Загрузка страницы

Og’izda erib ketuvchi “Gusinie lapki”

Assalam alaykum silaga bu yil trend bogan Gusinie lapkini eng zo’r retsepti bilan keldim❤️

Retsept:
200 gr muzdek sariyog’
200 gr qaymoq
1 choy qoshiq razrixlitel
1 chimdim tuz
3 ta tuxum sarig’i
3-3,5 piyola un

Sgushonniy malako

Beze:
3 tuxum oqi
200 gr shakar
Yong’oq

Tayyorlanishi:
Sariyog’ bilan 2 piyola unni kroshka qivolib ustiga razixlitel,tuz solib bitta aralashtirib ustiga qaymoq,tuxum sarig’ini,unni solib yumshoq qo’lga yopishmidigan hamr qilamiz,yarim yoki 1 soatga holodilnikga qo’yib tindiramiz va bezegini tayyorlab olamiz.
Tuxum oqi+shakarni mikserni baland abarotida oppoq,qattiq massa bo’guncha ko’pirtirib ustiga hohishga ko’ra yong’oq solib lapatka yordamida sekin astalik bilan tegi bilan aralashtirib olamiz.
Tingan hamirni yong’oqdek zuvalalaga bo’lib (har bir zuvala taxminan 23-24 gr) juvada dumaloq qilib yoyib (o’rtasini qalinroq chetlari yupqaroq bo’sa yanayam yaxshi) bezeni solilib ko’rsatilgandek shakl berib olamiz va qizigan duhofkada 180C da 25-30 minutda pushirib olamiz .
Pishib chiqqanidan keyin azgina sovutib ustiga sgushonniy malokoni surib hohlaganimizcha bezatib olamiz.
Yoqimli ishtahalar😍

Видео Og’izda erib ketuvchi “Gusinie lapki” канала amisha cooking
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
9 июля 2023 г. 21:34:18
00:00:57
Яндекс.Метрика