Загрузка страницы

MIYANGIZNI MASHQ QILING- Hayotingizni O'ZGARTIRUVCHI 10 DAQIQA- David Goggins

Eng yangi audiokitob va zamonaviy, foydali videolarni birinchilardan bo'lib biz bilan kuzating!
Kanalga obuna bo'lish uchun ssilka: http://bit.ly/nurlimedia

Bizni telegramda kuzating: t.me/nurlimedia
#motivatsiya #miyamashqi

Hayotingizni o'zgartirib yuboradigan o'n daqiqa.
Miya dunyodagi eng qudratli quroldir. Telefonlar, kompyuterlarni va shunga o’xshash texnologiyalarni qo’yib turing. To’g’ri ular juda ajoyib. Biz ular orqali zamon bilan hamnafasmiz. Lekin depressiyaga tushganingizda sizga yordam beradigan, qiyinchiliklarga duch kelganingizda ishlatishingiz mumkin bo’lgan yagona narsa bu miyangiz. O’lim bilan yuzlashganingizda va haqiqiy hayotning og’ir zarbalariga duch kelganingizda faqatgina miyangiz kuchiga tayana olasiz. Bunday paytda Googledan yordam so’rolmaysiz. Siz yolg’izsiz. Yolg’iz. Ehtimol, psixologingiz border. Yoki yoningizda turadigan eng yaqin do’stingiz. Lekin yigirma to’rt soat davomida siz miyangiz ichida doim yolg’izsiz. Miyangiz sizga har xil signallar orqali qaysidir fikrni uqtirmoqchi bo’ladi. U sizni boshqarmoqchi bo’ladi. Har xil vaziyatlarga chorlaydi. Agar siz o’z miyangizni boshqara olmasangiz va aksincha miyangiz sizni boshqarsa, unda ahvolingiz tang. Siz miyangizga qayerga borishni va qay tarzda borishni xohlashingizni ayta olishingiz kerak. Miyangizni nazorat qila olishingiz lozim. Aks holda, siz uchun hammasi tugaydi. Men qanday qilib muvaffaqiyat qozonishni, natijaga erishishni bilmas edim. Qanday qilib? Qanday? O’shanda men biladigan yagona narsa – tinimsiz mehnat edi. O’sha paytlarda odamlar har qanday natijaga erishishning yagona yo’li tinimsiz mehnat qilishdir deb aytishardi. Qattiq ishla. Ko’proq ishla. Ammo men qanday qilib bunga erishish mumkinligini bilolmasdim. Harbiylikka o’tish imtihon testlarini o’qiyotib, nimanidir tushunmasam, shu joyda qotib qolardim. Qayta va qayta o’qirdim. Baribir tushunmasdim. Tag’in qayta o’qirdim. Ammo shunda ham tushunmasdim. Shundan so’ng, tushunmagan narsani yozib ola boshladim. Va shu yo’sinda o’rganishni boshladim. Tushundimki, yozib olish menga o’rganish uchun ko’proq yordam berarkan. Qayta va qayta yozardim. Va albatta, tushunib olardim.

Видео MIYANGIZNI MASHQ QILING- Hayotingizni O'ZGARTIRUVCHI 10 DAQIQA- David Goggins канала Nurli Media
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
19 марта 2022 г. 19:39:24
00:12:07
Яндекс.Метрика