Загрузка страницы

Tank biatloni endi – O‘zbekistonda

Toshkent viloyati harbiy-ma’muriy sektori va Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligi ostida “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishga mo‘ljallangan va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan maxsus maydon barpo etildi. Yurtimizda ilk bor tank biatlonini o‘tkazishga mo‘ljallangan mazkur inshoot tank, piyodalar va desantchilar jangovar mashinalari hamda zirhli transportyorlarda sun’iy hovuz, minalashtirilgan va manyovr bajarish maydoni, tankka qarshi chuqur, qo‘rg‘on, eskarp (tankka qarshi devor), kolleyali ko‘prik maketi va otish maydonchasi kabilardan o‘tishlari uchun mo‘ljallangan to‘siqlardan iborat.

Maxsus tank yo‘lagining umumiy uzunligi 4200 metr bo‘lib, xalqaro miqyosda o‘tkaziluvchi tank biatloni maydonlari talablariga javob beradi. “Mashqurilishinvest” MChJ tomonidan bunyod etilgan maydonda musobaqalarni kuzatish uchun 3 qavatli 12 metr balandlikdagi minora, harbiy texnika va shaxsiy tarkibning paradini o‘tkazish uchun uzunligi 600 va eni 20 metrli saf maydoni mavjud.

Видео Tank biatloni endi – O‘zbekistonda канала Korrespondent Uzbekistan
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
7 мая 2018 г. 15:19:36
00:01:24
Яндекс.Метрика