilmaslikka majburlashimga to’g’ri keladi. Bu uchun esa sho’x musiqa qo’yib olaman, tashqariga chiqib, qandaydir samarali ish bajaraman, zalga borib, mashq qilaman, vaqtimni quvnoq do’stlarim davrasida o’tkazaman. Bu ancha mashaqqatli ish. Boshida o’zingizni majburlayotgandek bo’lasiz, aslida ham shunday. Lekin bora-bora o’zingizni yaxshiroq his qila boshlaysiz. Chor atrofingizda minglab mo’jizalar sodir bo’lmoqda. Butun dunyo go’zalik bilan qoplangan. Ko’zlaringizni oching va olamga boqing. Porlab turgan quyoshni ko’ryapsizmi? Ajoyib. Qushlar sayrayotganini eshityapsizmi? Ajoyib. Tanangizda quyosh taftini his etyapsizmi? Naqadar ajoyib. Atrofimizda oddiy go’zallikllar to’lib-toshib yotibdi. Agar o’zingizni baxtli his qilishni xohlasangiz, unda baxtli bo’lish uchun birinchi qadamni tashlab bo’libsiz. Shunday ekan, salbiy o’ylardan uzoqlashing. O’zingizni yomon his qila boshlaganingizda, boshqalarni g’iybat qilishni boshlaganingizda, o’zingizni aybor his qilganingizda, jahlingiz chiqqanda yoki qanday bo’lmasin, salbiy bir kayfiyatda bo’lganingizda, o’zingizni ijobiy fikrlashga majburlang, ijobiy xatti-harakatlar amalga oshiring. Avvaliga bu g’alati tuyulishi mumkin. Lekin harakat qilishda davom eting. Siz to’g’ri yo’ldasiz.

#ijobiyfikr #nurlimedia

Bu video sizni o'zgartirishiga ishonamiz.

Видео IJOBIY FIKRLASH KUCHI- Bu VIDEO Sizni O'zgartiradi! канала Nurli Media
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
1 февраля 2022 г. 19:43:13
00:12:26
Яндекс.Метрика