Загрузка страницы

Ka'ba yopinchig'i. Hujjatli film - Xurshid Davron Kutubxonasi

Kaʼba (arab. الكعبة al-Kaʿbah) - kub shaklidagi bino boʻlib, Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidiningichida joylashgan. Masjid dastlabki Kaʼba atrofida bunyod etilgan. Kaʼba Islom olamida eng muqaddas joy hisoblanadi. Qibla, Musulmonlar namoz vaqtida yuzlanadigan joy Kaʼbadir. Musulmonlar tarafidan amalga oshiriladigan Haj va Umra Kaʼba atrofida amalga oshiriladi. Masjid Al Xaram masjidining maydoni Kaʻba bilan qoʻshib hisoblanganda 193 000 kv.m tashkil qiladi. Masjid bir vaqtning oʻzida 130 ming musulmonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Hadj ibodati mavsumining odamlar toʻplanib yuradigan vaqtida bir necha bor koʻngilsizliklar yuz bergan. Vaqt oʻtishi bilan ziyorat amallari kuchli tartib ostida qilinmoqda. Kaʻbaning bir burchagidan Qora tosh joy olgan. Haj amallari paytida Kaʻbaning atrofida Tavof amali bajariladi. Kaʻba butun dunyo musulmonlari uchun namoz vaqtida Qibla vazifasini oʻtaydi. Kaʻba 5 martadan 12 martagacha rekonstruksiya qilingan. Musulmon rivoyatlarida keltirilishicha Kaʻba Odam Alayhissalom tomonidan qurilgani aytiladi. Qurʻonda keltirilishicha esa Kaʻbaga Ibrohim Alayhissalom asos solganlar. Qurʻonda aytilishicha Kaʻba insoniyat tomonidan Alloh ga ibodat qilish uchun bunyod etilgan birinchi inshootdir. Kaʻbaga Bani Shaybaoilasi vakillari egalik qiladi va shu bilan birga barcha Kaʻba kalitlari ularda saqlanadi.

Kaʼba (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh.da. Baytul harom (Muqaddas uy), Baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.

K. Harom masjidi (qarang al-Masjid al-Harom)ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12x10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. K. burchaklari taxminan dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni (“qora burchak”) yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxminan 1,5 m balandda tokcha qilinib, “qora tosh” (arabcha “hajar al-asvod”) joylangan. U K.dagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. K.ga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib K. va hajga taallukli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. K.ga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. K. ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. K.ni tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, K.ni tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. “Qora tosh” yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.

Видео Ka'ba yopinchig'i. Hujjatli film - Xurshid Davron Kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
9 октября 2018 г. 21:34:38
00:27:13
Другие видео канала
Макканинг соати (ҳужжатли фильм)Макканинг соати (ҳужжатли фильм)Islom tarixi. 2 jildli. 1-bob. 2-fasldan. Ibrohim alayhissalom - Xurshid Davron kutubxonasiIslom tarixi. 2 jildli. 1-bob. 2-fasldan. Ibrohim alayhissalom - Xurshid Davron kutubxonasiHaj va umra qo'llanmasi 1/4Haj va umra qo'llanmasi 1/4Минтақа, Тожикистон: Alvido, Lenin -  Lenin's children BBC Uzbek, BBC News ва BBC Форс TV маҳсулотиМинтақа, Тожикистон: Alvido, Lenin - Lenin's children BBC Uzbek, BBC News ва BBC Форс TV маҳсулотиAzizxoja 1201 IXLOS SURASI FAZILATI VA JANNAT BASHORATI /Ихлос Сураси ва Жаннат башоратиAzizxoja 1201 IXLOS SURASI FAZILATI VA JANNAT BASHORATI /Ихлос Сураси ва Жаннат башоратиКабанинг тамири...Абдуллох домлаКабанинг тамири...Абдуллох домлаAsalarichilik. O'zbek asal va asalarichilik sohasi (FULL HD hujjatli film)Asalarichilik. O'zbek asal va asalarichilik sohasi (FULL HD hujjatli film)Ислом Каримовнинг Маккаи мукаррамага қилган Умра зиёратлариИслом Каримовнинг Маккаи мукаррамага қилган Умра зиёратлари"ПАРВОЗ ЗАВҚИ"ДА ГУЛЧЕҲРА ЖАМИЛОВА"ПАРВОЗ ЗАВҚИ"ДА ГУЛЧЕҲРА ЖАМИЛОВАAbdulloh Domla - Ibrohim alayhissalom 1/4 (Payg'ambarlar qissalari)Abdulloh Domla - Ibrohim alayhissalom 1/4 (Payg'ambarlar qissalari)"Hayot so'qmoqlari" - Bahodir Yo'ldoshev haqida film - Xurshid Davron kutubxonasi"Hayot so'qmoqlari" - Bahodir Yo'ldoshev haqida film - Xurshid Davron kutubxonasiКААБА ТАРИХИ. Охирги Пайғамбарнинг КелишиКААБА ТАРИХИ. Охирги Пайғамбарнинг КелишиFozil Qori - Adolat va odillik (Juma ma'ruzalari)Fozil Qori - Adolat va odillik (Juma ma'ruzalari)Krishan Chandar. Shahzoda yoxud  Ayol qalbi. Audiohikoya - Xurshid Davron kutubxonasiKrishan Chandar. Shahzoda yoxud Ayol qalbi. Audiohikoya - Xurshid Davron kutubxonasiTarixi Muhammadiy. Alixonto'ra Sog'uniy  asari. Audiokitob. 2-qism - Xurshid Davron kutubxonasiTarixi Muhammadiy. Alixonto'ra Sog'uniy asari. Audiokitob. 2-qism - Xurshid Davron kutubxonasiMasjidi harom | Qulaylik ortidagi sirlar | Ahmad ShuqayriyMasjidi harom | Qulaylik ortidagi sirlar | Ahmad ShuqayriyЯНГИ ВИДЕО / ИСЛОМ КАРИМОВ УМРА ЗИЁРАТИГА БОРГАН ВИДЕОСИ!ЯНГИ ВИДЕО / ИСЛОМ КАРИМОВ УМРА ЗИЁРАТИГА БОРГАН ВИДЕОСИ!Абдуллоҳ Зуфар ҳақида шубҳада юрганларга етказинг | Abdulloh Zufar haqida shubhada yurganlar uchunАбдуллоҳ Зуфар ҳақида шубҳада юрганларга етказинг | Abdulloh Zufar haqida shubhada yurganlar uchunMakka tarixi   |  Макка тарихиMakka tarixi | Макка тарихиUchinchi daryo. Otajon Xudoyshukurov haqida  film - Xurshid Davron kutubxonasiUchinchi daryo. Otajon Xudoyshukurov haqida film - Xurshid Davron kutubxonasi
Яндекс.Метрика