Загрузка страницы

Bu YAGONA odat hayotingizni O'ZGARTIRADI! -o'zbekcha MOTIVATSIYA

Eng yangi audiokitob va zamonaviy, foydali videolarni birinchilardan bo'lib biz bilan kuzating!
Kanalga obuna bo'lish uchun ssilka: http://bit.ly/3av8PKH
The video was taken from the channel: @MitchManly
The link for the video: https://www.youtube.com/watch?v=5gwlUiVs7L8

Men siz bilan hayotingiz davomida o’rganishingiz eng muhim hisoblangan odat haqida aytib bermoqchiman va bu meditatsiya yoki ertalab vaqtli uyg’onish kabi mashg’ulotlar emas. Men aytmoqchi bo’lgan narsa haqida oldin birov gapirganini eshitmagan emasman. Va men sizga bu nima ekanligini ikki daqiqalik hikoyani baham ko'rish orqali aytib bermoqchiman. Bu Tom, va Tom o'ziga o’zi 2019 yil nihoyat hayotini o’zgartiradigan yil bo'lishini aytdi. Shunday qilib, 2018 yil Yangi yil arafasida Tom o’tirib olib, o'zining barcha yangi yil qarorlarini hamda jismoniy mashqlar, sog'lom ovqatlanish va erta turish kabi narsalarni yozib chiqadi. Va Tom bularning hammasini yozayotganda, juda hayajonladi va u o'zida paydo bo'ladigan barcha yangi energiyani oldindan his qila boshlaydi va hatto bularning hammasini bajarishni o'ylab, o'z o'zidan faxrlanadi ham. Shunday qilib, yangi yil keladi va Tom chindan ham kuchli bo’la boshlaydi, u mashq qiladi, ertalablari vaqtli turadi va tashqi tomondan yaxshi ko'rinishga ega bo’lib, o'zini yaxshi his qila boshlaydi. Ammo bir kuni, uzoq ish kunidan so'ng, u sport zaliga borishni uncha ham xushlamaydi. "Charchagan vaqtda mashq qilish yaxshi emas", deydi Tom o'ziga o'zi, va shu sababli uyiga borishga qaror qiladi. Va uyga kelganida, u katta idishdagi salatni yeyishni xohlamaydi. Buning o’rniga u kattakon burger yeyishni istaydi. Qolganini videoda ko'ring
Haqiqiy motivatsiya, ozbekcha motivatsiya, psixologik video, hayotingizni o'zgartiradigan video

Видео Bu YAGONA odat hayotingizni O'ZGARTIRADI! -o'zbekcha MOTIVATSIYA канала Nurli Media
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
31 октября 2020 г. 18:27:24
00:05:03
Яндекс.Метрика