Загрузка страницы

"Hayot so'qmoqlari" - Bahodir Yo'ldoshev haqida film - Xurshid Davron kutubxonasi

Atoqli teatr rejissyori Bahodir Yo'ldoshev 1945 yilda Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shahrida san'atkorlar oilasida tug'ilgan. U 1970 yilda Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatadi. 1970--1971 yillarda armiya safida xizmat qiladi. 1971--1974 yillarda Hamza nomidagi O'zbek akademik drama teatrida rejissyor, 1974--1984 yillarda bosh rejissyor bo'lib xizmat qiladi.

O'zbek teatriga yangiliklar kiritish, uni yanada yuksaltirish niyati bilan ish boshlagan Bahodir Yo'ldoshev Shillerning "Qaroqchilar", L.Tolstoyning «Tirik murda», Uyg'unning «Abu Ali ibn Sino», «Beruniy», «Zebunniso», S.Ahmadning «Kelinlar qo'zg'oloni», P.Qodirovning «Yulduzli tunlar» asarlarini sahnaga qo'yib,
madaniy jamoatchilik nazariga tushdi.

B.Yo'ldoshev 1984 yildan boshlab Abror Hidoyatov nomli O'zbek Davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu teatrda u «Maysaraning ishi», «Farmonbibi arazladi», «Paranji sirlari», "Qora kamar", «Ziyofat», «Iskandar», «Firidun», «Nodirabegim», «Ipak yo'li» kabi asarlarni sahnalashtiradi. Bu spektakllar matbuotda ijobiy baholanib, ularning ko'pchiligi Xalqaro va O'zbekistan teatr festivallarining mukofotlari bilan taqdirlandi.

Видео "Hayot so'qmoqlari" - Bahodir Yo'ldoshev haqida film - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
7 сентября 2014 г. 17:00:11
00:35:57
Яндекс.Метрика