Загрузка страницы

E’ng Mazali Resept - NAPOLEON bunaqasini yeb ko’rmagansiz 😊

Napoleon 🇺🇿
- 2 ta tuxum
- 90 ml suv
- 0.5 tuz
- 4 – 4.5 stakan un (stakan xajmi 240 ml)
- 350g sariyog’ yoki yaxshi margarin
Krem
- 300g sariyog '
- 600g quyultirilgan sut
Vanilin
Stakanga muzdek suv quyiladi, tuxum chaqib solinadi va tuz qo’shib sanchqichda ko’pirtiriladi. Idishga 2 stakan unni e’lab, ustidan tuxumli suvni quyiladi va qo’lga yopishadigan (tuxumli xamir) qoriladi. 👆Agar qo’lga juda ham yopishsa ozgina un qo’shiladi. Agar qo’lga yopishmasa xavotir olmang. Xamir qattiqroq bo’lib qolgan bo’lsa, ozgina suv qo’shishingiz mumkin. Xamir ustini selofan bilan yopib, xona xaroratida qoldiriladi. Aloxida idishga 1.5 stakan unni e’lab, ustiga muzdek sariyog’ni qirgichdan chiqarib qo’lda tezda ishqalanadi. Bu sariyog’li xamir bo’ladi. Doskani yaxshilab unlab, ustiga sariyog’li xamir qo’yiladi va to’rtburchak shakl berib, ustini selofan bilan yopib, sovurgichga 20 daqiqaga qo’yiladi. Tuxumli xamir e’sa xona xaroratida qoldiriladi. Sovutgichdan sariyog’li xamirni olinadi. Stol ustiga yaxshilab un sepib, xamir qo’yiladi. O’qlovni ham unlab, xamirni videodagidek dumaloq yoki to’rtburchak qilib yoyiladi. Yaxshilab unlanmasa xamir yopishadi. O’rtasiga tuxumli xamirni qo’yib ozgina yoyvoriladi va sariyog’li xamir bilan usti yopiladi. Xamir ustini yana unlab, to’rtburchak qilib yoyiladi. Katta qilib yoyish shart e’mas. Kitob shaklidek 2 ga buklanadi va yana buklanadi. Doskani unlab, xamir qo’yib, sovutgichga 20 daqiqaga qo’yiladi. Bu jarayon 3 marta qaytariladi – yoyish, ikki buklash va sovutgichga 10 daqiqaga qo’yish. Xar safar xamir o’zgarib boraveradi, mayin va elastic xolatga keladi. ☝️ E’slatib o’taman, katta to’rtburchak yoyishingiz shart e’mas. Tayyor bo’lgan xamirni 6 bo’lakka bo’linadi. Xamirni oson yoyilishi uchun sizga silikon gilamcha yoki pergament qog’oz kerak bo’ladi. Xar bir xamir bo’lagini yupqa dumaloq yoki to’rtburchak shaklda yoyib (men 35x30 smli) qilib yoydim va sanchiq bilan bir nechta joyini 5-7 sm oraliqda teshib olinadi. Agar sanchqichda tehsilmasa xamir juda xam ishib ketadi. Agar teshiklar ko’p bo’lib ketsa ishmay qolishi mumkin. Xar bir korjni, oldindan 250*C daqaja qizdirilgan pechda 3-4 daqiqa qizarguncha pishiriladi. 👆 Korjlarni pishirayotganingizda xushyor bo’ling, kuyib ketmasin. Korjlar tez pishadi. Sloyonniy xamir yaxshi chiqishi uchun baland olovda pishirish kerak. Past olovda yog’i chiqib ketadi. Korjlar pishib chiqqach, chetlarini to’g’irlab kesib olinadi. Chetidan chiqqan korjlarni mayda urvoq qilinadi.
Krem; Xona xaroratida yumshagan sariyog’ni mikserda yaxshilab oppoq bo’lguncha ko’pirtiriladi. Mikserni to’xtatmasdan oz – ozdan xona xaroratida turgan quyultirilgan sut qo’shib ko’pirtirishda davom e’tiladi va oxirida vanillin solinadi. Yaxshilab mikserlanadi. Krem tayyor! Sovugan birinchi korjni birinchi korjni qo’yib, ustiga krem surtiladi. Korj chetlari qolib ketmasin, bo’lmasa quruq bo’lib qolishi mumkin. Qolganlariga ham kremdan surtib, ustma – ust teriladi. Korjlarni ustma – ust terayotganingizda ustini bosish shart e’mas. Faqatgina e’ng ustidagi korjni bosishingiz mumkin. Oxirgi korjni ustiga va chetlariga krem surtib, qolgan urvoqlar sepiladi. Tortni xoxishga qarab bezatishingiz mumkin. Men tortni ustidagi gul va barglarni chetidan ortgan xamirlarga shakl berib, pishirib oldim va bezatdim. Tortni 2 saotga sovutgichga qo’yiladi.

Наполеон 🇷🇺
- 2 яйца
- 90 мл воды
- 0.5 чайной ложки соли
- 4 – 4.5 стакана муки (объем стакана 240 мл)
- 350 г сливочного масла или хорошего маргарина
Крем
- 300 г сливочного масла
- 600 г сгущённого молока
ванилин

Видео E’ng Mazali Resept - NAPOLEON bunaqasini yeb ko’rmagansiz 😊 канала LAZZAT OSHXONASI
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
8 мая 2020 г. 0:24:35
00:05:57
Яндекс.Метрика