Загрузка страницы

Rabiul avval oyi 2023 fazilatlari haqida

Salovat aytish duosi: https://www.youtube.com/watch?v=lfv3yJuZQAE

Salovat aytish duosi: https://www.youtube.com/watch?v=rgP0fv3vGWM

Duodan avval aytiladiga hamd va salovat: https://www.youtube.com/watch?v=kIuOL_SPyFE

Robi’ul avval oyi qanday oy?
Hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha yilning (Muharram va safar oylaridan keyingi) uchinchi oyi. Bu oy Islom ummati uchun eng sevimli oylardan biri sanaladi. Chunki bu oyda Allohning so‘nggi payg‘ambari va habibi, Sarvari koinot Muhammad alayhissalom tavallud topganlar. Shu bois bu oy “Mavlid oyi” deb ham nomlanadi.

Mavlid nima degani?
Mavlid lug‘atda “tug‘ilish” degan ma’noni anglatadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy Rabi’ul avval oyi munosabati o‘tkaziladigan marosim va tadbirlar “Mavlidi Nabiy” deyiladi.

Mavlid oyi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yanada qattiqroq sevishga intilish, siyratlarini o‘rganish, u zotga har bir ishda ergashish, yanada ko‘proq salavotu durudlar yo‘llash oyidir.

Bu oyni qanday o‘tkazish kerak?
Bu oyni Payg‘ambar alayhissalomni yanada kuchliroq sevishga intilish, siyratlarini o‘rganish, u zotga har bir ishda ergashish, ko‘proq salavotu durudlar yo‘llash bilan o‘tkazish lozim.

Salavot nima degani?
“Salavot” so‘zi arab tilidagi “salot” so‘zining jami bo‘lib, “duo” degan ma’noni anglatadi.

Salavot qanday aytiladi?
Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Yo Rasululloh sizga salavot aytish qanday bo‘ladi?” deb so‘raganlarida U zot alayhissalom: “Allohumma solli a’la Muhammadin va a’la aali Muhammadin, kama sollayta a’la Ibrohiyma va a’la aali Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik a’la Muhammadin va a’la aali Muhammadin, kama barokta a’la Ibrohiyma va a’la aali Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd”, deb aytinglar, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Salavot aytishning qanday fazilatlari bor?
Salavot aytish baxillikdan uzoq qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Huzurida zikr qilinsam, menga salavot yo‘llamagan kishi baxildir”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

Salavot aytish duo qabul bo‘lishining omilidir!
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir duo Payg‘ambarga salavot aytilmaguncha, osmon o‘rtasidagi parda tufayli yerda to‘xtab turadi, salavot aytilsa, o‘sha parda ko‘tariladi”, dedilar.

Видео Rabiul avval oyi 2023 fazilatlari haqida канала ZIKRULLOH TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
16 сентября 2023 г. 10:40:17
00:10:10
Яндекс.Метрика