Загрузка страницы

Kuyla, Sanobar! Musiqiy film. 1973 - Xurshid Davron ktubxonasi

Kuyla, Sanobar! Musiqiy film. O'zbektelefilm. 1973.
Ssenariy muallifi va rejisyor: Hojimurod Ibrohimov. Matnni taniqli suxandon Qodir Maxsumov o'qigan.

Cho‘pon qizi Sanobar Rahmonova bolalikdan dala-dasht, qir-adirlarda keng qanot yozib, ulg‘aydi. Otasining kasbi yuzasidan oila bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yashardi. Shu bois bu xonadon farzandlarining maktabi, sinfi va sinfdoshlari tez-tez o‘zgarib turardi. Shunday bo‘lsa-da, oila a’zolari tezda sharoitga moslashib ketardilar. Sanobar otasining “Alpinist” radiosi orqali berilayotgan taronalarni jon-qulog‘i bilan tinglardi. O‘sha paytlarda radiodan tez-tez efirga uzatiladigan “Alla”, “Nayning navosiga,” “O‘zbek qiziman”, “Uch dugona” qo‘shiqlarini yodlab olib, radio bilan baravar kuylardi. Uning ovozi kundan-kunga ochilib, qirlar osha, kengliklar osha uzoq-uzoqlarga yetib boradigan, tabiatning musaffo havosi-yu, nafis epkinlarida sozlanib, tiniqlashib boraverardi.
1973-yil 14 yoshli Sanobar Rahmonova Asaka shahrida uyushtirilgan hosil bayramida qatnashadi. Unda o‘sha paytdagi respublika rahbari Sharof Rashidovning o‘zlari ham ishtirok etadilar. Bayramda Sanobar bir juft qo‘shiq kuylab respublika rahbarlarining nazariga tushadi. Ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston televideniyesiga “Asakalik qizchaning qo‘shiqlarini film-konsert qilib xalqqa ko‘rsatsak” degan taklif beriladi. Televideniye rahbari Ubaydulla Burhonov bu vazifani shoir Anvar Isroilov hamda tajribali rejissor Hojimurod Ibragimovga topshiradi.

Film-konsertning suratga olinishi haqida batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida biz hozirgi kunda 80 yoshli boboga aylangan Hojimurod akani izlab topdik. Keling, “Kuyla, Sanobar!” filmi to‘g‘risidagi qiziqarli voqealarni faxriy rejissorning o‘zidan eshitsak:

– Bundan 45 yil avval, topshiriq olganimizdan so‘ng, shoir Anvar Isroilov bilan Andijonga yo‘l oldik. Asakaga borib Sanobar o‘qiydigan maktabning direktoriga uchrashdik. Maktab rahbari nima maqsadda kelganimizni eshitib xursand bo‘lib ketdi va atrofidagilarga Sanobarni chaqirib kelishlarini aytdi. Buni qarang, bizning xabarimizni eshitgan Sanobar hayajonlanganidan, maktabdan qochib ketibdi. Yosh-da, Toshkentdan, televizordan seni izlab kelishibdi, deyishsa cho‘chib ketgan. Direktorning topshirig‘i bilan qizni bir yarim soatda topib kelishdi. Lekin, qancha urinsak ham, hech ashula ayttirolmadik. Shunda musiqa o‘qituvchisi Nosirjon, Sanobarning tumandagi katta ustozi G‘ulomjon Ro‘ziboyevni aytib kelish kerak, deb qoldi. G‘ulomjon aka kelgach, ko‘plashib uni qo‘shiq kuylashga ko‘ndirishdi. Sanobar “Onajonlar, assalom” qo‘shig‘ini shunday chiroyli aytdiki, Anvar ikkimiz turgan joyimizda qotib qoldik. Qo‘shiqni tinglayotib “Bu film-konsert albatta suratga olinadi!” deb bir qarorga kelib bo‘lgandik. Shundan so‘ng hammamiz birgalikda Sanobarlarning uyiga yo‘l oldik. Onasi va xolasi uyda, otasi otarni uzoqroqqa haydab ketgan ekan. Bor gapni onasiga tushuntirdik. Lekin u kishi “Toshkent uzoq, qiz bolani u yerga yuborolmayman” deb qattiq turib oldi. Biz esa, istasangiz, qizingiz bilan birga boring, dedik. Hech ko‘nmadilar. Shu payt xolasi “Mana men birga boraman!” deb qoldi. Ularni Toshkentga olib keldik, bir yarim oy davomida Respublika radiosining ovoz yozish studiyasida bir nechta yangi qo‘shiqlar yozildi. Bir kuni studiyada qo‘shiq yozib bo‘lib yo‘lakka chiqsak, eshik orqasida xalqimizning ardoqli san’atkorlari Berta Davidova, Saodat Qobulova, Kommuna Ismoilovalar turishibdi. “Bu ajoyib ovozli qizchani qayerdan topdingiz?” deb so‘rashdi. Bu – Sanobarning iste’dodiga berilgan yana bir katta baho edi.

Видео Kuyla, Sanobar! Musiqiy film. 1973 - Xurshid Davron ktubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
25 мая 2019 г. 10:00:00
00:27:57
Другие видео канала
Узбекская песня Санобар Рахманова Хонзода УстозларУзбекская песня Санобар Рахманова Хонзода Устозлар"QIZIQCHI"-90 #KULGU.HOJIBOY TOJIBOYEV,JAKBARALI JO'RAEV, DOSTON UBAYDULLAYEV,G'IYOS BOYTOYEV."QIZIQCHI"-90 #KULGU.HOJIBOY TOJIBOYEV,JAKBARALI JO'RAEV, DOSTON UBAYDULLAYEV,G'IYOS BOYTOYEV.Ma'murjon To'xtasinov - Yaxshilig' (Bobur g'azali)Ma'murjon To'xtasinov - Yaxshilig' (Bobur g'azali)Habiba Oxunova. "El sevgan san'atkorlar" turkumidan -  Xurshid Davron KutubxonasiHabiba Oxunova. "El sevgan san'atkorlar" turkumidan - Xurshid Davron KutubxonasiOhunjon Madaliyev - "Unutmoq osonmas bizlarni" qo'shiqlar to'plamiOhunjon Madaliyev - "Unutmoq osonmas bizlarni" qo'shiqlar to'plamiТаваккал Кодиров &  Бобомурод Хамдамов  Санъат усталариТаваккал Кодиров & Бобомурод Хамдамов Санъат усталари• Хаджиакбар Хамидов - Куйлайди •• Хаджиакбар Хамидов - Куйлайди •Eslab 13-son Sherali Jo'rayev | Эслаб 13-сон #EslabEslab 13-son Sherali Jo'rayev | Эслаб 13-сон #EslabMa'murjon Uzoqov. O'lmas navolar. 1 albom - Xurshid Davron kutubxonasiMa'murjon Uzoqov. O'lmas navolar. 1 albom - Xurshid Davron kutubxonasiXushvaqt 18-soni - Ilhom Jo'rayev, Sanobar RahmonovaXushvaqt 18-soni - Ilhom Jo'rayev, Sanobar RahmonovaOlov qa'ridagi farishta - Yulduz Usmonova - Олов қаъридаги фариштаOlov qa'ridagi farishta - Yulduz Usmonova - Олов қаъридаги фариштаNargiza Azimova - O'zbegimning qiziman nomli konsert dasturi 2019 #UydaQolingNargiza Azimova - O'zbegimning qiziman nomli konsert dasturi 2019 #UydaQolingУзбекская песня Uzbek song Санобар Рахманова поет узбекскую песню Сабо келтир хабарУзбекская песня Uzbek song Санобар Рахманова поет узбекскую песню Сабо келтир хабарYasmina Omar. O'zbek mumtoz qo'shiqlari - Xurshid Davron kutubxonasiYasmina Omar. O'zbek mumtoz qo'shiqlari - Xurshid Davron kutubxonasiНаргиза бойхонова - Сен булмасанг ёнимда-\NavoTV\ ретроНаргиза бойхонова - Сен булмасанг ёнимда-\NavoTV\ ретроSanobar Rahmonova - Ustozlar (karaoke)Sanobar Rahmonova - Ustozlar (karaoke)МУКАДДАС РАХМОНОВА ХОРАЗМЛИК МУХЛИСЛАРИ УЧУН БОБОМУРОД ХАМДАМОВ  КУШИКЛАРИНИ ИЖРО КИЛДИЛАРМУКАДДАС РАХМОНОВА ХОРАЗМЛИК МУХЛИСЛАРИ УЧУН БОБОМУРОД ХАМДАМОВ КУШИКЛАРИНИ ИЖРО КИЛДИЛАРMehr ko'zda 13-son (07.08.2017)Mehr ko'zda 13-son (07.08.2017)Sobirjon Mo'minov va Aziza Niyozmetova - Xorazmga kuyov bo'lamanSobirjon Mo'minov va Aziza Niyozmetova - Xorazmga kuyov bo'lamanСанобар рахмонова хакида кискача малумотСанобар рахмонова хакида кискача малумот
Яндекс.Метрика