Загрузка страницы

Rahmatjon Qurbonov xotirasiga bag'ishlov - Xurshid Davron kutubxonasi

Ўзбек мумтоз қўшиқчилигининг атоқли вакили, хоразмлик хонанда, “Довудий овоз соҳиби” Раҳматжон Қурбонов вафот этди. Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун!

Раҳматжон Қурбонов 1959 йилда Хива шаҳрида таваллуд топган. Хонанданинг фидойи меҳнатлари Давлатимиз томонидан муносиб тақдирланиб, “Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист”, “Қорақалпоғистон Республикасида хизмат кўрсатган артист” фахрий унвонлари ҳамда “Меҳнат шухрати” орденига сазовор бўлган.

У “Лазги” ансамблига раҳбарлик қилган. Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист Раҳматжон Қурбонов бир неча рисолалар, китоблар, ўқув қўлланмаларнинг муаллифи ҳамдир.

Musiqiy dastur Rahmatjon Qurbonovning 60 yoshga to'lishiga bag'ishlab "8TV" kanali tomonidan tayyorlangan.

Rahmatjon Qurbonov Xorazm vohasining farzandi. U 1959 yil 20 sentyabrda Xorazm viloyatining Xiva shahrida tavallud topgan. O’rta maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq: “Men katta bo’lsam, albatta, ulug’ ustozlarga o’xshagan san’atkor bo’laman. Va xalqimizning yaxshi kunlarida, to’yu tomoshalarida o’zimning san’atim bilan xizmat qilamat”, deb niyat qilib qo’ygan. Yaxshi niyat yarim davlat degan naqlga asosan, Rahmatjon Xivadagi Matyoqub Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtida ham o’qib san’atdagi ijodining ilk davrini boshladi. 1977 yilda Toshkentga kelib, Konservatoriyaning “Sharq” kafedrasi “Vokal hamda maqom” bo’limiga kirib o’qidi. Ulug’ ustozlar, O’zbekiston xalq artistlari Nasim Hoshimov, Halima Nosirova, Saodat Qobulovalardan ta’lim oldi va ularning sevimli shogirdlari qatoridan joy oldi. O’qishni imtiyozli diplom bilan bitirib, o’zi o’qigan dargohda bir necha shogirdlarga san’at sirlari, qo’shiq ijro etish va o’zbek maqomlarining sir-asrorlarini o’rgatish bo’yicha ta’lim bera boshladi. Shular qatorida shogirdlaridan Mashrabjon Ermatov, Erkin Ro’zimatov, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Yulduz Usmonova, Abdulhay Karimov kabi ko’plab san’atkorlar bugungi kunda xalq artisti, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar bo’lib, elimizga o’zining san’ati bilan xizmat qilib, o’z o’rniga ega, xalq ardog’idagi san’atkorlardir.

Видео Rahmatjon Qurbonov xotirasiga bag'ishlov - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
17 января 2021 г. 22:06:31
00:45:23
Яндекс.Метрика