Загрузка страницы

Muhiddin Darvesh hangomalari - Xurshid Davron kutubxonasi

Muhiddin qiziq Darveshov hangomalari . U haqda sahifamizda "Muhiddin Darveshev va qirq qiziqchi" filmini tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=9D5WyqI9qtQ&t=65s

Muhiddin qiziq Darveshov (1938.26.2 — Buvayda tumani — 1995.25.9) — qiziqchi. Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1959). Tesha qiziq Komilov va Oxunjon qiziq Huzurjonovlarga ergashib, "Sartarosh", "Samolyot", "Ichkilikning oqibati"; "Ashulachining kaltak yeyishi" kulki-xikoyalarni ijro etgan. Hayotiy voqealar asosida oʻzi mustaqil kulkihikoya, latifa va hangomalar toʻqib ijro etgan. Muhiddin qiziq Darveshov repertuari ni-hoyatda boy boʻlib, u garchi asosan kulki-hikoya, latifa va hangoma janrlarida ijod qilgan boʻlsada, oʻz chiqishlarida ularni birbiriga bogʻlab namoyish etishi tufayli quyidagi dastur-turkumlar yaratgan: 1) oʻz hayoti hamda ustoz qiziqlar hayotidan olingan hangomalarni hikoya qilish; 2) ustoz qiziqlar hayotidan olingan kulkihikoya va latifalarni ijro etish; 3) Abdurayim dovdir va Mamarayim erkak sarguzashtlari; 4) hayotiy voqealardan soʻzlash, latifalar aytish. Har bir turkum qahramoni qiyofasiga bir zumda kira olish, soʻzlarni salmoklab, chertib-chertib aytish, koʻzlari, qoshlarini oʻynatib, qoʻllarni harakatga keltirish, lahzalarda boʻlsada, hikoyada soʻz borayotgan turli qiyofalarda gavdalanish, har safar ajib bir tomosha yaratish Muhiddin qiziq Darveshov ijodiga xos. "Telefon", "Futbol", "Shaxmat", "Bedana" payrovlarida tortishgan. Askiyani voqeaband qilib qurishga usta boʻlgan ("Kelinkuyov", "Shifokor va bemor" payrovlari). 1986 yilda Buvayda tumani madaniyat uyi qoshida "Qahqaxa" guruhini tashkil etgan. 1967 yil xalq ijodiyoti koʻrigi, 1984, 1986, 1988 yillarda askiyachi va qiziqchilarning respublika koʻriktanlovining gʻolibi. Qiziqchilardan Rustam Hamroqulov, Hojiboy Tojiboyev, Bahodir Shokirov, Abdulla Akbarov, Abdurahmon Siddiqovlar Muhiddin qiziq Darveshovning shogirdlaridir.

Видео Muhiddin Darvesh hangomalari - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
3 января 2020 г. 10:00:09
01:37:00
Яндекс.Метрика