Загрузка страницы

Sabina Ablyaskina - Gravity

Sabina Ablyaskina - Gravity
Ilk bor Sabina Ablyaskinani "Zo‘r TV" telekanali orqali "Stand up Show" ko‘rsatuvida ko‘rdim. Sahnada yangragan "Gravity" ("Tortishish kuchi") taronasi hech bir qo‘shiqga, hatto shu janrdagi boshqa qo‘shiqlarga ham o‘xshamaydi. Sokin tarona sehrli va jozibali musiqa...

Kuchli mahorat va nafis ehtirosni o‘zida jo etgan Toshkentning "Eve" guruhi Sabina Ablyaskina (vokal, qo‘shiq matni) va Stepan Varlamov (gitara, aranjirovka) hamkorligida tashkil etilgan. Guruh nafaqat O‘zbekistonda balki, Qozog‘iston va Rossiyada ijod qiladi, ham gastrollar uyushtiradi. Ko‘pchilik qo‘shiqlar ingliz, rus tillarida va jazz, rok, folk janrida. Guruhning o‘nlab turli janrlardagi o‘z qo‘shiqlari va koverlari bor.
"Gravity" sehrli taronasi Stepan Varlamov bilan Sabinaning ilk ijodiy ishi bo‘lib, bugunga kelib esa guruh hamkorlikda o‘nlab qo‘shiqlar yaratgan. Ularning ijodiy ishlari videohostinglarda iliq kutib olinib, ming marotabalab tomosha qilingan.

Shu yilning iyun oyida "Eve" yangi "Virus" nomli taronani taqdim etdi. Nostandart nom, nostandart qo‘shiq ham Sabina Ablyaskina va Stepan Varlamov bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Guruh so‘nggi marotaba aprel oyida Sankt-Peterburgdagi kichik restoranlarda chiqish qildi. Jonli ijroda yangragan jazz taronalarni eshitgan sankt-peterburglik do‘stim Sabinaning ovozidan, musiqaning jozibaligidan hayratga tushdi va menga konsertdan olingan bir nechta video roliklarni jo‘natdi. Men undan ko‘proq hayratga tushdim.

Guruhning "Bright Star" (Juli bilan), "Hey Lo", "Vo Sne", "Edel", "Inner Voices", "Amnesia", va "Nikomu ne govori" kabi qo‘shiqlari musiqa shaydolarini o‘ziga rom etadi.

"Korrespondent O‘zbekiston" yaqin kunlarda guruh a'zolari bilan intervyu tashkil etish va guruhning ijodiy faoliyati haqida to‘liq ma'lumot berish niyatida. Bizni kuzatib boring!

Видео Sabina Ablyaskina - Gravity канала Korrespondent Uzbekistan
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
9 июля 2018 г. 17:13:39
00:01:02
Яндекс.Метрика