Загрузка страницы

MORKENTLIKLARNING YARIM ASRLIK ORZULARI RO‘YOBI

Uzoq yillardan buyon ko‘pchilikni qiynab kelayotgan muammoga ham barham berildi.

Turon mahallasi hududidagi 39-umumtaʼlim maktabiga olib boruvchi yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mazkur yo‘lning 2 kilometr 400 metr qismini asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, yo‘l taʼmiriga 1 milliard 228 million so‘m pul mablag‘lari yo‘naltirilgan.

Bu yo‘l asfalt bo‘lishining yana bir quvonarli jihati shundaki, ushbu yo‘l mahallaning Morkent qishlog‘iga olib boruvchi va undan chiquvchi asosiy yo‘l sanaladi.

Bu esa mahalla ahliga ayniqsa, ushbu bilim dargohiga ilm istab keladigan o‘quvchilar uchun qulaylik yaratadi.

Bundan tashqari, ushbu yo‘l yoqasiga yangi beton ustunlar o‘rnatilib, elektr energiyasi tortildi. Qisqa muddatda tungi yoritgichlar ham o‘rnatiladi.

Видео MORKENTLIKLARNING YARIM ASRLIK ORZULARI RO‘YOBI канала Narpay tumani hokimligi axborot xizmati
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
7 июля 2023 г. 20:27:20
00:01:58
Яндекс.Метрика