Загрузка страницы

20-Тоҳо (Toha surasi)

Makkada nozil bo'lgan bu sura bir yuz o'ttiz besh oyatdir.
Bu sura Muhammad alayhis-salomga xitob qilish bilan boshlanib, u zotga bor mavjudotning Hojasi tomonidan ingan Quroni Karimning Allohdan qo'rqadigan kishilar uchun bir pand-nasihat ekani va Yaratganning eng maxfiy narsalardan ham ogoh bo'lgan zot ekanligi bayon qilinadi. Bu surada Alloh taolo O'zining so'nggi payg'ambariga undan avval o'tgan salaflari uchun ham Haq yo'liga da'vat qilish oson bo'lmaganini eslatib, suraning asosini tashkil etadigan Muso va Horun payg'ambarlarning qissasini batafsil bayon qiladi. Unda Muso alayhis-salomning qay holatda payg'ambar bo'lganlari va u zotga Tangri taolo tomonidan qanday mo''jizalar ato etilgani; Muso bilan zolim Fir'avn o'rtasidagi mujodala; Muso bilan sehrgarlar o'rtasida bo'lib o'tgan muboraza-musobaqa; nihoyat Fir'avn va uning lashkarlari qanday halok bo'lganlari va boshqa voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi.
Yana bu surada barcha jonzot hisob-kitob uchun jamlanadigan qiyomat kunida ovozlar ham Rahmonga ta'zim qilishlari va faqat pichirlashlargina quloqqa chalinishi kabi qiyomat manzaralari ham tasvirlab o'tiladi hamda Haq yo'lidan toymagan kishilar o'zlariga va'da qilingan jannatlarga kiritilib, kofirlar esa jahannamga tashlanishlari haqida xabar beriladi. Sura payg'ambar alayhis-salomga ayrim ilohiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatish bilan nihoyalanadi.
Bu suraning nima sababdan «Toha» deb nomlangani xususida turli rivoyatlar mavjuddir. Ularning aksarisida «Toha» — payg'ambar alayhis-salomning ismlaridan biridir, deyiladi.

Видео 20-Тоҳо (Toha surasi) канала islomtv
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
3 января 2011 г. 12:37:00
00:22:42
Яндекс.Метрика