Загрузка страницы

RAMAZON HAYITI 2024 I QANDAY O'QILADI

Biz hayit bayrami deb atayotgan bayram arab tilida “iyd” ya’ni “qaytish”, “takror kelish” ma’nolarini anglatadi. Bu bayram qayta-qayta kelgani uchun mazkur nom bilan atalgan. Ba’zi ulamolar: “Bu bayram insonlarga ularning qiyinchilik va g‘am tashvishlariga qaramasdan har yili ularga xursandchilik va shodlik bilan qayta-qayta kelgani uchun “iyd” deb nomlangan, deganlar.

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor:

Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;
Iyd ul-azho. Bu bayram har yili Zulhijja oyining o‘ninchi kuni nishonlanadi;
Haftalik bayram. Har haftaning juma kuni musulmonlar uchun bayram hisoblanadi.
Ikki hayit bayrami kunlari haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Ularning (Madinaliklarning) o‘ynab hordiq chiqaradigan ikki kunlari bor edi. U zot alayhissalom: “Bu ikki kun qanday kun”, dedilar. Madinaliklar: “Biz johiliyatda bu ikki kunda o‘ynab hordiq chiqarar edik”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Alloh taolo sizlarni bu ikkisidan yaxshiroq kunlarga almashtirdi, iydul azho va iydul fitr”,dedilar”. (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).

Ushbu ikki hayit bayrami Islomning ikki ulug‘ ruknlari ortidan keladi. Ulardan biri Ramazon ro‘zasi tugaganidan so‘ng, ikkinchisi hajdan keyin ya’ni hojilar Arafotda turganlaridan so‘ng nishonlanadi.

Hayit bayramlari barcha musulmonlar shodlik va xursandchilik izhor qiladigan kunlar hisoblanadi. Bu kunlarda mo‘minlar Alloh taologa bergan son-sanoqsiz ne’matlari uchun, shukrona sifatida sadaqai fitrlarni beradilar, qurbonlik qiladilar takbir aytadilar, hayit namozlarini ado etadilar. Hayit bayrami kunlari ibodat va shukrona kunlari, xursandchilik va shodlik kunlaridir. Shunga ko‘ra bu kunlar dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangan ulug‘ kunlar hisoblanadi.

Ulamolar juma namozini ado etish farz bo‘lgan kishilarga hayit namozlarini ado etish vojib bo‘ladi, deganlar.

Hayit namozlari qo‘yosh bir yo ikki nayza bo‘yi ko‘tarilgandan so‘ng o‘qiladi.

Hayit namoziga chiqishda g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqiladi. Bu haqida hadisi sharifda quyidagicha xabar berilgan:

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayiti kunida va Qurbon hayiti kunida (albatta) g‘usl qilar edilar” (Imom Ibn Moja rivoyati).

Shuningdek hayit namoziga chiqishda yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqiladi.

Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab sanaladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shodu-xurramligini namoyon qilish bo‘ladi. Bunga imkoni yo‘qlar eng yaxshi toza-ozoda kiyimlarini kiyib chiqadilar.

Hanafiy mazhabiga ko‘ra “iydu fitr” kuni tongi otishi bilan “sadaqai fitr”ni berish vojib bo‘ladi. Ammo undan oldin Ramazonning avvalgi kunlarida berish ham joiz hisoblanadi. “Sadaqai fitr”ni berish tufayli kambag‘allarning xonadonlariga ham xursandchilik ulashilgan bo‘ladi. Bunga quyidagi hadisda dalil bor:

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini insonlar namozga chiqishlaridan oldin ado etilishiga amr qilganlar” (Imom Muslim rivoyati).

Ramazon hayiti bayramida namozgohga chiqish oldidan biror shirinlik tanovul qilish sunnat hisoblanadi. Bu haqida hadisi sharifda bunday xabar berilgan:

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) bir nechta xurmo yemasdan (namozgohga) chiqmasdilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi o‘laroq to hayit namozini ado etilgunicha taomlanmaslik sunnat bo‘ladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam fitr kunida taomlangunlaricha (fitr namoziga) chiqmasdilar va qurbonlik kunida namoz o‘qigunlaricha taomlanmasdilar”. (Imom Termiziy rivoyat qilgan).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti kunida namozgohdan qaytganlaridan so‘ng qurbonlik qilib, dastlab uning go‘shtidan tanovul qilganlari rivoyat qilingan.

Agar biror uzr bo‘lmasa, hayit namoziga piyoda yurib borish ham sunnat hisoblanadi. Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz o‘qir edilar. So‘ngra boshqa yo‘ldan uyga qaytar edilar” (Imom Ibn Moja rivoyat qilgan).

Shunga ko‘ra biror kasallik, yoki uzoqlik yoki qoru-yomg‘ir singari biror uzr bo‘lmasa, namozgohga piyoda borish sunnat bo‘ladi.

Видео RAMAZON HAYITI 2024 I QANDAY O'QILADI канала ZIKRULLOH TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 апреля 2023 г. 9:49:13
00:14:09
Яндекс.Метрика