Загрузка страницы

BOLALAR SEREBRAL FALAJI ( ДЦП ) | DOCTOR ASXONOV ULUG'BEK #медицина #узбекистан #medical

Bolalar serebral falaji (DSP) qanday kasallik?
Bolalar serebral falaji (DSP) – perinatal davrda bosh miyaning turli xil strukturalarida boʻladigan oʻzgarishlar natijasida kelib chiqadigan harakat doirasidagi patologiyalar bilan kechadigan umumiy tushunchadir. Bolalar serebral paralichi mono-, gemi-, para-, tetraparalich va parezlar, mushak tonusidagi patologiyalar, giperkinez, nutqdagi kamchiliklar, harakat koordinatsiyasi buzilishi, bolaning motorik va ruhiy jihatdan rivojlanishdan ortda qolishi bilan kechadi.
BSF (DSP) da aqliy zaiflik, psixologik oʻzgarishlar, epilepsiya, eshituv va koʻrish qobiliyatidagi oʻzgarishlar ham rivojlanishi mumkin. Kasallik anamnez va klinik belgilarga asoslangan holda tashxislanadi. DSP bilan kasallangan bolalar butun umri davomida realibitatsion markazlarda davolanishlari, medikomentoz muolajalar olishi, talab etilsa, jarrohlik amaliyoti bajarilishi lozim boʻladi.

Butun jahon miqyosida DSP kasalligi har 1000 ta bolaning 1,7-7 tasida kuzatiladi. Chala tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 barobar yuqori boʻladi. Soʻngi izlanishlarda chala tugʻilgan bolalarning 40-50 % ida ushbu patologiya kuzatilishi oʻrganilgan.

Pediatriya sohasida bolalar serebral falaji kasalligi yetakchi muammolar qatorida turadi. Bunga sabab ekologiyaning yomonlashuvi, neonatologiya sohasining rivojlanishi, chala tugʻilgan bolalarning yashab qolishi (hatto 500 gr tugʻilgan bolalar ham yashab qolishmoqda) kasallikning keng tarqalishi va dolzarb mavzu ekanligini anglatadi.

Bolalar serebral falaji sabablari
Hozirgi kunda DSP rivojlanishi sababi sifatida bosh miyaning turli xil omillar taʼsirida zararlanishi, miyaning maʼlum bir sohalarida nerv hujayralarining notoʻgʻri shakllanishi yoki nobud boʻlishini keltirish mumkin. Ushbu omillarning taʼsiri perinatal davrda yoki bola dunyoga kelganidan soʻng qisqa muddatlarda (4 haftagacha) taʼsir etishi kasallik rivojlanish ehtimolini oshirib yuboradi. DSP rivojlanishining eng asosiy omili – bu gipoksiyadir.

Gipoksiya taʼsirida bosh miyaning aynan harakat va koordinatsiyaga javob beradigan markazlari birinchilardan boʻlib zararlanadi. Buning natijasida bolalarda DSP belgilari – mushak tonuslari patologiyasi, parez va paralichlar paydo boʻladi.

Homiladorlik vaqtida DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar quyidagilar:

Fetoplasentar yetishmovchilik;
Yoʻldoshning erta koʻchishi;
Homiladorlar nefropatiyasi;
Homiladorlik infeksiyalari (sitomegalovirus, qizilcha, toksoplazmoz, gerpes, sifilis);
Rezus konflikt;
Homilador ayol somatik kasalliklari (qandli diabet, gipotireoz, yurak tugʻma va orttirilgan nuqsonlari, arterial gipertenziya);
Homiladorlik vaqtida ayolning turli xil travma olishlari.
Tugʻruq vaqtida bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:

Homilaning chanoq bilan kelishi;
Muddatidan oldingi tugʻruq;
Kuchli tugʻruq jarayoni;
Diskoordinatsiyalangan tugʻruq jarayoni.
Tugʻruqdan keyin bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:

Chaqaloqlar asfiksiyasi (aspiratsiya natijasida);
Gemolitik kasallik;
Oʻpkalardagi tugʻma nuqsonlar;
Ona va bola qoni bir biriga toʻgʻri kelmasligi natijasida bosh miyaning toksik zaharlanishi.
Bolalarda DSP klassifikatsiyasi
Bosh miya strukturasi zararlanish sohasiga qarab bolalar nevrologiyasida DSPning 5 turi farqlanadi. Ular orasida eng keng tarqalgani spastik diplegiyadir. Bunday holat barcha DSPlarning 40-80 % ini tashkil etadi.

Bosh miyaning harakat markazlari zararlanadi, natijada oyoqlarda parezlar kelib chiqadi. Bosh miyaning faqatgina bir yarimsharida zararlanish roʻy beradigan boʻlsa, harakat buzilishi tananing qarama qarshi tomonida yuzaga chiqadi.
#медицина #узбекистан #medical #uzbekistan #ташкент #tashkent #здоровье #красота #теpaпия #мтрт #невролог #неврология #медицинскийцентр

#медицина #узбекистан #medical #uzbekistan #ташкент #tashkent #здоровье #красота #теpaпия #медицинскийцентр #невролог #неврология #медицинскийцентр #namangan #namanganliklar #namanganliklar24 #meditsina

Видео BOLALAR SEREBRAL FALAJI ( ДЦП ) | DOCTOR ASXONOV ULUG'BEK #медицина #узбекистан #medical канала NEVROMED NAMANGAN
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
24 февраля 2022 г. 18:28:03
00:10:38
Яндекс.Метрика