Загрузка страницы

Islom tarixi. 2 jildli. 1-bob. 2-fasldan. Ibrohim alayhissalom - Xurshid Davron kutubxonasi

Shayx‏ ‏Muhammad‏ ‏Sodiq‏ ‏Muhammad‏ ‏Yusufining ‏2 jildli ‏“Islom tarixi” ‏ ‏asari‏ ‏Islom‏ ‏tarixining‏ ‏muxtasar‏ ‏bayoni‏ ‏boʻlib,‎‏ ‏‏ ‏hazratning‏ ‏soʻnggi‏ ‏kitoblaridan‏ ‏biridir‏.‏

Ushbu videoda asarning birinchi bob ikkiinchi fasllida keltirilgan Ibrohim alayhissalom haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.

Iroq tarafga borib, qaror topgan odamlar jamoasi Shinʼor nomli pasttekislikka joylashdi. U yerda ularning hayoti yaxshilandi. Qadrlari baland, darajalari yuqori boʻldi va “sumariylar” degan nom bilan tanildilar. Ular asosan ziroatchilik bilan shugʻullanishdi, toʻgʻonlar qurishdi. Ularning yaqinidagi yerlarga boshqa bir qavm ham joylashib, koʻpaya boshladi. Ularga poytaxt boʻlgan shaharning nomi Akkod boʻlib, keyinchalik bu qavm “akkodiylar” degan nom bilan tanildi.

Ulardan baʼzilari mazkur joyning sharqiy tarafidagi tepaliklarga koʻchib oʻtishdi va Susa degan shaharni barpo etishdi. Bu xalq tarixda “iylomiylar” nomi bilan maʼlum va mashhur boʻldi.

Keyinchalik sumariylar mintaqada eng kuchli davlatga aylandi. Ularning eng mashhur podshohlaridan biri Sarjun ismli odam boʻlgan. Mashhur shaharlaridan biri esa Ur deb nomlangan. Haykallarga va yulduzlarga ibodat qiluvchi mazkur kishilar uzoq yillar zalolatda qolib ketishdi.

Vaqti-soati yetganda, Alloh taolo ularga Ibrohim alayhissalomni paygʻambar qilib yubordi. U kishi Ur shahrining qavmidan edilar.

Ibrohim alayhissalom oʻz qavmlari – Iroq kaldoniylari orasida oʻsib-ulgʻaydilar. Alloh taolo u zotning qalblarini hidoyat nuri ila munavvar qilgan edi. Shu bois oʻsib-ulgʻayganlari sari Ibrohim alayhissalomning bu nomaʼqulchiliklarga nisbatan noroziliklari ham kuchayib bordi. Aqlini tanigach, otasining ham, qavmi va boshqa yaqinlarining ham toshdan, yogʻochdan oʻzlari yoʻnib-oʻyib ishlab olgan but-sanamlarga sigʻinayotganlariga guvoh boʻldilar.

Ibrohim alayhissalom sof qalbi va ongi ila bu ish notoʻgʻri ekani, jonsiz tosh yoki quruq yogʻoch odamlar tomonidan biroz ishlov berilgani bilan xudoga aylanib qolmasligini tushunib yetdilar. Oʻzi jonsiz boʻlgan narsa oʻzgalarga qanday qilib jon ato qila olsin?! Oʻzi aqlsiz narsa qanday qilib oʻzgalarga aql bera olsin?! Oʻzidan zararni qaytara olmaydigan narsa qanday qilib oʻzgalardan zararni daf etsin?!

Vaqti-soati yetgach, Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni paygʻambarlikka tanlab oldi. Uzoq tayyorgarliklardan soʻng u kishi shirkka qarshi kurashga qatʼiy bel bogʻladilar. Bu ishni u zot avval oʻz oilalaridan boshladilar.

Ibrohim alayhissalom birinchi navbatda mushrik otalarini shirkni tark etishga daʼvat qildilar.

Видео Islom tarixi. 2 jildli. 1-bob. 2-fasldan. Ibrohim alayhissalom - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
12 марта 2019 г. 7:30:00
00:26:37
Яндекс.Метрика