Загрузка страницы

Habiba Oxunova. "El sevgan san'atkorlar" turkumidan - Xurshid Davron Kutubxonasi

Oxunova Habiba Xoʻjanovna (1943.10.1, Asaka sh. - 1994.22.9, Namangan) — xonanda (lirik dramatik soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1975). Andijon (1959—63), Namangan (1963—94) teatrlarida ishlagan. Kumush (D.Fayziy, “Zarafshon qizi”), Layli, Shirin (Xurshid, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”), Guli (Uygʻun, I.Sulton, “Alisher Navoiy”), Gulsara (K.Yashin, “Gulsara”), Gulruh (A.Tursun, “Mashrab”), Halima (Gʻ.Zafariy, “Halima”), Raʼno (Yo.Mirzo, “Anvar ila Raʼno”), Dezdemona, Ofeliya (U. Shekspir, “Otello”, “Hamlet”), Barchinoy (S.Abdulla, “Alpomish”) kabi rollari b-n tanildi. Habiba Oxunova lirik-dramatik obrazlarning mohir ijrochisi boʻlib, uning ijodi qahramonning ruhiy holatini, alam va oʻkinch hislari, iztiroblarini tomoshabinga dramatik oʻrtanishlarda, chuqur insoniy dard b-n yetkazib berishi b-n ajralib turadi. Uning “Alla”, “Koʻngil”, “Koʻrmagan boʻlsam seni”, “Odob bilan”, “Koʻrkam Vatanim”, “Nay navosi”, “Oshnoliging”, “Barno yigit”, “Sabo bilan”, “Oʻzing”, “Nay deb” singari qoʻshiklari, “Ushshoq”, “Taronai bayot” maqom yoʻllari el orasida mashhur. “Gunoh” filmida ona rolini ijro etgan. Namangan sh. madaniyat saroyiga Habiba Oxunova nomi berilgan. Respublikada oʻtkaziladigan “Alla” tanlovi uning nomi b-n yuritiladi.

Видео Habiba Oxunova. "El sevgan san'atkorlar" turkumidan - Xurshid Davron Kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
7 октября 2018 г. 20:16:25
01:06:11
Яндекс.Метрика