Загрузка страницы

HOKIM, YOSHLAR VA NARPAYLIK IJODKORLAR

Tuman hokimi 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida iqtidorli yoshlar hamda Narpaylik ijodkorlar bilan uchrashdi.

Dastavval, tuman hokimi "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan Iroda Safoyevani g‘oliblik bilan qutlab, unga 100 dona kitob sovg‘a qildi.

Shundan so‘ng hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Maktabimga kitob sovg‘a qilaman" aksiyasi doirasida tumandoshlarimizdan yig‘ilgan 8000 ta kitob xalq taʼlimi bo‘limi mudiriga tantanali tarzda topshirildi.

Narpaylik ijodkorlar bilan suhbatda esa tuman rahbari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini takomillashtirishda ijod ahlini o‘rni haqida alohida to‘xtaldi.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Xayriddir Begmatov, Yaxshigul Xidirova, O‘lmas Samarqandiy(Paxtachi tumani) va boshqa shoirlar o‘z ijod yo‘llari xususida so‘z yuritdilar.

O‘quvchi yoshlar ham ilk mashg‘ulotlari namunalaridan o‘qib, ijodiy uchrashuvlarning ahamiyati va boshqa takliflarni o‘rtaga tashlashdi.

Видео HOKIM, YOSHLAR VA NARPAYLIK IJODKORLAR канала Narpay tumani hokimligi axborot xizmati
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
17 марта 2023 г. 16:53:47
00:02:29
Яндекс.Метрика